Get Mystery Box with random crypto!

Bugun ham aloqa botimizga kelib tushayotgan eng ko‘p savollard | Pulli Gap

Bugun ham aloqa botimizga kelib tushayotgan eng ko‘p savollardan biriga javob beramiz.

Xo‘sh, nomingizda katta-kichik miqdorda kreditlar bo‘lsa, xorijga chiqa olasizmi yoki bunda qandaydir muammo kelib chiqadimi?

Keling, birgalikda qonunchilikdan bu savolga javob topamiz)

Bank bilan o‘rtangizdagi munosabatlarning barchasi kredit shartnomasi bilan tartibga solinadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz unda sizning xorijiy davlatga chiqishingizga cheklov o‘rnatadigan hech bir qoidalar mavjud emas. Mavjud bo‘lgan taqdirda ham bu noqonuniy hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-moddasiga asosan har kim O‘zbekistondan tashqariga erkin chiqish huquqiga ega.

Bu degani kredit shartnomasida sizni xorijga chiqishingizni cheklanishi konstitutsiya qoidalariga zid. Lekin qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir.

Unda qachon chetga chiqishimga ta’qiq tushishi mumkin?

Haqiqatdan ham qarzdorning xorijga chiqishi cheklanishi mumkin, qachon-ki u qarzlarini vaqtida to‘lamagan va ishi majburiy ijroga oshirilgan taqdirda.

Ya’ni:

● Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki;
● Ijro hujjati bo‘lgan sud hujjatidagi talablar belgilangan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmaganda;

● davlat ijrochisi undiruvchining arizasi bo‘yicha yoki;
● o‘z tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror chiqarishga haqli.

Bundan kelib chiqadi-ki, siz kredit oluvchi sifatida kreditor oldidagi majburiyatlaringizni o‘z vaqtida amalga oshirib borsangiz sizga hech qanday cheklovlar joriy qilinmaydi.

Faqatgina, majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmaslik oqibatida, tegishli qaror orqali chet elga chiqishingiz ta’qiqlanishi mumkin.

Keyingi postlarimizda sizga xorijga chiqish uchun cheklov qo‘yilganini qanday tekshirishni o‘rganib chiqamiz)

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok