Get Mystery Box with random crypto!

Avvalgi postlarimizda “ishsizlik nafaqasi” haqida to‘liq ma’lu | Pulli Gap

Avvalgi postlarimizda “ishsizlik nafaqasi” haqida to‘liq ma’lumot berib o‘tgan edik.

Bugun esa va’damizga binoan uni qanday qilib online olish mumkinligini ko‘rib chiqamiz.

Birinchi navbatda “my.gov.uz” saytiga kirib ro‘yxatdan o‘tib olish zarur.

Shundan so‘ng, undan “sohalar” bo‘limining eng pastida joylashgan “sinov tartibidagi xizmatlar” qismiga kiring.

Keyin esa birinchi chiqqan “Ishsiz deb e’tirof etish va ishsizlik nafaqasini tayinlash” bo‘limiga kiring va barcha ma’lumotlar bilan tanishib chiqing.

Tanishib chiqqach, oxiriga tushing va “Xizmatdan foydalanish” tugmachasini bosing, talab e’tilgan barcha ma’lumotlarni to‘ldiring va yuboring.

Shunda alohida arizangiz qabul qilinganligi haqida oyna ochiladi. Bu yerda ham yuborish tugmachasini bosasiz.

Va nihoyat, arizangiz 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va sizga javobi keladi.

Bu ma’lumotlarimiz siz uchun foydali bo‘ldimi?

Agar “ha” bo‘lsa, ushbu postimizga like bosing va uni do‘stlaringizga ham ulashing)

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok