Get Mystery Box with random crypto!

Qabullar: muammolarni hal qilishning samarali mexanizmi Fuqar | QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGI

Qabullar: muammolarni hal qilishning samarali mexanizmi

Fuqarolarni murojaatlarini oʻrganish va hal etish maqsadida Quvasoy shahar, hokimi 1-sektor rahbari Zafarjon Toʻrakulov, hamda sektor rahbarlari ishtirokida joriy yilning 15-mart kuni navbatdagi qabul oʻtkazildi.
Qabul chogʻida fuqarolarning murojaatlari birma-bir tinglandi. Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda uy-joy, moddiy yordam, bandlik, sog`liqni tiklash uchun amaliy yordam tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, shu kabi boshqa masalalarga oid murojaatlar koʻrib chiqildi.

Qabul davomida jami 11 ta murojaat ulardan 7 tasi joyida qanoatlantirildi, mudat talab qiluvchi 4 ta murojaat esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, bajarilishi nazoratga olindi.

Quvasoy shahar hokimligi
Axborot xizmati

| Facebook | Telegram |