Get Mystery Box with random crypto!

Jaloliddin Rumiy 🍃

Telegram kanalining logotibi rumiy_jaloliddin — Jaloliddin Rumiy 🍃 J
Telegram kanalining logotibi rumiy_jaloliddin — Jaloliddin Rumiy 🍃
Kanal manzili: @rumiy_jaloliddin
Toifalar: Iltimoslar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.12K
Kanalning ta’rifi

Ishqqa tashnalar maskani...
Ikkkinchi kanalimiz: @Rumiy_Aforizmlarim
💰Reklama: @Tijoriy_taklif1
Aloqa: @Bobomurod_o36
15-aprel 2020.

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-05-27 12:16:11


– Insonlarni necha marta kechirishing kerak?..
– Alloh seni qancha kechirishini istaganing qadar...


Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin
7.7K views09:16
Ochish/sharhlash
2023-05-18 22:07:01
Juma Ayyom muborak!

Allohning sizu biz uchun bergan yana bir Jumasi Muborak boʻlsin!

Albatta bir Jumangiz Makkada boʻlsin…!
Allohumma solli ala sayyidina Muhammad.
Allohumma solli ala sayyidina Muhammad.
Allohumma solli ala sayyidina Muhammad.

Yaqinlarni Sayyidul Ayyom bilan qutlang

| Yaqinlaringizni birinchilardan bo'lib tabriklang



@Rumiy_Jaloliddin
757 views19:07
Ochish/sharhlash
2023-05-18 18:08:12
Oʻzingni tanholikda his qilsang quyidagi oyatni esga sol:

“Biz unga jon tomiridan ham yaqinroqdirmiz” (Qof surasi, 16‑oyat).

– Seni biror kishi his qilmayotganini sezsang quyidagi oyatni esga sol:

“U quruqlik va dengizdagi bor narsalarni bilur. Biron barg (shoxidan uzilib) tushmas, magar u bilur”, (Anʼom surasi, 59‑oyat)

– Qalbing azoblanayotganini his qilsang quyidagi oyatni esga sol:

“Biz moʻminlar uchun shifo va rahmat boʻlgan Qurʼon oyatlarini nozil qilurmiz”, (Isro surasi, 82‑oyat).

– Sabringga yarasha savob olishingni hech unutma:

“Hech shak-shubha yoʻqki, sabr-toqat qilguvchilarga ajr-mukofotlari hisob-kitobsiz toʻla-toʻkis qilib berilur” (Zumar surasi, 10‑oyat).


@Rumiy_Jaloliddin
2.4K views15:08
Ochish/sharhlash
2023-05-18 06:04:57
Kulgan edim, tortinmaysanmi?, ― dedilar.

Yig‘lagan edim, tabassum qilmaysanmi?, ― dedilar.

Tabassum qilgan edim, riyokorlik (ikkiyuzlik) qilyapti, ― dedilar.

Qovoq solgan edim, yashirgan narsasi fosh bo‘ldi, ― dedilar.

Sukut qilgan edim, tili zaif (duduq), ― dedilar.

Gapirgan edim, sergap, ― dedilar.

Halimlik qilgan edim, qo‘rqoq; agar qodir bo‘lganida, o‘ch olardi, ― dedilar.

Jasurlik qilgan edim, yengiltak; agar o‘ylab ish qilganida, jur’at qilmagan bo‘lardi, ― dedilar.

Agar "yo‘q" desam, (yo‘ldan) chetga chiqdi, agar "ha" deb, ularga muvofiq bo‘lsam, tekinxo‘r, ― derlar.

Va shuni aniq bildimki, odamlarning roziligin qancha istasam ham, malomat, mazammat qilinishim lozim ekan.

— Imom Shofe’iy rohimahulloh


@Rumiy_Jaloliddin
4.0K views03:04
Ochish/sharhlash
2023-05-17 04:19:48
Mening hayotimni muhokama qilishdan oldin, mening oyoq kiyimimni kiy va men yurgan yoʻllardan, koʻchalardan, togʻ va tekisliklardan yurib oʻt.

Dard, alam va halovatini totib koʻr. Men yurib oʻtgan yillardan oʻt, men qoqilgan toshlarga sen ham qoqil. Boshqatdan oyoqqa tur va ayni yoʻlda yana takror davom et, xuddi men davom etganim kabi.

Faqat mana shulardan keyingina meni muhokama qila olasan. Oʻtib ketar deganlarimni, boshimdan oʻtkazdim. Tugab qolar deganlarimni, tugatdim. Nafratlanganlarimni oʻchirdim, bas endi yetar, dedim.

Ortda qoldirganlarim esa, mendan hisob soʻrashga harakat qilmasin. Farqiga borganim uchun bugun borsiz, Voz kechganim uchun bugun yoʻqsiz.

— Jaloliddin Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin
4.9K views01:19
Ochish/sharhlash
2023-05-16 05:08:59
Bo‘lmayotgan bo‘lsa, majburlama! Yo hayollaring parishon bo‘ladi, yoki qalbing...

Unutgan kishi kabi bo‘l! Chunki go‘zal narsalar hech kutmagan oningda haqiqatga aylanadi..!

— Shams Tabriziy


@Rumiy_Jaloliddin
5.6K views02:08
Ochish/sharhlash
2023-05-15 04:05:34
Eshiklarni yuzingga yopilayotganidan xafa boʻlma!
Haq taolo, buni senga qurbat (yaqinlik) eshigini ochmoq uchun qiladi. Uning eshigida doimiy qolishing uchun, moddiy tamonlarni toʻsadi...

— Gʻavsul Aʼzam Sayyid Abdulqodir Jiyloniy quddisa sirruhu


@Rumiy_Jaloliddin
6.9K views01:05
Ochish/sharhlash
2023-05-14 16:54:08
Jannat va jahannamni kelajakdan izlama. Ikkisi ham shu on va shu yerda mavjud. Qachon ki birovni evazsiz, hisobsiz va xolis seva olsak, aslida ana o‘shanda jannatiymiz.

Qachon ki birovlar bilan janjallashsak, nafrat, hasad va kin-adovat loyiga botsak, yuztuban jahannamga uloqtirilamiz.

— Shams Tabriziy


@Rumiy_Jaloliddin
7.2K views13:54
Ochish/sharhlash
2023-05-13 15:40:28 Jaloliddin Rumiy pinned «@Rumiy_Jaloliddin kanali sotiladi. Aloqa uchun: @Bobomurod_Otanazarov Arzon narx emas, faqat aniq maqsadlilar yozsin.»
12:40
Ochish/sharhlash
2023-05-12 15:11:51 Ey koʻngil!
Gulni sevadigan boʻlsang, tikonlarini ham sevishing lozim!
Daryoni sevadigan boʻlsang, toʻlqinlarini ham sevishing lozim!
Hayotni sevadigan boʻlsang, oʻlimni ham sevishing lozim!
Sevgilini sevadigan boʻlsang, nozlarini ham sevishing lozim!
Vuslatni sevadigan boʻlsang, firoqni ham sevishing lozim!

— Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin
2.6K views12:11
Ochish/sharhlash