Get Mystery Box with random crypto!

HAMMA MOLINI SADAQA QILDI Ocharchilik payti. Madinai Munavvar | Jaloliddin Rumiy 🍃

HAMMA MOLINI SADAQA QILDI

Ocharchilik payti. Madinai Munavvaraga hazrati Usmonga tegishli oziq-ovqat karvoni yetib keldi. Bozor chaqqonligidan xabardor savdogarlar ertalabdan karvonni oʻrab olishdi. Kimoshdi savdosi boshlandi. Bir savdogar bir narxni aytdi. Mol egasi hazrati Usmon: “Menga bu narxdan yuqori narx vaʼda qilingan”, dedilar. Savdogarlar birin-ketin oʻz imkonlari yetadigan narxlarni aytib chiqishdi. Hammasiga ham hazrati Usmon roziyallohu anhu: “Menga bu narxdan yuqori narx vaʼda qilingan”, deyaverdilar. Oxiri savdogarlar: “Madinada bizdan boshqa savdogar qolmadi, kim senga bunday yuqori narx vaʼda qildi, axir?” deb soʻrashdi. Shunda hazrati Usmon: “Alloh taolo: ”Kim ochlarga taom bersa, oʻn barobar qilib savob beraman“, degan. Hamma molim Madina fuqaro va miskinlariga sadaqa boʻlsin”, dedilar.

“Koʻhna dunyo rivoyatlari” kitobidan.

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..