Get Mystery Box with random crypto!

Jaloliddin Rumiy 🍃

Telegram kanalining logotibi rumiy_jaloliddin — Jaloliddin Rumiy 🍃 J
Telegram kanalining logotibi rumiy_jaloliddin — Jaloliddin Rumiy 🍃
Kanal manzili: @rumiy_jaloliddin
Toifalar: Iltimoslar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.12K
Kanalning ta’rifi

Ishqqa tashnalar maskani...
Ikkkinchi kanalimiz: @Rumiy_Aforizmlarim
💰Reklama: @Tijoriy_taklif1
Aloqa: @Bobomurod_o36
15-aprel 2020.

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 101

2021-02-13 15:57:55
#Ҳайрия #Савоб #Ёрдам
Самарқандлик Насиба опани икки норасида фарзандига саховатпеша инсонларни ёрдами зарур, Батафсил Ўқиш...

Мурожаат учун телефон рақам:
Тел: +998979292587
Беморларни онаси Насиба опа жавоб берадилар

UzCard: 8600060993727339
Беморларни Онаси Тўхтаева Насиба Ризаевнага тегишли.

"Payme" тўлов тизими оркали ҳам еҳсон қилишингиз мумкин. Бунинг учун "Payme" иловасига кириб, "Mehr Yordam" деб йозишингиз ва еҳсон миқдорини киритишингиз кифоя.

2020 8000 3053 2795 6001
"Меҳр Ёрдам" ҳисоб рақам

Telegram | Instagram | Facebook
17.7K views12:57
Ochish/sharhlash
2021-02-13 04:00:05
Men tarixdan insonlar uchun Oliy naʼmuna boʻladigan kishini izlab, arab paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamni topdim. Biz - Yevropa ahli bor ilmimiz bilan ham Muhammad alayhissalom oxiriga yetib borgan narvonning eng birinchi pogʻonasidamiz. Shubha yoʻqki, hali-beri biron kishi u zotdan oʻta olmaydi. Muhammad – insoniyat uchun oliy naʼmunadir...

Iogann Volfgang fon GYOTE (1749-1832) — mashhur nemis shoiri, davlat arbobi va donishmandi.

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
22.4K views01:00
Ochish/sharhlash
2021-02-12 14:15:39
Qulga balo kelmas,
Haq yozmaguncha!
Haq balo yozmas,
Qul (yoʻldan) ozmaguncha!
Haq quldan intiqom,
Qul ila olur!
Dinu irfon bilmagan,
Buni Quldan (deb) bilur...

Mavlono Jaloliddin Rumiy

Qadarda bo‘lmasa boshingizga balolar kelmasdi. Bir tashvish keldimi, Allohdan deb, shunga ko‘ning. Zero, Yaratgan bandasidan intiqomni bandasi ila olur...


@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
19.6K views11:15
Ochish/sharhlash
2021-02-11 22:11:30
Bugun juma

• Bugunning har bir daqiqasi Alloh taoloning marhamatiga to’lgan bir kundir.
• Bugungi kuningizni har kuningiz kabi oddiy o’tkazmang.

Yana e’tiborsizlik qilib qanchadan-qancha savoblardan bebahra qolib ketmang!

• Bugun duolarda mustahkam turing.

• “Kahf” surasini o’qing.

Rosululloh sollallohu alayhi va sallamga salovat ayting.

| Allahumma solli va sallim a’la nibiyina Muhammad |

• G’usl qilib pokiza kiyim kiying.

Ha aytgancha, onangizga opa-singlingizga kichik bo’lsa ham bir hadya oling va ularni hursand qiling.

Bugungi amallarimizni Alloh qabul qilsin. Amalga shoshiling!


@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
29.7K views19:11
Ochish/sharhlash
2021-02-11 19:30:13
Bo‘lishi kerak bo‘lgan narsa, baribir bo‘laveradi. Dunyo qiyomatga qarab ketaveradi.
Siz-u, biz bilan amallarimizgina qoladi...

Siz olamning adolatsizligi, noxaqliklarga ko‘p xam yuragingizni siqmang. Allohning so‘zlari ila qalbingizni xotirjam qiling.

Modomiki, xidoyat uzra ekansiz, adashganlarning sizga zarari yetmas. (Moida, 105 oyat).

Bo‘shashmanglar, xafa xam bo‘lmanglar, mo‘min ekansiz, Sizlar ustunsizlar...
(Oli Imron,139 oyat).

