Get Mystery Box with random crypto!

​​#Washback effekti bu testning taʼlimga va taʼlim orqali jami | Rashid Tojiboev

​​#Washback effekti bu testning taʼlimga va taʼlim orqali jamiyatga boʻlgan munosabatini oʻrganadi. Xalqaro tadqiqotlarga koʻra Washback effekti 3 narsani oʻzgartiradi. 1. Taʼlim jarayoni qatnashchilarini taʼlimga boʻlgan munosabatini; 2. Test tizimida oʻquv metodikasini; 3. Taʼlim sifatini oʻzgartiradi.

Washback odatda salbiy (zararli) yoki ijobiy (foydali) sifatida qabul qilinadi. Test shunday tuzilishi lozimki, uni bajarish aynan baholanishi lozim boʻlgan bilim malaka, koʻnikma yoki kompetensiyani ishga solishni talab qilsin.

Misol uchun, haydovchilik guvohnomasini berishdan oldin oʻquvchining transport vositasini boshqarish koʻnikmasini qay darajada egallaganini baholash uchun transport vositasini haydatib koʻrish kerak, “men mashinani qanday boshqaraman” mavzusida insho yozdirish yoki bayon qildirish orqali bu koʻnikmani baholab boʻlmaydi.

Test jarayonlarida shaffoflik, aynan onlayn translyatsiya, OAVlari, ota-onalar imtihon jarayonlariga kiritish yoki video kuzatish orqali emas, test ustida olib borilgan validlik va ishonchlilik tadqiqotlari orqali taʼminlanishi kerak.

Komil Jalilov boshchiligida Taʼlim inspeksiyasida tashkil qilingan 3 haftalik oʻquv seminarida shu va yana koʻplab mavzularni oʻrgandik.

@rashidtojiboev