Get Mystery Box with random crypto!

​​Nega Oʻzbekiston24 kanalida Axborotni birinchi Rus tilidagi | Rashid Tojiboev

​​Nega Oʻzbekiston24 kanalida Axborotni birinchi Rus tilidagi soni 19:30 da efirga uzatiladiyu, keyin esa Oʻzbek tilidagi soni 21:00 da efir yuzini koʻradi degan savoldan koʻra meni nega Rus tilida efirga uzatilishi kerak degan savol koʻproq oʻylantiradi.

Agar biz koʻp millatli xalqmiz, deyiladigan boʻlsa: Oʻzbekistonda 34.5 mln aholisining 20-30%i tojiklar, 2.3%i ruslar tashkil qilar ekan. Tabiiyki, rus tilidan koʻra tojik tilida efirga uzatilishi kerak edi. Efirni eng peak paytida birinchi boʻlib Oʻzbek tilida Axborotnoma boʻlish tarafdoriman.

Qolgan tillarda, rus tilida, ingliz tilida va yoki tojik tilida boʻlishi ikkilamchi boʻlishi kerak. Balki zamonaviy yondashuv qilib, bir vaqtni oʻzida bir qancha tillardan uzatilar, shunda kimga qaysi yoqsa oʻshani koʻrar edi. Men millatchi emasman. Lekin oʻz yurtimda yangiliklarni birinchi boʻlib oʻz ona tilimda boʻlishini xohlayman.

PS: Bu tizim ham Sovetlardan qolgan meros. Siz bu borada qanaqa fikrdasiz?

https://t.me/rashidtojiboev