Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda aholiga “ishsizlik nafaqasi” ham to‘lanishidan x | Pulli Gap

O‘zbekistonda aholiga “ishsizlik nafaqasi” ham to‘lanishidan xabardormisiz? Keling, bugun shu mavzuni o‘rganib chiqamiz)

Aholi bandligi to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, 17 yoshdan pensiya yoshigachа bo‘lgan ishsiz fuqarolar uchun quyidagi uch shaklda ishsizlik nafaqasi to‘lanadi:

ishidan so‘nggi o‘n ikki oy ichida mahrum bo‘lgan shaxslarga — avvalgi ish joyidagi o‘rtachа oylik ish haqining ellik foizi miqdorida;

lekin mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan oz bo‘lmagan va nafaqani hisoblash paytida O'zbekistondagi o‘rtachа ish haqidan ortiq bo‘lmagan miqdorda.

ishidan mahrum bo‘lgan hamda uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslarga — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1 baravari miqdorida;

ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining kamida yetmish besh foizi miqdorida.

Hozirgi kunda mamlakatimizda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — 1 050 000 so‘m.

Ishsizlik nafaqasi bir yilda 26 hafta to‘lanadi — bu 6,5 oy degani.

Bu nafaqani olish davrida ishsiz shaxs ish qidirishi va ishga joylashtirishga doir yo‘llanma (kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga) olish uchun ikki haftada kamida bir marta mahalliy mehnat organiga murojaat qilishi shart.

Eng qiziq tarafi ushbu nafaqani olish uchun hech qaysi hokimiyat organiga borishingiz shart emas, uyingizdan turib ham buni amalga oshirisingiz mumkin.

Qanday qilib deysizmi? Biz siz uchun qo‘llanma tayyorlaymiz!

Buning uchun ushbu postimizga like bosing va uni do‘stlaringizga ham ulashing)

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok