Get Mystery Box with random crypto!

Jaloliddin Rumiy 🍃

Telegram kanalining logotibi rumiy_jaloliddin — Jaloliddin Rumiy 🍃 J
Telegram kanalining logotibi rumiy_jaloliddin — Jaloliddin Rumiy 🍃
Kanal manzili: @rumiy_jaloliddin
Toifalar: Iltimoslar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.12K
Kanalning ta’rifi

Ishqqa tashnalar maskani...
Ikkkinchi kanalimiz: @Rumiy_Aforizmlarim
💰Reklama: @Tijoriy_taklif1
Aloqa: @Bobomurod_o36
15-aprel 2020.

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 102

2021-02-10 15:43:56
Taqdirimni men tanlamadim. Uni menga Robbim inʼom etdi. Yaxshiman desam yolgʻon boʻladi. Yomon desam eʼtiqodimga toʻgʻri kelmaydi. Eng yaxshisi shukr aytaman. Alhamdulilloh. Shunda qalbim taskin topadi. Duoim aniq, eshituvchi ham aniq, qolgani taqdiri ilohiy!

Mavlono Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
20.3K viewsedited  12:43
Ochish/sharhlash
2021-02-10 04:00:06
Bir-birini tushunish – bir xil tilda soʻzlashish emas. Bir-birini tushunish – bir xil tuygʻuni his etishdir.

Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
20.9K views01:00
Ochish/sharhlash
2021-02-09 19:30:00 Faqirlik

Ibrohim Adham rohimahullohning faqirligi shu qadar oshkor va koʻzga koʻrinarli holda ediki, koʻrgan odam achinib qarardi.
Bir kuni puli koʻp bir odam Ibrohim Adhamga yordam bermoqchi ekanligini izhor qildi. Ibrohim Adham esa:
– Haqiqatan ham boy boʻlsang, yordamingni qabul qilaman, – dedi.
Haligi odam esa haqiqatan ham boy ekanini, hech narsaga ehtiyoji yoʻqligini, aytdi. Ulugʻ valiy soʻradi:
– Qancha puling bor?
– Uch ming oltinim bor.
– Toʻrt mingga yetishini istaysanmi?
– Albatta istayman.
– Besh ming boʻlishini-chi?
– Istayman.
– Oʻn ming oltining boʻlsa juda sevingan boʻlarding, shundaymi?
– Shubhasiz, mamnun boʻlaman.
– Boy ekaningni aytyapsan, biroq sening koʻzing och. Agar senda oʻn ming emas yuz ming oltin boʻlsa ham qanoat qilmay, undan ortigʻini soʻraysan. Qanoati boʻlmagan inson boy hisoblanmaydi. Haqiqatan boy boʻlganingda edi yordamingni qabul qilgan boʻlardim, – deya Ibrohim Adham oʻz holida bardavom boʻldi.


Turk tilidan Goʻzal Mirzayeva tarjimasi

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
21.9K views16:30
Ochish/sharhlash
2021-02-09 16:35:42
Allohim har kimni, barchamizni yarim yo‘lda tashlab ketmaydigan, shubha qilmaydigan, bir kuni uchun emas umri uchun istaydigan insonlar bilan uchrashtirsin! Hammamizni, barchamizni inshaalloh, inshaalloh!
Omon bo‘ling!

Kechingiz xayrli boʻlsin!


@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
18.8K views13:35
Ochish/sharhlash
2021-02-09 09:26:08 XUSHOMADGOʻY TOVUQ

Mushuk issiqda erkalanib tanasini oftobga toblab yotgan edi, ming mashaqqat bilan tovuq uning yoniga yurib keldi. Tovuqning ochlikdan madori qurigan, patlari toʻkila boshlagan edi.
– Hoy, tovuq! – dedi undan hol soʻrab mushuk. – Bu ahvoling nimasi? Eting ketib, pating qolibdi, deyin desam, pating ham toʻkilib, tamom boʻlibdi-ku! Nima sababdan sen bunchalar ozib-toʻziding?
– Bilasan, men bir kosibning arzandasi edim, – deb gap boshladi tovuq zorlanib. – Egamga har kuni bittadan tuxum tugʻib berar edim. Bundan kosib rozi edi, mehnatimni qadrlardi. Bir hovuch donni mehnatimga ragʻbat tarzida ulashardi. Men mehnatni juft qilsam, ragʻbati ham toq qolmas, deb oʻylab qoldim. Keyinchalik, yaxshi yetilmagan boʻlsayam, kuchanib-chiranib kuniga ikkitadan tuxum tugʻa boshladim. Bu amalim kasriga koʻrib turganingdek, ham sillam quridi, xam kasal boʻpti, deb, egam uyidan quvib soldi!

