Get Mystery Box with random crypto!

YOMG'IR Sen juda o'zgasan, o'zgacha totli. Hidingdan go'zal | Qᴀʟᴀᴍ Sᴇʜʀɪ

YOMG'IR

Sen juda o'zgasan,
o'zgacha totli.
Hidingdan go'zallik paydo bo'lganday.
Vujuding ostida qushman, qanotli
Osmondan qidirib, yerga qo'nganday..

Sen tanish ishqnoma
sen tanish maktub,
Deraza oralab kirmagan xatlar.
Sayradi- sayradi...
Ovozi tinib,
yana o'z yo'liga ketdi kalhatlar.

Sen bizning bolalik eskirmaydigan,
Tiriklik belgisi eding har qachon.
Ko'ksiga bosgancha muhabbatingni
Yana yer oralab changiydi xazon.

Sen she'rning egasi, sen ilhom tafti,
Qog'ozga muhrlab imzo qo'ygayman.
Boshimda tomchilar sapchigan vaqti,
Fasllar oralab bola bo'lgayman.

A.Azimov