Get Mystery Box with random crypto!

Rashid Tojiboev

Telegram kanalining logotibi rashidtojiboev — Rashid Tojiboev R
Telegram kanalining logotibi rashidtojiboev — Rashid Tojiboev
Kanal manzili: @rashidtojiboev
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 255
Kanalning ta’rifi

Koreya respublikasi, Inha universiteti, Davlat boshqaruvi sohasida tahsil olayotgan Magistr talaba - Rashid Tojiboyevning kanaliga xush kelibsiz.
Savol va takliflar uchun:
telegram: @rashidtojiboyev
facebook: https://www.facebook.com/rashidtojiboev

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-11-11 15:59:49 ​​#BILASIZMI
Ta’lim olish piramidasi haqida eshitganmisiz?

1960 yillar boshida AQShning Milliy oʻquv laboratoriyasi (National Training Laboratory) “ta’lim olish piramidasi” (“learning pyramid”) tushunchasini ishlab chiqqan.

Unga koʻra, …
Agar oʻqituvchi faqat maʼruza usulidan foydalansa, talaba faqat 5% maʼlumotni xotirasida saqlab qoladi.
Agar talaba mustaqil tarzda kitob oʻqisa, u 10% materialni eslab qoladi.
Agar darsda audiovizual usullardan foydalanilsa, bu holda talabaning oʻzlashtirish darajasi 20% boʻladi.
Agar oʻqituvchi maʼlumotni koʻrsatib bersa (koʻrgazma, namoyishlar orqali oʻqitish usuli), unda xotirada saqlab qolish darjasi 30% ga koʻtariladi.
Rasmda koʻrinib turganidek , yuqoridagi barcha holatlarda talaba PASSIV oʻrganuvchi hisoblanadi.

Eng samarali FAOL bilim quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
Agar darsda talabalar kichik guruhlarga boʻlinib, muhokamalar, baxs-munozara (debatlar)da ishtirok etsa, ularda notiqlik san’ati, tanqidiy fikrlash, toʻgʻri savollar tuzish mahorati rivojlanib, ular materialning 50% ni oʻzlashtirib, xotirada saqlab qolishlari mumkin.
Dars jarayonlarini amaliyot bilan bogʻlash, har qanday olingan yangi ma’lumotlarni amaliyotda sinash oʻrganuvchi uchun katta samara beradi. Bu holda 75% bilim xotirada saqlanib qoladi.
Va soʻnggi bosqich – oʻz bilimlarini boshqalarga yetkazish, oʻrgatish, oʻqitish orqali (teach others) 90% samaraga erishish mumkin.
Bilim olishning eng afzal usuli – bilim berish degan naql bor.

Ushbu ta'lim olish piramidasidan ham muallimlar, ham talabalar to'g'ri xulosa chiqarsa, ta'lim sifati yanada yaxshilanadi.

Inom Madjidov
204 viewsheyrashid, 12:59
Ochish/sharhlash
2021-11-05 17:19:08
@rashidtojiboev
234 viewsRashid Tojiboyev, 14:19
Ochish/sharhlash
2021-11-05 17:18:46 ​​Oʻzbekiston milliy OTMlar reytingi eʼlon qilindi. Jami 89 ta OTM (62 ta tayanch, 27 ta filial) ishtirok etgan boʻlib, 43 ta OTM — xorijiy oliygohlar filiallari boʻlganligi yoki bitiruvchilari mavjud boʻlmaganligi tufayli reytingda ishtirok etishmadi.

Oliy taʼlim bilan qamrov 9 foizdan 28 foizga yetkazilishi, taʼlim sifatiga toʻgʻri proporsional boʻlishi kerak. Taʼlim inspeksiyasi tomonidan tadqiqotlar 2017 yildan boshlangan boʻlib, shu yil ichida OTMlardagi ilmiy salohiyat 4.2 foizga ortgan.

Ilmiy maqolalar soni oʻtgan oʻquv yiliga nisbatan 2 barobarga oshgan (15170 ta). Qozogʻistonda oliy taʼlimda islohotlar 2011 yilda boshlangan va sezilarli oʻsishga erishgan. Oʻzbekistonda soʻngi toʻrt yilda ilmiy samaradorlik sezilarli oʻsganini koʻrishimiz mumkin.

