Get Mystery Box with random crypto!

Pulli Gap

Telegram kanalining logotibi pulli_gap — Pulli Gap P
Telegram kanalining logotibi pulli_gap — Pulli Gap
Kanal manzili: @pulli_gap
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.06K
Kanalning ta’rifi

Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi
© Agrobank
Biz bilan aloqa: @pulligap_bot
http://myurls.co/pulligap

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2024-02-05 16:44:35
Avvalgi postlarimizda “ishsizlik nafaqasi” haqida to‘liq ma’lumot berib o‘tgan edik.

Bugun esa va’damizga binoan uni qanday qilib online olish mumkinligini ko‘rib chiqamiz.

Birinchi navbatda “my.gov.uz” saytiga kirib ro‘yxatdan o‘tib olish zarur.

Shundan so‘ng, undan “sohalar” bo‘limining eng pastida joylashgan “sinov tartibidagi xizmatlar” qismiga kiring.

Keyin esa birinchi chiqqan “Ishsiz deb e’tirof etish va ishsizlik nafaqasini tayinlash” bo‘limiga kiring va barcha ma’lumotlar bilan tanishib chiqing.

Tanishib chiqqach, oxiriga tushing va “Xizmatdan foydalanish” tugmachasini bosing, talab e’tilgan barcha ma’lumotlarni to‘ldiring va yuboring.

Shunda alohida arizangiz qabul qilinganligi haqida oyna ochiladi. Bu yerda ham yuborish tugmachasini bosasiz.

Va nihoyat, arizangiz 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va sizga javobi keladi.

Bu ma’lumotlarimiz siz uchun foydali bo‘ldimi?

Agar “ha” bo‘lsa, ushbu postimizga like bosing va uni do‘stlaringizga ham ulashing)

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
63.0K viewsedited  13:44
Ochish/sharhlash
2024-02-01 09:33:43
Navbatdagi sonimizda iqtisodchi Otabek Bakirovdan loyihamizga kelib tushayotgan omonatlar bo'yicha savollarga javob oldik.

● Bankka omonat qo‘yishdagi risklar

● Qaysi biri foydaliroq: dollardagi omonatlarmi yoki so‘mdagi?

● Omonat qo‘yish uchun bank tanlayotganda nimalarga e’tibor berish kerak?

Shu va shu kabi savollaringizga mutaxassis bilan intervyumiz orqali javob oling!

To‘liq intervyu:



Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
61.2K views06:33
Ochish/sharhlash
2024-01-29 15:31:18
O‘zbekistonda aholiga “ishsizlik nafaqasi” ham to‘lanishidan xabardormisiz? Keling, bugun shu mavzuni o‘rganib chiqamiz)

Aholi bandligi to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, 17 yoshdan pensiya yoshigachа bo‘lgan ishsiz fuqarolar uchun quyidagi uch shaklda ishsizlik nafaqasi to‘lanadi:

ishidan so‘nggi o‘n ikki oy ichida mahrum bo‘lgan shaxslarga — avvalgi ish joyidagi o‘rtachа oylik ish haqining ellik foizi miqdorida;

lekin mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan oz bo‘lmagan va nafaqani hisoblash paytida O'zbekistondagi o‘rtachа ish haqidan ortiq bo‘lmagan miqdorda.

ishidan mahrum bo‘lgan hamda uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslarga — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1 baravari miqdorida;

ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining kamida yetmish besh foizi miqdorida.

Hozirgi kunda mamlakatimizda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — 1 050 000 so‘m.

Ishsizlik nafaqasi bir yilda 26 hafta to‘lanadi — bu 6,5 oy degani.

Bu nafaqani olish davrida ishsiz shaxs ish qidirishi va ishga joylashtirishga doir yo‘llanma (kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga) olish uchun ikki haftada kamida bir marta mahalliy mehnat organiga murojaat qilishi shart.

Eng qiziq tarafi ushbu nafaqani olish uchun hech qaysi hokimiyat organiga borishingiz shart emas, uyingizdan turib ham buni amalga oshirisingiz mumkin.

Qanday qilib deysizmi? Biz siz uchun qo‘llanma tayyorlaymiz!

Buning uchun ushbu postimizga like bosing va uni do‘stlaringizga ham ulashing)

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
64.9K views12:31
Ochish/sharhlash
2024-01-25 11:13:38 Asosiy stavka o‘zgarishsiz qoldi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Ko‘plab telegram kanallarda bu haqidagi e’lonlarga ko‘zingiz tushayotgan bo‘lsa kerak?

Xo‘sh, asosiy stavka o‘zi nima, nega bunchalik muhimligi haqida bilasizmi?

Bu haqida batafsil ushbu videomizdan ma’lumot olishingiz mumkin)

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
61.9K viewsedited  08:13
Ochish/sharhlash
2024-01-24 16:40:22
Ko'pchilik pul juda ham zarur bo‘lib qolganda lombard va "rassrochka" xizmatlaridan foydalanadi.

Nega bu turdagi xizmatlardan iloji boricha kamroq foydalanish kerak? Iqtisodchi Otabek Bakirov shu savolimizga javob berdi.

To‘liq videoni YouTube sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
62.2K viewsedited  13:40
Ochish/sharhlash
2024-01-22 16:00:28
Bugun biz sizlarga banklarda taklif etilayotgan dollardagi eng yuqori foizli omonatlarni bir joyga to‘pladik)

Agrobank:

Foiz stavkasi — yillik 6–7 foiz;
Minimal miqdor — 100 dollar;
Muddati — 13—24 oy;
Batafsil

Anorbank:

Foiz stavkasi — yillik 7 foiz;
Minimal miqdor — 1 000 dollar;
Muddati — 24 oy;
Batafsil

Asakabank:

Foizi — 7,5 foizgacha;
Minimal miqdor — 50 dollar;
Muddati — 24 oygacha;
Batafsil

Garantbank:

Foiz stavkasi — yillik 8 foiz;
Minimal miqdor — 500 dollar;
Muddati — 13 oy;
Batafsil

Infinbank:

Foiz stavkasi — yillik 6,5 foiz;
Minimal miqdor — 1000 dollar;
Muddati — 18 oy;
Batafsil

Kapitalbank:

Foiz stavkasi — yillik 8 foiz;
Minimal miqdor — 100 dollar;
Muddati — 25 oy;
Batafsil

MKBank:

Foiz stavkasi — yillik 7,5 foiz;
Minimal miqdor — 100 dollar;
Muddati — 36 oygacha;
Batafsil

Trastbank:

Foiz stavkasi — yillik 7,5 foiz;
Minimal miqdor — 500 dollar;
Muddati — 18 oy;
Batafsil

Turonbank:

Foiz stavkasi — yillik 7,2 foiz;
Minimal miqdor — cheklanmagan;
Muddati — 18 oy;
Batafsil

Ziraat Bank:

Foiz stavkasi — yillik 8 foiz;
Minimal miqdor — 500 dollar;
Muddati — 24 oy;
Batafsil

Omonatlar aslida nima ekanligi, ularning talab va shartlarini bilish uchun videomizni tomosha qiling!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
57.5K views13:00
Ochish/sharhlash
2024-01-18 17:00:02
Va’da qilinganidek, bugun sizlar bilan xorijga chiqishingizda cheklov bor yoki yo‘qligini qanday tekshirishni o‘rganib chiqamiz)

Videomizni tomosha qiling va uni do‘stlaringizga ham ulashing. Bu bizni yanada ruhlantiradi!

O‘zingizni qiziqtirgan mavzular bo‘yicha taklif yuborish uchun bot — @pulligap_bot

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
56.6K views14:00
Ochish/sharhlash
2024-01-16 17:15:41
Bugun ham aloqa botimizga kelib tushayotgan eng ko‘p savollardan biriga javob beramiz.

Xo‘sh, nomingizda katta-kichik miqdorda kreditlar bo‘lsa, xorijga chiqa olasizmi yoki bunda qandaydir muammo kelib chiqadimi?

Keling, birgalikda qonunchilikdan bu savolga javob topamiz)

Bank bilan o‘rtangizdagi munosabatlarning barchasi kredit shartnomasi bilan tartibga solinadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz unda sizning xorijiy davlatga chiqishingizga cheklov o‘rnatadigan hech bir qoidalar mavjud emas. Mavjud bo‘lgan taqdirda ham bu noqonuniy hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-moddasiga asosan har kim O‘zbekistondan tashqariga erkin chiqish huquqiga ega.

Bu degani kredit shartnomasida sizni xorijga chiqishingizni cheklanishi konstitutsiya qoidalariga zid. Lekin qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir.

Unda qachon chetga chiqishimga ta’qiq tushishi mumkin?

Haqiqatdan ham qarzdorning xorijga chiqishi cheklanishi mumkin, qachon-ki u qarzlarini vaqtida to‘lamagan va ishi majburiy ijroga oshirilgan taqdirda.

Ya’ni:

● Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki;
● Ijro hujjati bo‘lgan sud hujjatidagi talablar belgilangan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmaganda;

● davlat ijrochisi undiruvchining arizasi bo‘yicha yoki;
● o‘z tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror chiqarishga haqli.

Bundan kelib chiqadi-ki, siz kredit oluvchi sifatida kreditor oldidagi majburiyatlaringizni o‘z vaqtida amalga oshirib borsangiz sizga hech qanday cheklovlar joriy qilinmaydi.

Faqatgina, majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmaslik oqibatida, tegishli qaror orqali chet elga chiqishingiz ta’qiqlanishi mumkin.

Keyingi postlarimizda sizga xorijga chiqish uchun cheklov qo‘yilganini qanday tekshirishni o‘rganib chiqamiz)

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
64.2K views14:15
Ochish/sharhlash
2024-01-13 16:26:42
Siz banklar saqlaydigan muhim sirlar haqida bilasizmi?

Keling, bugun ularni birgalikda o‘rganib chiqamiz)

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
63.1K views13:26
Ochish/sharhlash
2024-01-10 16:31:07
Rasmiy daromadingiz yo‘qligi uchun banklardan kredit ololmayapsizmi? Endi buning yechimi mavjud)

Biz siz uchun o‘z-o‘zini band qilgan shaxslar uchun mikroqarzlar ajratayotgan banklar ro‘yxatini tuzib chiqdik.

Turonbank:

Foizi — 29 foiz;
Muddati — 4 yil;
Miqdori — 50 mln so‘mgacha
Batafsil

O‘z-o‘zini band qilgan shaxslar uchun:

Foizi — 27,99 foiz;
Muddati — 3 yil;
Miqdori — 300 mln so‘mgacha
Batafsil

Ipak yo‘li bank:

Foizi — 33,9 foiz;
Muddati — 5 yil;
Miqdori — 50 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — ko‘chmas mulk, avtomobil
Batafsil

Trastbank:

Foizi — 27-30 foiz;
Muddati — 1-3 yil;
Miqdori — 50 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — transport vositasi
Batafsil

Tengebank:

Foizi — 31,9 foiz;
Muddati — 3 yil;
Miqdori — 50 mln so‘mgacha;
Ta’minoti — ko‘chmas mulk, avtomobil
Batafsil

Qanday qilib o‘zini band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kirish haqida ushbu postimiz orqali batafsil ma’lumot oling.

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
78.5K views13:31
Ochish/sharhlash