Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzingni tanholikda his qilsang quyidagi oyatni esga sol: “Bi | Jaloliddin Rumiy 🍃

Oʻzingni tanholikda his qilsang quyidagi oyatni esga sol:

“Biz unga jon tomiridan ham yaqinroqdirmiz” (Qof surasi, 16‑oyat).

– Seni biror kishi his qilmayotganini sezsang quyidagi oyatni esga sol:

“U quruqlik va dengizdagi bor narsalarni bilur. Biron barg (shoxidan uzilib) tushmas, magar u bilur”, (Anʼom surasi, 59‑oyat)

– Qalbing azoblanayotganini his qilsang quyidagi oyatni esga sol:

“Biz moʻminlar uchun shifo va rahmat boʻlgan Qurʼon oyatlarini nozil qilurmiz”, (Isro surasi, 82‑oyat).

– Sabringga yarasha savob olishingni hech unutma:

“Hech shak-shubha yoʻqki, sabr-toqat qilguvchilarga ajr-mukofotlari hisob-kitobsiz toʻla-toʻkis qilib berilur” (Zumar surasi, 10‑oyat).


@Rumiy_Jaloliddin