Qolaversa, milliy reytingi eng yuqori oʻrinlarni egallagan Irrigatsiya va Milliy universitetlarimiz TOP-1000 likdan oʻrin olishi uchun qancha maqola va iqtiboslikka ega boʻlishligi Rossiyaning MISIS va Koreyaning Inha universitetlari misolida aks ettirilgan.

@rashidtojiboev
211 viewsheyrashid, 14:18
Ochish/sharhlash
2021-11-04 17:57:34
@rashidtojiboev
179 viewsRashid Tojiboyev, 14:57
Ochish/sharhlash
2021-02-08 14:33:54
Toshkentda “SUM” qarshisidagi bogʻni asrab qolish uchun imzo toʻplanmoqda

4-fevral kuni poytaxtda mustaqillikning 30 yilligiga bagʻishlangan “Istiqlol” majmuasi konsepsiyasi eʼlon qilindi. Ushbu loyihaga qarshi boʻlgan fuqarolar bogʻ hududiga tashrif buyurga holda yoki onlayn imzo chekishlari mumkin.

Biz ham imzo chekdik. Befarq boʻlmang.

Telegramdagi “Kosmonavtlar bogʻimizni himoya qilamiz” guruhi: https://t.me/zashitim_nash_park
Onlayn ovoz berish uchun: https://www.ipetitions.com/petition/save-tashkent-park

@rashidtojiboev
114 viewsheyrashid, edited  11:33
Ochish/sharhlash
2021-02-07 20:12:22
Mehnat va bandlik vazirligi huzuridagi ilmiy markazning tadqiqotlariga qaraganda Oʻzbekistondagi mavjud 9145 ta kasb va lavozimlarning 26%i oliy maʼlumotli boʻlishni talab qilar ekan. 69%iga esa professional taʼlim olish kifoya qiladi.

Jahon bankini statistika koʻra Oʻzbekiston xorijga 2040-yilgacha mehnat migrantlarni yetkazib berishi mumkin. Taʼlim hamjamiyatimizni navbatdagi mehmoni, xalqaro ekspert Hudoynazar Qurbonov bilan kasbiy va professional taʼlim haqida suhbat qurdik.

#TaʼlimHamjamiyati

@rashidtojiboev
122 viewsRashid Tojiboyev, 17:12
Ochish/sharhlash
2021-02-06 19:51:27 ​​#Washback effekti bu testning taʼlimga va taʼlim orqali jamiyatga boʻlgan munosabatini oʻrganadi. Xalqaro tadqiqotlarga koʻra Washback effekti 3 narsani oʻzgartiradi. 1. Taʼlim jarayoni qatnashchilarini taʼlimga boʻlgan munosabatini; 2. Test tizimida oʻquv metodikasini; 3. Taʼlim sifatini oʻzgartiradi.

Washback odatda salbiy (zararli) yoki ijobiy (foydali) sifatida qabul qilinadi. Test shunday tuzilishi lozimki, uni bajarish aynan baholanishi lozim boʻlgan bilim malaka, koʻnikma yoki kompetensiyani ishga solishni talab qilsin.

Misol uchun, haydovchilik guvohnomasini berishdan oldin oʻquvchining transport vositasini boshqarish koʻnikmasini qay darajada egallaganini baholash uchun transport vositasini haydatib koʻrish kerak, “men mashinani qanday boshqaraman” mavzusida insho yozdirish yoki bayon qildirish orqali bu koʻnikmani baholab boʻlmaydi.

Test jarayonlarida shaffoflik, aynan onlayn translyatsiya, OAVlari, ota-onalar imtihon jarayonlariga kiritish yoki video kuzatish orqali emas, test ustida olib borilgan validlik va ishonchlilik tadqiqotlari orqali taʼminlanishi kerak.

Komil Jalilov boshchiligida Taʼlim inspeksiyasida tashkil qilingan 3 haftalik oʻquv seminarida shu va yana koʻplab mavzularni oʻrgandik.

@rashidtojiboev
122 viewsheyrashid, 16:51
Ochish/sharhlash
2021-02-01 17:22:48
Samarqand shahrida ochilgan "Ipak yo'li" Turizm xalqaro universiteti prorektori lavozimida ishlagan Azamat Akbarov "Telegram"da kanal ochibdi: @AzamatAkbar_Lektorium

U bu kanalda amaliy tilshunoslik, lingvistika, sotsiolingvistika, diskurs, pedagogika bo‘yicha tahlillar hamda turizm va oliy ta’limning zamonaviy trendlari haqida ilmiy-tahliliy ma’lumotlar berib borish niyatida.

