Get Mystery Box with random crypto!

​​Oʻzbekiston milliy OTMlar reytingi eʼlon qilindi. Jami 89 ta | Rashid Tojiboev

​​Oʻzbekiston milliy OTMlar reytingi eʼlon qilindi. Jami 89 ta OTM (62 ta tayanch, 27 ta filial) ishtirok etgan boʻlib, 43 ta OTM — xorijiy oliygohlar filiallari boʻlganligi yoki bitiruvchilari mavjud boʻlmaganligi tufayli reytingda ishtirok etishmadi.

Oliy taʼlim bilan qamrov 9 foizdan 28 foizga yetkazilishi, taʼlim sifatiga toʻgʻri proporsional boʻlishi kerak. Taʼlim inspeksiyasi tomonidan tadqiqotlar 2017 yildan boshlangan boʻlib, shu yil ichida OTMlardagi ilmiy salohiyat 4.2 foizga ortgan.

Ilmiy maqolalar soni oʻtgan oʻquv yiliga nisbatan 2 barobarga oshgan (15170 ta). Qozogʻistonda oliy taʼlimda islohotlar 2011 yilda boshlangan va sezilarli oʻsishga erishgan. Oʻzbekistonda soʻngi toʻrt yilda ilmiy samaradorlik sezilarli oʻsganini koʻrishimiz mumkin.

Qolaversa, milliy reytingi eng yuqori oʻrinlarni egallagan Irrigatsiya va Milliy universitetlarimiz TOP-1000 likdan oʻrin olishi uchun qancha maqola va iqtiboslikka ega boʻlishligi Rossiyaning MISIS va Koreyaning Inha universitetlari misolida aks ettirilgan.

@rashidtojiboev