Ona Meni ogil qilib tugsang bolarkan, Uy tomin boshqatdan yopib berardim. Ishlab, davlat topib, hech kim kiymagan, Asl matolardan topib berardim. Qiz bola birovning xasmi... Palaxmon, Uzoq-uzoqlarga otilib ketdim. Vada etilgani osha bir xirmon, Sariq chaqalarga sotilib ketdim. Qara, qolib ketdi qarzlar uzilmay, Sen yoq ostonani yalab-yulqadim. Seni soginsam ham quchib sozlolmay, Kimni "Onajon" deb tinmay alqadim. Ona! Meni ogil qilib tugsang bolarkan, Umrim otmasmidi yetti bukulib. Menga deb barmoging teshilib tikkan, Yostuq jildlariga ketdim tokilib. Qizing qismatidan kuyib ketmasding, Ezilib ketmasding mendan ming chandon. Yetmishga bukilib ketmasdi qadding, Negayam qiz qilib tugding, onajon! Kechir, kechirolsang, mendan rozi bol, Solitgan men boldim gulday yuzingni... Oh, Ona, shundayam duo qilasan, Faqat qizlarini oylar qizingni... Malika Salimova Hammaga ulashing ••┄┄┄❅┄┄┄••• Azo bo‘ling @Rumiy_AforizmlariUz / Manolarning tuganmas jilosi 21.3K viewsGᴀɴɪsʜᴇR (301), 12:59