Get Mystery Box with random crypto!

“Sog‘lom tanda - sifatli ta’lim” shiori ostida Kasaba uyushmas | QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGI

“Sog‘lom tanda - sifatli ta’lim” shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida 2023-yilga “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berish to‘g‘risidagi taklifi ko‘tarinki ruhda qo‘llab-quvvatlandi.

O‘z navbatida, sifatli ta’limni ta’minlashda bevosita ishtirok etayotgan pedagoglar, o‘qituvchilarning ushbu jarayondagi samarali faoliyati ularning aqliy, intellektual, ma’naviy sifatlari bilan bir qatorda ularning jismonan soglom va tetik bo‘lishlarini talab etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” 67-maqsadida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan fuqarolaming sonini oshirish, ta’lim muassasalari xodimlarini sport tadbirlariga keng jalb qilish, ular o‘rtasida musobaqalar tashkil qilish, sport infratuzilmasini yaxshiiash va zarur sport inventarlari bilan jihozlash, o‘qituvchilarning jismoniy faolligi darajasini oshirish, ta’lim muassasalaridagi sport seksiyalari va to‘garaklari faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish, o‘qituvchilarning bo‘sh vaqtlarida sport bilan shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratish hamda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Quvasoy shahar xalq ta’limi bo‘limi tizimidagi ta’lim muassasa (maktab)lari o'qituvchilari o‘rtasida “Sog‘lom tanda - sifatli ta’lim” shiori ostida sportning mini-futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi va voleybol turlari bo‘yicha Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalari o‘tkazildi.

Musoboqa yakunida musoboqa g‘oliblari shahar hokimi Z.To`rakulov, shahar xalq ta’limigining fahriy yorliqlari hamda Ta’lim va fan hodimlari kasaba uyushmasi Quvasoy shahar bo‘linmasi kengashining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Quvasoy shahar hokimligi
Axborot xizmati

| Facebook | Telegram |