Get Mystery Box with random crypto!

QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGI

Telegram kanalining logotibi quvasoy_hokimligi — QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGI Q
Telegram kanalining logotibi quvasoy_hokimligi — QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGI
Kanal manzili: @quvasoy_hokimligi
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.47K
Kanalning ta’rifi

Қувасой шаҳар ҳокимлиги расмий канали.
Фейсбук: https://www.facebook.com
Твиттер: twitter.com/QuvasoyH
Инстаграм: instagram.com/quvasoy_shahar_hokimligi
Расмий веб сайт: https://quvasoy.uz/

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2023-03-15 19:13:25
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida Navro`z shukuhi!

Insoniylik, mehr-oqibat, muruvvat, mehnatsevarlik kabi qadriyatlarni oʻzida ifoda etadigan Navroʻz bayrami eng qadimiy bayramlardan biri hisoblanadi.

Quvasoy shahar Maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 22-sonli Maktabgacha ta’lim tashkilotida “Assalom Navro‘z!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Navro‘z saylida tarbiyalanuvchilar tomonidan milliy o‘yinlar, kuy, qo‘shiqlar namoyish etildi. Barchaga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Quvasoy shahar hokimligi
Axborot xizmati

| Facebook | Telegram |
486 viewsQuvasoy shahar Axborot xizmati, edited  16:13
Ochish/sharhlash
2023-03-15 08:59:51
Qabullar: muammolarni hal qilishning samarali mexanizmi

Fuqarolarni murojaatlarini oʻrganish va hal etish maqsadida Quvasoy shahar, hokimi 1-sektor rahbari Zafarjon Toʻrakulov, hamda sektor rahbarlari ishtirokida joriy yilning 15-mart kuni navbatdagi qabul oʻtkazildi.
Qabul chogʻida fuqarolarning murojaatlari birma-bir tinglandi. Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda uy-joy, moddiy yordam, bandlik, sog`liqni tiklash uchun amaliy yordam tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, shu kabi boshqa masalalarga oid murojaatlar koʻrib chiqildi.

Qabul davomida jami 11 ta murojaat ulardan 7 tasi joyida qanoatlantirildi, mudat talab qiluvchi 4 ta murojaat esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, bajarilishi nazoratga olindi.

Quvasoy shahar hokimligi
Axborot xizmati

| Facebook | Telegram |
541 viewsQuvasoy shahar Axborot xizmati, 05:59
Ochish/sharhlash
2023-03-15 08:29:56
O'zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-408-sonli qaroriga asosan quyidagi ishlar rеjalashtirilgan.

Ichimlik va oqava suvi ta'minoti bo'yicha 7 ta MFY da 18 mlrd 730 mln.so'm 39,7 km tarmoq, 2 dona yangi suv qudug'i, 2 dona suv qudug'ini rеkonstruksiya qilish, 2 dona yangi suv nasosi o'rnatish va 1 dona suv minorasi o'rnatish, 2,9 km oqava suv tortish loyihalashtirilgan.

Quvasoy shahar hokimligi
Axborot xizmati

| Facebook | Telegram |
458 viewsQuvasoy shahar Axborot xizmati, edited  05:29
Ochish/sharhlash
2023-03-15 08:25:12 “Sog‘lom tanda - sifatli ta’lim” shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida 2023-yilga “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berish to‘g‘risidagi taklifi ko‘tarinki ruhda qo‘llab-quvvatlandi.

O‘z navbatida, sifatli ta’limni ta’minlashda bevosita ishtirok etayotgan pedagoglar, o‘qituvchilarning ushbu jarayondagi samarali faoliyati ularning aqliy, intellektual, ma’naviy sifatlari bilan bir qatorda ularning jismonan soglom va tetik bo‘lishlarini talab etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” 67-maqsadida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan fuqarolaming sonini oshirish, ta’lim muassasalari xodimlarini sport tadbirlariga keng jalb qilish, ular o‘rtasida musobaqalar tashkil qilish, sport infratuzilmasini yaxshiiash va zarur sport inventarlari bilan jihozlash, o‘qituvchilarning jismoniy faolligi darajasini oshirish, ta’lim muassasalaridagi sport seksiyalari va to‘garaklari faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish, o‘qituvchilarning bo‘sh vaqtlarida sport bilan shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratish hamda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Quvasoy shahar xalq ta’limi bo‘limi tizimidagi ta’lim muassasa (maktab)lari o'qituvchilari o‘rtasida “Sog‘lom tanda - sifatli ta’lim” shiori ostida sportning mini-futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi va voleybol turlari bo‘yicha Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalari o‘tkazildi.

Musoboqa yakunida musoboqa g‘oliblari shahar hokimi Z.To`rakulov, shahar xalq ta’limigining fahriy yorliqlari hamda Ta’lim va fan hodimlari kasaba uyushmasi Quvasoy shahar bo‘linmasi kengashining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Quvasoy shahar hokimligi
Axborot xizmati

| Facebook | Telegram |
464 viewsQuvasoy shahar Axborot xizmati, edited  05:25
Ochish/sharhlash
2023-03-15 08:25:05
413 viewsQuvasoy shahar Axborot xizmati, 05:25
Ochish/sharhlash
2023-03-14 13:05:10
Наврўз умумхалқ байрами шодиёналарига, халқ сайлига марҳамат!

