Get Mystery Box with random crypto!

Jaloliddin Rumiy 🍃

Telegram kanalining logotibi rumiy_jaloliddin — Jaloliddin Rumiy 🍃 J
Telegram kanalining logotibi rumiy_jaloliddin — Jaloliddin Rumiy 🍃
Kanal manzili: @rumiy_jaloliddin
Toifalar: Iltimoslar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.12K
Kanalning ta’rifi

Ishqqa tashnalar maskani...
Ikkkinchi kanalimiz: @Rumiy_Aforizmlarim
💰Reklama: @Tijoriy_taklif1
Aloqa: @Bobomurod_o36
15-aprel 2020.

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2023-04-12 16:59:59 Saxarligu, iftorlikda beminnat xizmat qilayotgan Muslimalarimizga beadad ne'matlari bo'lgan Jannatda eng oliy maqomlarni bergin Robbim!

Robbim sizlarni Jannati bilan siylasin Jannat qalblilarim!

@Rumiy_Jaloliddin
4.5K views13:59
Ochish/sharhlash
2023-04-12 08:49:24

Kun keladi, oʻshanda siz yuzingizga tabassum yugurishi uchun oʻzini qurbon qiladigan kimsani uchratasiz.

Qalbingizning barcha eshiklarini yopib yubormang, qalbingiz eshigini taqillatgan har bir kimsa ham jarohat yetkazishni niyat qilmaydi.

— Shayx Shaʼroviy

@Rumiy_Jaloliddin
2.4K views05:49
Ochish/sharhlash
2023-04-11 20:43:12 Jaloliddin Rumiy pinned «Men kim ekanligimga qiziqib, bilishni istaganlar ko'p, ular qatorida o'zim ham borman...) Hayotiy yozib boriladigan o'zim haqimdagi blogim @nimasini_aytasan »
17:43
Ochish/sharhlash
2023-04-11 19:38:32 ​​Alloh sevmaydigan oʻn toifa.

. Kofirlar.
“Albatta, Alloh kofirlarga muhabbat qilmas”.
(Oli imron surasi, 32 oyat).

. Tajovuzkor boʻlganlar.
“Albatta, Alloh tajovuzkor boʻlganlarni xush koʻrmas” (Baqara surasi, 190 oyat).

. Buzgʻunchilar.
“Alloh buzgʻunchilarni sevmas” (Moida surasi, 64 oyat).

. Xiyonat qiluvchilar.
“Albatta, Alloh xoinlarni sevmas” (Anfol surasi, 58 oyat).

. Zolimlar.
“Albatta, U zot zolimlarni sevmas” (Shoʻro surasi, 40 oyat).

. Isrofchilar.
“U zot isrof qiluvchilarni sevmas” (Aʼrof surasi, 31 oyat).

. Takabburlik qilish.
“Albatta, U mutakabbirlarni xush koʻrmas” (Nahl surasi, 23 oyat).

. Hovliqish
“Hovliqma, albatta, Alloh hovliqqanlarni suymas” (Qasos surasi, 76 oyat).

. Mutakabbir va maqtanchoqlik.
“Albatta, Alloh hech bir mutakabbir va maqtanchoqni sevmas” (Luqmon surasi, 18 oyat).

. Yomon soʻzlarni oshkora qiluvchilar.
“Alloh yomon gapni oshkor qilishni xush koʻrmaydi” (Niso surasi, 148 oyat).

Allohim! Bizlarni ana shu toifadan boʻlib qolishdan saqlab, Oʻzing yaxshi koʻrgan bandalar qatorida qilgin!

— Iymonli ummat


@Rumiy_Jaloliddin
4.6K views16:38
Ochish/sharhlash
2023-04-11 06:48:45
Bir gunoh qilganingda darhol tovba qil!
Inson suvga tushgani uchun emas,
Suvdan chiqmagani uchun cho‘kadi.


— Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin
2.8K views03:48
Ochish/sharhlash
2023-04-10 19:00:01 Ramazon oyi huddi kamyob gulga o‘xshab yilda bir marta gullaydi
Shunday ekan bu oyning har bir daqiqasidan unumli foydalaning azizlarim..


@Rumiy_Jaloliddin
1.8K views16:00
Ochish/sharhlash
2023-04-10 18:11:32 Hozirda qanday yuribsiz..?
Taqvo bilanmi?
Ibodatlaringiz joyidami? yoki aksimi..?

Bo'lajak ayolingiz yoki hojangiz (turmush o'rtog'ingiz) ham shunday yuribdi..!
Maylimi!? Rozimisiz???

Rozi bo'lmasangiz o'zingizni isloh qiling, Allohga taqvo qiling..!

{Nur surasi 26-oyatni eslang}

@Rumiy_Jaloliddin
2.4K views15:11
Ochish/sharhlash
2023-04-10 04:56:01
Gapiraymi yoki sukut saqlay?

Bir odam Umar ibn Abdulazizdan so‘radi:
– Qachon gapiray?
– Qachonki gapirishni istamasang, sukut saqlab o‘tirma, gapiraver.
– Unda qachon sukut saqlay?
– Gapirishni istab qolsang, gapirma, sukut qil! Shunda ortiqcha xato qilmagaysan, bekor gap aytmagan bo‘lasan.

@Rumiy_Jaloliddin
1.1K views01:56
Ochish/sharhlash
2023-04-09 18:10:33 Qayg'u chekma, ey jon!
Ko'ra olganing, yura olganing, ushlay olganing, nafas ololganing naqadar baxt!
Qo'lingda bo'lmaganlarni so'zlama menga, qo'lingda borlaridan so'zla.

— Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin
3.1K views15:10
Ochish/sharhlash
2023-04-09 05:45:35 Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallam 30 ta balodan panoh tiladilar
“Allohim, sening noming bilan,
1. Оjizlikdan
2. Dangasalikdan
3. Qoʻrqoqlikdan
4. Baxillikdan
5. Oʻta qarilikdan
6. Bagʻritoshlikdan
7. Gʻaflatdan
8. Nochorlikdan
9. Xorlikdan
10. Bechoraxolikdan
11. Кambagʻallikdan
12. Kofirlikdan
13. Shirkdan
14. Fosiqlikdan
15. Badbaxtlikdan
16. Munofiqlikdan
17. Shuxratparastlikdan
18. Riyokorlikdan
19. Sovuqlikdan
20. Кarlikdan
21. Jinnilikdan
22. Мoxovlikdan
23. Peslikdan
24. Yomon kasalliklardan
25. Qarzlarning ogʻir kelishidan
26. Кishilarning ustun kelishidan
27. Ne'matning zavol topishidan
28. Оfiyat oʻzgarib, teskari aylanib ketishidan
29. Тoʻsatdan keladigan oʻchingdan
30. Barcha gʻazabingdan panoh tilayman" deb panoh tiladilar.

Buni yodlab duo qilganda aytib yursangiz ham savob (Paygʻamabarimiz(S.A.V)ning sunnati)ham duo boʻladi.

@Rumiy_Jaloliddin
4.8K views02:45
Ochish/sharhlash