Get Mystery Box with random crypto!

Kulgan edim, tortinmaysanmi?, ― dedilar. Yig‘lagan edim, tab | Jaloliddin Rumiy 🍃

Kulgan edim, tortinmaysanmi?, ― dedilar.

Yig‘lagan edim, tabassum qilmaysanmi?, ― dedilar.

Tabassum qilgan edim, riyokorlik (ikkiyuzlik) qilyapti, ― dedilar.

Qovoq solgan edim, yashirgan narsasi fosh bo‘ldi, ― dedilar.

Sukut qilgan edim, tili zaif (duduq), ― dedilar.

Gapirgan edim, sergap, ― dedilar.

Halimlik qilgan edim, qo‘rqoq; agar qodir bo‘lganida, o‘ch olardi, ― dedilar.

Jasurlik qilgan edim, yengiltak; agar o‘ylab ish qilganida, jur’at qilmagan bo‘lardi, ― dedilar.

Agar "yo‘q" desam, (yo‘ldan) chetga chiqdi, agar "ha" deb, ularga muvofiq bo‘lsam, tekinxo‘r, ― derlar.

Va shuni aniq bildimki, odamlarning roziligin qancha istasam ham, malomat, mazammat qilinishim lozim ekan.

— Imom Shofe’iy rohimahulloh


@Rumiy_Jaloliddin