Get Mystery Box with random crypto!

Pulli Gap

Telegram kanalining logotibi pulli_gap — Pulli Gap P
Telegram kanalining logotibi pulli_gap — Pulli Gap
Kanal manzili: @pulli_gap
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.06K
Kanalning ta’rifi

Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi
© Agrobank
Biz bilan aloqa: @pulligap_bot
http://myurls.co/pulligap

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2024-01-08 16:31:18
Siz ham yomon kredit tarixi sabab banklardan boshqa kredit ololmayabsizmi?

Xo‘sh, bu muammoni qanday hal qilish mumkin? Kredit tarixini yaxshilashning imkoni bormi?

Iqtisodchi Otabek Bakirov aynan shu savolimizga javob berdi.

To‘liq intervyu:



Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
68.8K views13:31
Ochish/sharhlash
2024-01-04 17:50:02
Aloqa bot’imizga eng ko‘p kelib tushayotgan savollardan biri: “Qanday qilib o‘zimni band qilsam bo‘ladi, buni manga nima foydasi bor?”

Keling, bugun shu mavzuni o‘rganib chiqamiz)

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar — o‘z ishini o‘zi topib, uni o‘zi bajarish orqali daromad topadigan jismoniy shaxslardir. Masalan, repetitorlar, enagalar, oshpazlar, tozalovchilar, santexniklar.

Hozirgi vaqtda 101 turdagi faoliyat bilan o‘zini o‘zi band qilish mumkin. Xohishga ko‘ra, ularning bir nechtasini birvarakayiga tanlash imkoniyati ham bor.

O‘zini o‘zi band qilishning qanday ijobiy tomonlari bor?

— Uydan ishlashning qonuniy imkoniyati;

— Tasdiqlangan ish staji va nafaqa;

— Rasmiy daromad — bankdan kreditlar olish, soliq imtiyozlaridan foydalanish mumkin bo’ladi;

— Minimal soliq. Daromad solig‘i yoki boshqa yig‘imlar yo‘q. Bir yilda BHMning 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lash kifoya;

— O’z ishiga o’zi rahbarlik qilish va qulay vaqtda ishlash va shu kabilar.

Buni qanday qilib amalga oshirish mumkin?

Ikki yo‘l bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin:

Tuman soliq inspeksiyasiga murojaat qilinsa, xodim anketa to‘ldiradi;

Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti yoki DSQ’ning “Soliq” mobil ilovasi orqali mustaqil ravishda ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Jarayon 30 daqiqadan ko‘p vaqt olmaydi.

O‘zini o‘zi band qilish uchun to‘lov yo‘q. Bunda cheklanmagan muddatga ro‘yxatdan o‘tiladi. Anketalar to‘ldirilganidan keyin QR-kodli ma’lumotnoma beriladi.

Shu yerning o‘zidan ijtimoiy soliqni ham to‘lash mumkin. Buning uchun plastik kartochkasi hisob raqami va amal qilish muddatini kiritish kifoya.

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
80.3K viewsedited  14:50
Ochish/sharhlash
2024-01-02 16:00:02 Obunachilarimizning so‘roviga binoan noyabr—dekabr oylarida yozilgan eng foydali postlarimizni bir joyda to‘pladik.

Rasmiy daromadga ega bo‘lmaganlar uchun ipoteka kreditlari;

“Bola puli” haqida umumiy ma’lumotlar;

“Bola puli” miqdori o‘zi qancha?;

Yomon kredit tarixini qanday yaxshilash mumkin?;

Nomimda kredit bor, yana qo‘shimcha kredit olsam bo‘ladimi?;

Eng manfaatli onlayn mikroqarzlar ro‘yxati.

Ma’lumotlarimizni o‘qing. Ularni foydali deb topgan bo‘lsangiz, do‘stlaringizga ham ulashing.

Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
68.0K views13:00
Ochish/sharhlash