Get Mystery Box with random crypto!

Abu Homid G'azzoliy ( 1058- 1111) o'z davrida ' Hujjatul islom | Jaloliddin Rumiy 🍃

Abu Homid G'azzoliy ( 1058- 1111) o'z davrida " Hujjatul islom" ( islom dalili) nomi bilan mashhur bo'lgan.G'azzoliy Sharq va G'arbda ilohiyotchi, faylasuf sifatida tanilgan.
G'azzoliyning "Ihyou ulumid-din" asarining "Ilm kitobi" qismida "ta'lim oluvchi va ta'lim beruvchi odoblari haqida" ibratli fikrlar bayon qilingan.
U " Ilmning avvali sukut qilish, keyin tinglash, keyin uni yod olish, keyin unga amal qilish, keyin esa tarqatish – boshqalarga o'rgatishdir", – deb yozadi.
Ilmni kimlarga o'rgatmoq lozim, degan savolga "dunyoviy va diniy ilmlarni faqat qalbi ezgulikka limo-lim insonlarga o'rgatish lozim.
Ilm faqat ezgulikka xizmat qilishi kerak", degan fikrni ilgari suradi.

— Tarix

@Rumiy_Jaloliddin