Get Mystery Box with random crypto!

Mening hayotimni muhokama qilishdan oldin, mening oyoq kiyimim | Jaloliddin Rumiy 🍃

Mening hayotimni muhokama qilishdan oldin, mening oyoq kiyimimni kiy va men yurgan yoʻllardan, koʻchalardan, togʻ va tekisliklardan yurib oʻt.

Dard, alam va halovatini totib koʻr. Men yurib oʻtgan yillardan oʻt, men qoqilgan toshlarga sen ham qoqil. Boshqatdan oyoqqa tur va ayni yoʻlda yana takror davom et, xuddi men davom etganim kabi.

Faqat mana shulardan keyingina meni muhokama qila olasan. Oʻtib ketar deganlarimni, boshimdan oʻtkazdim. Tugab qolar deganlarimni, tugatdim. Nafratlanganlarimni oʻchirdim, bas endi yetar, dedim.

Ortda qoldirganlarim esa, mendan hisob soʻrashga harakat qilmasin. Farqiga borganim uchun bugun borsiz, Voz kechganim uchun bugun yoʻqsiz.

— Jaloliddin Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin