Get Mystery Box with random crypto!

ALVIDO XAZON... Daraxtni savalab ketayapti kuz, Yomg'ir zavqi | Qᴀʟᴀᴍ Sᴇʜʀɪ

ALVIDO XAZON...

Daraxtni savalab ketayapti kuz,
Yomg'ir zavqi ila yerni erkalab.
Bugun yakuniga yetayapti kuz,
Endi uyg'onadi qishlik ertalab.

Zaminning libosi almashar qayta,
Osmonni qovog'i osila boshlar.
Kuzdagi she'rlarni baralla ayta,
Shoir vidolashuv kuyini boshla.

Tuproqni boshiga xazonlar sochib,
Yaylovdan tulporni quvib kelyapti.
Begona kirmagan eshikni ochib,
Ayoz nomi ila shamol yelyapti.

To'rt satrda qoladi ammo,
To'rt tasvirda jilmayar osmon.
Dardim to'kib ketayapti kuz,
Aytarim shu.
Alvido xazon..!

A.Azimov
30-Noyabr