Get Mystery Box with random crypto!

BAXTLI YASHASH SIRI Arab donishmandlaridan biri shunday degan | Jaloliddin Rumiy 🍃

BAXTLI YASHASH SIRI

Arab donishmandlaridan biri shunday degan ekan:

• Oila aʼzolaringga nisbatan qahr va muloyimlik oʻrtasida muomala qilib yashagin!

• Odamlar bilan goh ularga aralashib, gohida ulardan uzlatga chekinib yashagin!

• Birodarlaring bilan jiddiylik va hazil orasida yashagin!

• Shogirdlaring bilan viqor va oddiylik orasida yashagin!

• Farzandlaring bilan qattiqqoʻllik va mehribonlik orasida yashagin!

• Solih hokimlar bilan ular huzuriga qatnash va ulardan uzoq boʻlish orasida yashagin!

• Qorning borasida toʻyish va ochlik orasida muomala qilib yashagin!

• Jisming bilan charchatish va dam oldirish orasida yashagin!

• Oʻz nafsing bilan bermaslik va berish orasida yashagin!

• Robbing bilan qoʻrquv va umid orasida yashagin! Shunda sen baxtli yashaysan!

“Koʻhna dunyo rivoyatlari” kitobidan.

@Rumiy_Jaloliddin