Get Mystery Box with random crypto!

BIRINCHI QOR Issiq uyga to'planadi oila, Har birida aytajak s | Qᴀʟᴀᴍ Sᴇʜʀɪ

BIRINCHI QOR

Issiq uyga to'planadi oila,
Har birida aytajak so'zlar bisyor.
Sham yoqadi,
bug'lanadi oq oyna,
Tashqarida salom berar yangi qor.
Birinchi qor tashrif qilar xonaga,
So'ng eriydi o'tmasidan soniya.
Etiklarin yechgancha
ostonaga,
Issiq uyga to'planadi oila.
Qish - dunyoning yangilanar sanasi,
Qish - umrning qadrlanar vaqtidur.
Bir xonaga jamlanadi hammasi,
Oilaning fasldagi baxti bu.
Derazani cherta boshlaydi parcha,
Qalinlashib,
saf tortadi zarralar.
Kutganidan xat oladi ko'k archa,
Atrofida gir aylanar bolalar.
Issiq uyga to'planadi oila,
She'r o'qiyman derazaga suyanib.
Xona ichi bahor bo'lar shu payti,
Tashqarida qor yog'adi uyalib..!

Abrambek Azimov