Umidjon Ergashev "Ishonch"

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
20.6K views06:26
Ochish/sharhlash
2021-02-09 00:31:06
Navoiyning haqiqatda buyuk shoirligiga shubha bilan qaraganlar uning ijodiga tegishli mazkur misralarni chapdan oʻngga, xohlasa tepadan pastga qarata oʻqib koʻrsin.

Agar Navoiy hayot bo‘lganda bugun 580 yoshda bo‘lardi...


@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
27.3K views21:31
Ochish/sharhlash
2021-02-08 18:01:03
Har bir inson misoli ochiq kitob. Xudoni anglamoqlik, xoh u fohisha bo’lsin, xoh avliyo, har bir inson qalbida jo bo’lgan, Har bir inson qalbida tug’ilgandan boshlab Ishq yashaydi va u ochilmoqni istaydi. Qirq qoidadan biri ayni shu haqidadir: “Butun koinot insonda – senda jo bo’lgan. Atrofingda nimalarni ko’rayotgan bo’lsang, hatto sen nafratlanadigan, yoqtirmaydigan odamlar ham, – hammasi o’zingda jo bo’lgan. Shuning uchun shaytonni tashqaridan izlama. Iblis o’zimizning ichimizda yashiringan. Agar sen chin o’zligingni bila olsang, o’zingdagi nurli va qorong’u tomonlaringni ko’ra olsang, eng yuksak anglashga erishasan. Har bir inson, xoh u erkak bo’lsin, xoh yo ayol, o’zligini bila olsa, Xudoni ham biladi.

Elif Shafaq "Ishqqa oid 40 qoida"

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
20.6K views15:01
Ochish/sharhlash
2021-02-02 06:01:52
Bizga ustoz emas, o'rnak bo'ladigan namuna kerak. Fatvo beradiganlar ko'p, taqvo bilan yashaydiganlar kam.

Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
7.4K views03:01
Ochish/sharhlash
2021-02-01 14:53:45
Ey Kechaning Sohibi! Sen kechani kunduz bilan qanday yopayotgan boʻlsang,
bizning gunoh va hatolarimizni ham Oʻz rahmating bilan shunday avf et, Yo Rabbiy!

Shunday bir duo qilki, shunday duo qilki, gunohing tavbaning buyukligidan yigʻlasin, shaytondan Yaratganga sigʻinki, nafsing seni emas, sen nafsingni yoqasan!

Zero Juma muborak ekan, Juma ila muborak boʻlasiz, jonimiz Jumamizda, Jumada omon boʻling!

Haq oʻz yerini topadi, topadi...
Duoibad qilma, qoʻnglimdan kechgan har bir “Oh” oʻz egasini topadi.

...va biz bizni ranjitganlarni aslo rajitilmagan Zotga havola qildik, havola qildik, vassalom”.


Goʻzal Mirzayeva tarjimasi

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
13.9K views11:53
Ochish/sharhlash
2021-02-01 14:53:39
Савобдан умидворлар диққатига ҳеч бир етим қаровсиз қолмасин дея Жаннатда пайғамбаримиз билан ёнма-ён туришликни ният қилиб сизларни ҳам ҳамкорликка чорлаймиз. Аллоҳ қодир қилганча эхсон қилинг зеро йўқчиликда ҳам тўқчиликда ҳам синовдамиз шуни унутманг !

“Бас, кимки (дунёда) зарра миқдорида яхшилик қилган бўлса, (қиёмат куни) уни кўрар” (Залзала сураси, 7-оят)

Мурожат учун админ:
@Mubashshir_Islomov

Карта : 9860 1201 4598 5467

Сбербанк: 4817 7601 7421 0116

Балким Жаннатга киришимизга шу кўнглияримлар ёрдам беришидан умид қилган ҳолатда ушбу ҳамкорликка чорламоқдамиз. Аллоҳ ўзи рози бўлсин
12.0K views11:53
Ochish/sharhlash