Get Mystery Box with random crypto!

Rashid Tojiboev

Telegram kanalining logotibi rashidtojiboev — Rashid Tojiboev R
Telegram kanalining logotibi rashidtojiboev — Rashid Tojiboev
Kanal manzili: @rashidtojiboev
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 255
Kanalning ta’rifi

Koreya respublikasi, Inha universiteti, Davlat boshqaruvi sohasida tahsil olayotgan Magistr talaba - Rashid Tojiboyevning kanaliga xush kelibsiz.
Savol va takliflar uchun:
telegram: @rashidtojiboyev
facebook: https://www.facebook.com/rashidtojiboev

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2021-01-28 19:05:10 ​​Esimda, Koreyadagi Incheon portiga keladigan kemalar vaqt oraligʻi va portda qancha boʻlishi kabi statistik maʼlumotlarni open.go.kr saytidan olib, bir ilmiy maqolamizda foydalangan edik.

Ushbu saytga istalgan shaxs soʻrov yuborib, Koreyaning statistik maʼlumotlarini rasmiy tarzda olishi mumkin. Maʼlumotni hajmiga qarab ushbu platforma 15 kungacha javob beradi.

Shu kabi platformani bizda ham boʻlishi juda foydali (ilmiy tadqiqotchilar uchun, OAV uchun, internet saytlari uchun). Ayniqsa xorijda tahsil oladigan tadqiqotchilar, ilmiy ish qilayotgan xorijliklar uchun. Shu orqali Oʻzbekiston bilan bogʻliq ilmiy maqolalar koʻpayishiga olib keladi.

Oʻzimizda ham data.gov.uz platformasi bor, lekin uni bunday imkoniyatlari yoʻq. Davlat idoralari orasida u yoki bu maʼlumotlarni xat bilan olsa boʻladi, lekin fuqarolar uchun bunday imkoniyatni oʻzi yoʻq.

Mening fikrim portaliga shunga oʻxshagan tizimni joriy qilish boʻyicha taklif bergan edik. Lekin 2 oy oʻtib taklifim rad etilibdi.

@rashidtojiboev
178 viewsheyrashid, 16:05
Ochish/sharhlash
2021-01-22 12:46:52
Time jurnali Jo Bayden AQSH prezidenti bo‘lganidan keyin chiqargan ilk soniga ajoyib muqova tanladi. Unda to‘zib yotgan oval kabinet va o'ychan Bayden tasvirlangan. Ya’ni, muqovada Baydenga Trampdan chinakam tartibsizlik uyasi meros qolgani hikoya qilingan. Aslida ham shunday. Shu sabab Bayden ishni Trampning qarorlarini bekor qilishdan boshladi.

Bayden prezidentlikka kelgach, juda tez farmonlar imzolashga kirishib ketdi. U prezidentligining birinchi 24 soatida 15 ta farmon imzoladi. Taqqoslash uchun rahbarlikka kirishgach, dastlabki ikki haftada Tramp 8 ta, Obama 9 ta, Bush 2 ta va Klinton 3 ta farmon imzolagan. Chunki Tramp shu qadar ko‘p xatoliklarni Baydenga meros qoldirgandiki, ularni tuzatishni birinchi kundan boshlash shart edi.

Eng asosiy qarorlar sifatida Meksika bilan o'rtada devor qurilmasligi, muhojirlarni mamlakatdan haydab chiqarmaslik, Parij kelishuviga qaytish va mamlakatda pandemiya bilan qattiq kurashish haqidagi qarorlarni aytish mumkin.

@Iqtisodplus
222 viewsRashid Tojiboyev, 09:46
Ochish/sharhlash
2021-01-21 08:49:45
Iqtisodchilar insonlarning qanday qaror qabul qilishlari haqida fikr yuritishadi

Sizlar uchun ajoyib xushxabar: Modul5'ning bu galgi qahramoni Behzod Hoshimov bilan iqtisodchilarning asosiy faoliyati nimalardan iborat ekanligini sodda tilda gaplashamiz.

Loyihamizning navbatdagi soni INHA universitetida, soat 15:00 da bo'lib o'tadi. Ishtirok etishni istaganlar, ushbu havola orqali ro'yxatdan o'tish mumkin.

Loyiha ilmiy homiysi - Najot ta'lim markazi.

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | TikTok
177 viewsRashid Tojiboyev, 05:49
Ochish/sharhlash
2021-01-19 10:55:58 ​​Jahon banki tomonidan quyidagi 2017 yilgi tadqiqotlar davlatlarning yillik oʻrtacha mehnat soatlarini uni yalpi ichki mahsulotiga korrelyatsiyasini oʻrgangan. Xulosa, rivojlangan davlatlar qashshoq davlatlarga nisbatan nafaqat yillik daromadlari yuqoriligi, balki ish soatlarini ham kamligini koʻrsatadi.

Eʼtibor bersak, boy va ish soati kam davlatlar demokratik davlatlardir. Ish unumdorligini yuqoriligi va ish soatlarini toʻgʻri taqsimlanishi YIMni oʻsishiga olib keladi. Tabiiyki, iqtisodiy samaradorlik demokratiyalashuvni sababi ekanligini taʼkidlanadi.

Qoʻshimcha: Agar oʻrtacha ish haqini 2.5 million desak (kuniga 8 soat, haftasiga 5 kun, oyiga 22 kun), soatiga 14,200 soʻmni tashkil qilar ekan. Bir soatlik majlis 100 nafar ishchisi bor tashkilotga 1,420,000 soʻmga bahonalar ekan.

Bu bevosita zarar, bir soatni bilvosita zarari esa doktor operatsiya qilishi, hokim investorni qabul qilishi, oʻqituvchi oʻz ustida ishlashi mumkin edi. Tesla zavodi oʻtgan yilning toʻrtinchi choragida 180,600 ta mashina ishlab chiqargan. Bu esa bir soatda 342 ta Model s ishlab chiqarishga teng.

@rashidtojiboev
890 viewsheyrashid, edited  07:55
Ochish/sharhlash
2021-01-18 08:57:18
“Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan gidrometeorolog” faxriy unvoni taʼsis etilar ekan. Kechagina Professor Baxtiyor Mengliyev “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi” unvonini joriy qilishni taklif qilgan edilar.

PS: Yaxshi takliflar bergan edilar (https://kun.uz/09157093).

@rashidtojiboev
196 viewsheyrashid, 05:57
Ochish/sharhlash
2021-01-15 20:11:42
Gazeta.uz kolumnisti, TEAM universiteti jamoasi aʼzosi, taniqli testolog Komil Djalilov bilan yangi loyiha oldidan. Gap Milliy sertifikatlash tizimi haqida...

@rashidtojiboev
220 viewsheyrashid, 17:11
Ochish/sharhlash
2021-01-14 08:45:22 Germaniya 1803-1815-yilda Napoleon urushida Fransiyaga yutqazib qoʻyadi. Nemislarni xulosasi shu boʻladi: Biz jangda yutkazdik, sababi taʼlim tizimimizda muammolar bor.

PS: Yurt himoyasidagi vatandoshlarimizni bugungi bayram bilan tabriklayman.

@rashidtojiboev
246 viewsheyrashid, edited  05:45
Ochish/sharhlash
2021-01-11 11:55:49
“Ular” loyihasida yaxshi mavzu koʻtarildi: Davlat byudjeti qanday taqsimlangani uni qanchalik shaffof taqsimlanganidan muhimroq — mavzusida. (

)

Shu masala orqali parlamentni vazifasi qanaqa boʻlishi, deputat va senatorlar qanday ishlashi, saylovni nechogʻliq muhimligi va sud hokimiyatini oʻrni kabi savollarga javob topsa boʻladi.

Quyidagi videoda 2019 yil uchun Italiya davlat byudjetini taqsimlanish jarayonidan lavha koʻrsatilgan. Unda deputatlarni oʻz saylovchilari oldida masʼuliyatini ham kuzatish mumkin.

@rashidtojiboev
262 viewsheyrashid, 08:55
Ochish/sharhlash
2021-01-11 10:37:23
Jamiyatda turfa xil qarashlarni, guruhlarni boʻlishi uni rivojlanishiga hissa qoʻshadi. Bizning Taʼlim hamjamiyati jamoamiz Respublika taʼlim markazi rahbari Shukhrat Sattorov bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Kitob mualliflari va bosmaxonalar monopoliyasi, yosh metodistlarga berilgan imkoniyatlar, interaktiv va kengaytirilgan reallik (augmented reality) asosida darsliklar haqida fikr almashildi.

Bozor monopoliyasi natijasi oʻlaroq binolar, koʻpriklar, avtomobillar zarar koʻrsa, darsliklar monopoliyasida esa millatni kelajagi soʻroq ostida qoladi. Har ikkala holatda ham jamiyat zarar koʻradi.

#TaʼlimHamjamiyati
@rashidtojiboev
213 viewsheyrashid, 07:37
Ochish/sharhlash
2021-01-09 10:42:43
Biometrik pasportni yangi ID kartaga almashtirish

Yangi ID karta 1 kunda tayyor boʻladi narxi bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizi (198 ming 470 soʻm). 3 jihati menga maʼqul boʻldi.

1. Pasportni ID kartaga almashtirish uchun onlayn ariza yuborish https://my.gov.uz/oz/service/378
2. Pasport bilan birga elektron imzoni ham taqdim qilishi.
3. ID kartada doimiy roʻyxatda oʻtgan manzili koʻrsatilmaganligi.

#PS1: ID karta bilan Xorijga chiqish pasporti olish tizimi hali toʻliq integratsiya qilinmagan.

#PS2: 1-fevraldan ish haqlari 10 foizga oshishi munosabati bilan bazaviy hisoblash miqdori ham 223000 soʻmdan 245000 soʻmga oshadi. Shunda ID karta uchun davlat boji 218050 soʻmni tashkil qiladi.

@rashidtojiboev
349 viewsheyrashid, 07:42
Ochish/sharhlash