Zero, Qalamlar ko‘tarilgan, saxifalar qurigan.


Termiziy rivoyati

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
19.9K views16:30
Ochish/sharhlash
2021-02-11 17:15:00
– Sahiylikni kimdan o‘rganding, – deb so‘radilar Hotam toyidan.
– G‘ishtdan o‘rgandim, – deya javob qildi.
– Hech zamonda g‘ishtdan ham bir narsa o‘rganib bo‘larkanmi?
– Odamlarning qator turib bir-biriga g‘isht uzatganlarini ko‘rganmisiz? Bir gal men shunday hasharda qatnashdim. Ajib bir holdan o‘zim uchun xulosa chiqardim: qachonki qo‘limdagi g‘ishtni uzatsamgina menga g‘isht uzatishdi. Uzatmay, qo‘lda tutib tursam, g‘isht kelishi ham to‘xtadi.
Xayol qildim deydi Hotam toyi: Demak, mol-dunyo ham shunday. Infoq-ehson chiqarib tursang, biringga o‘n keladi, bahillik qilsang, boridan ham baraka ketadi.

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
19.0K views14:15
Ochish/sharhlash
2021-02-11 09:30:11
HAMMA MOLINI SADAQA QILDI

Ocharchilik payti. Madinai Munavvaraga hazrati Usmonga tegishli oziq-ovqat karvoni yetib keldi. Bozor chaqqonligidan xabardor savdogarlar ertalabdan karvonni oʻrab olishdi. Kimoshdi savdosi boshlandi. Bir savdogar bir narxni aytdi. Mol egasi hazrati Usmon: “Menga bu narxdan yuqori narx vaʼda qilingan”, dedilar. Savdogarlar birin-ketin oʻz imkonlari yetadigan narxlarni aytib chiqishdi. Hammasiga ham hazrati Usmon roziyallohu anhu: “Menga bu narxdan yuqori narx vaʼda qilingan”, deyaverdilar. Oxiri savdogarlar: “Madinada bizdan boshqa savdogar qolmadi, kim senga bunday yuqori narx vaʼda qildi, axir?” deb soʻrashdi. Shunda hazrati Usmon: “Alloh taolo: ”Kim ochlarga taom bersa, oʻn barobar qilib savob beraman“, degan. Hamma molim Madina fuqaro va miskinlariga sadaqa boʻlsin”, dedilar.

“Koʻhna dunyo rivoyatlari” kitobidan.

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
18.8K views06:30
Ochish/sharhlash
2021-02-11 07:41:00
Juda ta'sirli, qisqa film ekan.
Ko‘rishni tavsiya qilgan bo‘lardim.

"AzonTV" ijodkorlariga tashakkur...


@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
19.9K views04:41
Ochish/sharhlash
2021-02-10 19:30:06
BAXTLI YASHASH SIRI

Arab donishmandlaridan biri shunday degan ekan:

• Oila aʼzolaringga nisbatan qahr va muloyimlik oʻrtasida muomala qilib yashagin!

• Odamlar bilan goh ularga aralashib, gohida ulardan uzlatga chekinib yashagin!

• Birodarlaring bilan jiddiylik va hazil orasida yashagin!

• Shogirdlaring bilan viqor va oddiylik orasida yashagin!

• Farzandlaring bilan qattiqqoʻllik va mehribonlik orasida yashagin!

• Solih hokimlar bilan ular huzuriga qatnash va ulardan uzoq boʻlish orasida yashagin!

• Qorning borasida toʻyish va ochlik orasida muomala qilib yashagin!

• Jisming bilan charchatish va dam oldirish orasida yashagin!

• Oʻz nafsing bilan bermaslik va berish orasida yashagin!

• Robbing bilan qoʻrquv va umid orasida yashagin! Shunda sen baxtli yashaysan!

“Koʻhna dunyo rivoyatlari” kitobidan.

@Rumiy_Jaloliddin
20.5K views16:30
Ochish/sharhlash
2021-02-10 18:57:21
Bilgil-ki, duosiz qalblar muzlaydi.
Senga bir duo qiladiganing va sening ham duo qiladiganing boʻlsin!
Seni qorongʻu yoʻllaringni oydinlatgan, umid eshiklarini ochgan qaysi bir koʻngli siniq kishining duosi ekanligini bilmaysan. Seni bunchalik oyoqda tik tutgan qaysi bir kishiga qilgan duoying, bilmaysan!


Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
17.5K views15:57
Ochish/sharhlash