Get Mystery Box with random crypto!

Qᴀʟᴀᴍ Sᴇʜʀɪ

Telegram kanalining logotibi qalamsehr — Qᴀʟᴀᴍ Sᴇʜʀɪ Q
Telegram kanalining logotibi qalamsehr — Qᴀʟᴀᴍ Sᴇʜʀɪ
Kanal manzili: @qalamsehr
Toifalar: Sanʼat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 126
Kanalning ta’rifi

"Uch nuqta"kitobi muallifi Abrambek Azimovning ijodiy kanali
@abramasfera hamkorligida..)

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-12-04 16:50:18 BIRINCHI QOR

Issiq uyga to'planadi oila,
Har birida aytajak so'zlar bisyor.
Sham yoqadi,
bug'lanadi oq oyna,
Tashqarida salom berar yangi qor.
Birinchi qor tashrif qilar xonaga,
So'ng eriydi o'tmasidan soniya.
Etiklarin yechgancha
ostonaga,
Issiq uyga to'planadi oila.
Qish - dunyoning yangilanar sanasi,
Qish - umrning qadrlanar vaqtidur.
Bir xonaga jamlanadi hammasi,
Oilaning fasldagi baxti bu.
Derazani cherta boshlaydi parcha,
Qalinlashib,
saf tortadi zarralar.
Kutganidan xat oladi ko'k archa,
Atrofida gir aylanar bolalar.
Issiq uyga to'planadi oila,
She'r o'qiyman derazaga suyanib.
Xona ichi bahor bo'lar shu payti,
Tashqarida qor yog'adi uyalib..!

Abrambek Azimov
245 views13:50
Ochish/sharhlash
2022-11-30 17:54:50
ALVIDO XAZON...

Daraxtni savalab ketayapti kuz,
Yomg'ir zavqi ila yerni erkalab.
Bugun yakuniga yetayapti kuz,
Endi uyg'onadi qishlik ertalab.

Zaminning libosi almashar qayta,
Osmonni qovog'i osila boshlar.
Kuzdagi she'rlarni baralla ayta,
Shoir vidolashuv kuyini boshla.

Tuproqni boshiga xazonlar sochib,
Yaylovdan tulporni quvib kelyapti.
Begona kirmagan eshikni ochib,
Ayoz nomi ila shamol yelyapti.

To'rt satrda qoladi ammo,
To'rt tasvirda jilmayar osmon.
Dardim to'kib ketayapti kuz,
Aytarim shu.
Alvido xazon..!

A.Azimov
30-Noyabr
265 viewsedited  14:54
Ochish/sharhlash
2022-11-27 11:48:01
#_ёш_истеъдод_соҳиби_

ОҚ ЙЎЛ!

Азимов Абрамбек Элмурод ўғли 2005 йилда Косон туманидаги Хўжақўрғон қишлоғида таваллуд топган.
Айни пайтда у тумандаги 28-умумий ўрта таълим мактабида таҳсил олмоқда.
Абрамбек ижодида ўзига хослик бор. Туйғулар жаранги, руҳ эврилишлари, айниқса, изтироблар ёлқини руҳий оламингизга инжа сатрлар оқали куй каби сингиб боради. У ҳали ёш бўлишига қарамай, анча муваффақиятларга эришган...
Абрамбек Азимовга шеърият мулкининг султони Алишер Навоийнинг назм шоҳсупасига ташрифинг муборак бўлсин, деймиз!


Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси
Қашқадарё вилояти бўлими

175 views08:48
Ochish/sharhlash
2022-11-26 05:58:48 ОДАМЛАР

Тўрт фасл, ўн олти меҳмон айлади,
Куз барги оралаб ҳаёл қоришди.
Ўзга «оқ йўл» тилаб кетавердик жим,
Одамлар орқадан тинглаб боришди.

Бешикдан юмалаб ҳаётни кўрдик,
Умр кулиб қўйди эски партада.
Ширин ҳиссиётни шеърга кўчирдик,
Одамлар таҳрирлаб келди орқада.

Тор кўча оралаб минг бора ўтдик,
Дўстлар чана билан кўп келишарди.
Келган жойимизни ҳар гал тарк этдик,
Одамлар орқада гапиришарди.

Ҳурматсизлик қилмай кетаверамиз,
Таниш кўчаларда бизлар соқов, гунг.
Балки бахтимизни топа олгандик,
Одамлар ҳар куни гапиргандан сўнг.

