Get Mystery Box with random crypto!

Jaloliddin Rumiy 🍃

Telegram kanalining logotibi rumiy_jaloliddin — Jaloliddin Rumiy 🍃 J
Telegram kanalining logotibi rumiy_jaloliddin — Jaloliddin Rumiy 🍃
Kanal manzili: @rumiy_jaloliddin
Toifalar: Iltimoslar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.12K
Kanalning ta’rifi

Ishqqa tashnalar maskani...
Ikkkinchi kanalimiz: @Rumiy_Aforizmlarim
💰Reklama: @Tijoriy_taklif1
Aloqa: @Bobomurod_o36
15-aprel 2020.

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 104

2021-01-28 17:56:00
Ishqni anglat, desang balki uni senga anglata olmasman, biroq
qalbimda u shunday jo‘sh uryaptiki... Bu holga ishqsizlarning na aqli yetadi, na ilmi!..


Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
18.7K views14:56
Ochish/sharhlash
2021-01-28 15:48:40
Bo'lmayotgan bo'lsa, majburlama! Yo hayollaring parishon bo'ladi, yoki qalbing...
Unutgan kishi kabi bo'l! Chunki go'zal narsalar hech kutmagan oningda haqiqatga aylanadi...


Shams Tabriziy

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
19.1K views12:48
Ochish/sharhlash
2021-01-28 05:58:35
Har narsa o'z vaqtini kutadi. Na gul vaqtidan oldin ochiladi, na quyosh vaqtidan oldin chiqadi.
Kutgin! Seniki bo'lgan narsa albatta senga keladi...


Jaloliddin Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
22.4K views02:58
Ochish/sharhlash
2021-01-27 16:39:34
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Ikki kalima borki, tilga yengil, tarozida og‘ir va Rahmonga seviklidir:

سُبْحَانَ اللهِ وَبِحَمْدِهِ
سُبْحَانَ اللهِ الْعَظِيمِ،


Subhaanallohi vabihamdihi, Subhaanallohil ’aziym".

(Buxoriy va Muslim rivoyati).

Ma’nosi: «Allohni hamd aytish bilan va ulug‘lash bilan poklayman»


@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
23.8K views13:39
Ochish/sharhlash
2021-01-27 06:43:42
Mukammal, benuqson va beayb Xudoni sevish juda oson. Ammo qisqa umr kechiruvchi o'z birodaringni barcha nuqson va kamchiliklari bilan sevmoq mushkul. Inson sevishga qobil zot ekani esingizda bo'lsin. Sevgisiz hikmat yo'qdir. Esingizda bo'lsinki, agar biz Xudoning yaratmishlarni seva olmasak, Xudoni ham chinakamiga seva olmaymiz va bila olmaymiz.

Elif Shafaq "Ishqqa oid 40 qoida"

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
23.4K views03:43
Ochish/sharhlash
2021-01-26 18:52:00
O‘qituvchi maktabga rangli sharlarni olib kelib, bolalarga ularni puflab, so‘ng o‘z ismlarini yozib qo‘yishni buyuribdi. Ular aytilgan ishni bajarib bo‘lishgach, puflangan sharlarni maktab yo‘lagiga olib chiqishibdi. O‘qituvchi sharlarni aralashtirib tashlab, o‘quvchilarga 3 daqiqa ichida hamma o‘z ismi tushirilgan sharni topishi lozimligini aytibdi. Bolalar chopib borib, o‘ziga tegishli bo‘lgan sharni izlashga tushishgan ekan, lekin vaqt tugaguniga qadar uni topa olishmabdi...

Shunda o‘qituvchi bolalarga: "Hammangiz o‘zingizga yaqin turgan sharni oling-da, unda kimning ismi yozilgan bo‘lsa, o‘shani qo‘liga bering", debdi. Oradan 2 daqiqa o‘tar-o‘tmas barchaning qo‘lida ismi yozilgan rangli shar bor edi.

Shunda o‘qituvchi shunday degan ekan: "Bu sharlar xuddi baxt kabidir — kimki uni faqat o‘zi uchun qidirsa, topa olmaydi, biroq, hamma o‘zgalar haqida qayg‘urib, bir-biriga yordam bersa, uni ancha tezroq topish mumkin bo‘ladi".


@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
32.0K views15:52
Ochish/sharhlash
2021-01-26 15:06:43
Namozda sajdaga bosh qo'yish – farz. Ota-onaga ta'zim qilish – qarz.
O'tganlar ruhi oldida bosh egish – sunnat. Ayol oldida bosh egish – odob. Haqiqat oldida bo'yin egish – mardlik. ...Yiqilgan bir nochor bandasini turg'azib qo'yish uchun yerga ta'zim qilish – ham farz, ham qarz, ham sunnat, ham odob, ham mardlikdir!


O'tkir Hoshimov


@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
24.8K viewsedited  12:06
Ochish/sharhlash