Ҳурматли Қувасой шаҳар аҳолиси ва шаҳримиз меҳмонлари!

Жорий йилнинг 17 март куни Қувасой шаҳридаги “Мустақиллик” майдонида Наврўз умумхалқ байрами тадбирлари, халқ сайли бўлиб ўтади.

"Ҳар кунинг Наврўз бўлсин, жонажон юртим!" шиори остида бўлиб ўтадиган байрам шодиёналари соат 10.00 да бошланади.

Янгиланиш ва яшариш фасли тантаналари давомида кўплаб қизиқарли томошалар, саҳналаштирилган байрам маросимида элимиз суйган, таниқли ва ёш санъаткорлар, сўз усталари ва моҳир аскиячилар иштирокида концерт дастури бўлиб ўтади.

Барчани ушбу байрам тадбирига таклиф этиб қоламиз!

Quvasoy shahar hokimligi
Axborot xizmati

| Facebook | Telegram |
234 viewsQuvasoy shahar Axborot xizmati, edited  10:05
Ochish/sharhlash
2023-03-13 20:26:54
Har kunimiz bo‘lsin Navro‘z!

Quvasoy shahar "A.Temur" MFY da Navro‘z bayrami keng nishonlandi.

Bayram tadbiri qo‘shaloq o‘tkazildi. 9 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlariga homiylar tomonidan xatna to‘ylari qilib berildi.

Quvasoy shahar hokimligi
Axborot xizmati

| Facebook | Telegram |
174 viewsQuvasoy shahar Axborot xizmati, edited  17:26
Ochish/sharhlash
2023-03-13 20:01:34
Эртага соат 15.00да Сенатнинг 38- ялпи мажлиси бўлиб ўтади.

Унда референдум масаласи кўриб чиқилади. Ялпи мажлисда сенаторлар, Ҳукумат аъзолари, давлат органлари, вазирлик ва идоралар раҳбарлари, мамлакатимизда аккредитациядан ўтган дипломатик корпус ҳамда халқаро ташкилотлар вакиллари, Сенат ҳузуридаги Ёшлар парламенти аъзолари, шунингдек, оммавий ахборот воситалари вакиллари иштирок этади.

Сенат қароридан сўнг Конституциявий қонун лойиҳаси жамоатчилик учун эълон қилинади.

Ялпи мажлис “O'zbekiston 24”, “O'zbekiston” телерадиоканаллари, “Uzreport” телеканали ҳамда Сенатнинг YouTubе тармоғидаги саҳифаси орқали тўғридан-тўғри ёритиб борилади.

Quvasoy shahar hokimligi
Axborot xizmati

| Facebook | Telegram |
279 viewsQuvasoy shahar Axborot xizmati, edited  17:01
Ochish/sharhlash
2023-03-13 19:59:36
Конституциявий суд қарори (КСҚ–4-сон, 13.03.2023 й.) билан:

Қонунчилик палатасининг 2023 йил 10 мартдаги “Ўзбекистон Республикаси Конституцияси тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Конституциявий Қонуни лойиҳаси бўйича Ўзбекистон Республикаси референдумини ўтказиш ҳақида”ги қарори Конституцияга мувофиқ деб топилди;

Конституциявий Қонун лойиҳасида референдум предмети бўлмайдиган масалалар мавжуд эмас, шунингдек, Конституциявий Қонун лойиҳасини референдумга қўйиш Конституцияга мувофиқ деб ҳисобланди;

Конституциявий Қонун лойиҳасини қабул қилиш ва референдумни тайинлаш тартибига риоя этилган деб топилди.

Quvasoy shahar hokimligi
Axborot xizmati

| Facebook | Telegram |
248 viewsQuvasoy shahar Axborot xizmati, edited  16:59
Ochish/sharhlash
2023-03-13 19:59:36
Янгиланаётган Конституция: миллий иқтисодиётнинг рақобатбардошлиги, хусусий тадбиркорлик ва мулк ҳуқуқи кафолатлари мустаҳкамланмоқда.

Янгиланаётган Конституция тадбиркорлик фаолияти кафолатларини мустаҳкамлаш, адолатли рақобат учун шарт-шароит яратиш, адолатли солиққа тортиш тизимини йўлга қўйиш ва ҳоказолар орқали чинакам эркин бозор иқтисодиётини шакллантириш учун мустаҳкам замин яратмоқда.

Яратилаётган имкониятлар туфайли кейинги 6 йилда тадбиркорлик субъектлари сони 6 баробар кўпайиб, бугунги кунда 2 миллионга етди. Даромади $1 миллиондан ошган тадбиркорлар сони 26 минг нафарга, 220 нафар тадбиркорнинг даромади эса $100 миллионга етди.

Лойиҳада давлат мулк ҳуқуқи ва турдош ҳуқуқлар ҳимоя қилинишини кафолатлаши, мулкий ҳуқуқларни чеклаш эса фақат суд қарори асосида амалга оширилишини белгилайдиган норма киритилган. Бу иқтисодиётнинг барқарор ўсиши, тадбиркорларимизнинг эркин фаолият юритиши учун мустаҳкам ҳуқуқий кафолатдир.

Quvasoy shahar hokimligi
Axborot xizmati

| Facebook | Telegram |
225 viewsQuvasoy shahar Axborot xizmati, edited  16:59
Ochish/sharhlash