Eslatib o'tamiz, shu yil boshida Azamat Akbarovning xorijda olgan diplomi va doktorlik ishi soxta ekani haqida gap-so'zlar chiqib, universitetdan ishdan olingan edi. Keyinroq bu da'volar o'z isbotini topmagani haqida ma'lum qilindi.

Azamat Akbarovning aytishicha, u hozir "Ipak yo'li" Turizm xalqaro universitetidagi ishiga qayta tiklangan.

@rashidtojiboev
183 viewsheyrashid, 14:22
Ochish/sharhlash
2021-02-01 15:39:25 Mendan bir xil payt soʻrashadi, iqtisodiyotni tushunish uchun qaysi kitobni oʻqish kerak deb, shu roʻyxatga kiradigan kitoblardan biri, “Common Sense Economics” Oʻzbek tiliga tarjima qilindi!

Oʻzbekchada kitobni nomi “Mantiqiy Iqtisodiyot — shaxsiy va milliy farovonlikni dolzarb masalalari”. Kitob juda sodda tilda yozilgan. Kitobni yozgan odamlarda maqsad, hech qachon iqtisodiyotni oʻqimagan odamlar uchun ham qiziq boʻlishi kerak edi. Bu narsani ular uddasidan chiqishgan. Kitob birdek, sanʼatkor va muhandisga, tilshunos yoki sportchiga qiziq boʻladi. Hamma oʻzi uchun yangilik oʻrganadi. Yana bir yaxshi tarafi, agar iqtisodchi boʻlsangiz ham, kitobni oʻqishni tavsiya qilar edim, chunki bir xil narsalarni zoʻr tushuntirishgan, qiziq boʻlishi tabiiy.

Xullas kitobni bu havola orqali tekinga yuklab oling. Kitob hozircha faqat elektron shaklda mavjud. Lekin yaqinda chop etish rejasi ham bor ekan.

https://www.econfun.org/uz/downloads/

Bu shunchalar zoʻr kitobki, uni qancha koʻp odam oʻqisa — shunchalik yaxshi. Iltimos bu kitob bilan ulashing. Har bir doʻstingiz yoki yaqiningiz, nima bilan shugʻullanishlaridan qatʼiy nazar, aminmanki kitobni yoqtirishadi. Qancha koʻp odam oʻqisa, shunchalik yaxshi boʻlar edi.

Birinchi bobidan bir parcha o’qib ko’ring, hech bo’lmasa.
157 viewsRashid Tojiboyev, 12:39
Ochish/sharhlash
2021-01-30 10:52:32 ​​Nega Oʻzbekiston24 kanalida Axborotni birinchi Rus tilidagi soni 19:30 da efirga uzatiladiyu, keyin esa Oʻzbek tilidagi soni 21:00 da efir yuzini koʻradi degan savoldan koʻra meni nega Rus tilida efirga uzatilishi kerak degan savol koʻproq oʻylantiradi.

Agar biz koʻp millatli xalqmiz, deyiladigan boʻlsa: Oʻzbekistonda 34.5 mln aholisining 20-30%i tojiklar, 2.3%i ruslar tashkil qilar ekan. Tabiiyki, rus tilidan koʻra tojik tilida efirga uzatilishi kerak edi. Efirni eng peak paytida birinchi boʻlib Oʻzbek tilida Axborotnoma boʻlish tarafdoriman.

Qolgan tillarda, rus tilida, ingliz tilida va yoki tojik tilida boʻlishi ikkilamchi boʻlishi kerak. Balki zamonaviy yondashuv qilib, bir vaqtni oʻzida bir qancha tillardan uzatilar, shunda kimga qaysi yoqsa oʻshani koʻrar edi. Men millatchi emasman. Lekin oʻz yurtimda yangiliklarni birinchi boʻlib oʻz ona tilimda boʻlishini xohlayman.

PS: Bu tizim ham Sovetlardan qolgan meros. Siz bu borada qanaqa fikrdasiz?

https://t.me/rashidtojiboev
224 viewsheyrashid, 07:52
Ochish/sharhlash