А.Азимов
155 viewsedited  02:58
Ochish/sharhlash
2022-11-17 17:51:42
Онам билан суҳбат қиламиз,
Билганимни айтаман аста:
"Ракитани қурган одамлар,
Учишаркан ҳаттоки Марсга.

Ҳайдовчисиз машиналар бор,
Қуёш нури қувват бераркан.
Америкада ясалган робот,
Дарахтлардан мева тераркан.."

Узоқ суҳбат қиламиз шунда,
"Чет эл анча юксалди она!"
Электрни узишган тунда,
Шамни пуфлаб ухладик яна.

Абрамбек Азимов
336 viewsedited  14:51
Ochish/sharhlash
2022-11-12 15:32:08
*
Bugun biroz adashdim,
yo'lim bergin ey Xudo,
Savobing chiqsa shunda
qo'lim bergin ey-Xudo.
Ming hasratda qolmagan
o'lim bergin ey Xudo,
Na haqqim bor tunlari
dunyoga jar solmoqqa!
Netay o'zga panoh yo'q,
qalbim tashna Allohga.

Xato qildim hayotda
balki o'zim bilmasdan,
Kerildim dono bo'lib,
gapga quloq ilmasdan.
Endi esa yurakni
ming hanjarda tilmasdan,
Men yaratgan yo'llarga
so'lim bergin ey Xudo.
Shu yo'llarning birida
o'lim bergin ey Xudo...

Farishtalar kelibdi..
tongda yashnadi olam.
O'shal biz jannat degan
joyga o'xshadi olam.
Farishtaga ayt Xudo-
"Yo'qlab o'tsin meni ham?"
Men ko'rmagan malakka
dilim bergin ey Xudo.
Shu malaklar qalbida
o'lim bergin ey Xudo..

O'zga yo'q ishonganim,
ne qilsam ham dunyoda,
Baxtli bo'lib yugurdim
kecha ko'rgan ruyoda.
Endi qalb Mashharda-yu,
endi yurak Xudoda!
Nima bo'lsa roziman
tilim bergin ey Xudo,
Tilim-tilim baxt ichra,
o'lim bergin ey Xudo.

Na haqqim bor tonglari
osmonga arz qilmoqqa,
Netay o'zga umid yo'q
qalbim tashna Allohga...!

A.Azimov
224 viewsedited  12:32
Ochish/sharhlash
2022-11-05 16:50:26
* * * * *
Juft ko'zim hayrona samoga qarab,
Kecham yomg'ir edi, ertam esa qor.
Daraxt shoxlariga qoshimni o'rab,
Bir yonim kuz erur, bir yonim bahor.

Jiyda kurtagida nazarim yanglig',
Binafsha rangidan to'qildi ohor.
O'ng yuzim ko'k bo'lsa, chap yuzim sarig',
Bir yonim kuz erur, bir yonim bahor.

Oyog'im ostida novda gullasa,
Boshim xazonlarga burkandi takror.
Xudo peshonamni baxtdan siylasa,
Bir yonim kuz bo'lar, bir yonim bahor.

Vohani eng balanda cho'qqilarida,
Qay kuni borganim etilmas oshkor.
Vatanda yangi qor yoqqanlarida,
Bir tomon kuz bo'lar, bir tomon bahor.

Boshimni qo'yaman yana qog'ozga,
Yana yillar uchun tug'ilar a'shor.
E'tibor keladi kichik ovozga,
Bir yonim kuz erur, bir yonim bahor.

A.Azimov
645 views13:50
Ochish/sharhlash
2022-11-03 16:21:20 YOMG'IR

Sen juda o'zgasan,
o'zgacha totli.
Hidingdan go'zallik paydo bo'lganday.
Vujuding ostida qushman, qanotli
Osmondan qidirib, yerga qo'nganday..

Sen tanish ishqnoma
sen tanish maktub,
Deraza oralab kirmagan xatlar.
Sayradi- sayradi...
Ovozi tinib,
yana o'z yo'liga ketdi kalhatlar.

Sen bizning bolalik eskirmaydigan,
Tiriklik belgisi eding har qachon.
Ko'ksiga bosgancha muhabbatingni
Yana yer oralab changiydi xazon.

Sen she'rning egasi, sen ilhom tafti,
Qog'ozga muhrlab imzo qo'ygayman.
Boshimda tomchilar sapchigan vaqti,
Fasllar oralab bola bo'lgayman.

A.Azimov
899 viewsedited  13:21
Ochish/sharhlash
2022-10-30 23:06:13
Bu kun - meni tug'ilgan kunim!

https://t.me/qalamsehr
224 views20:06
Ochish/sharhlash