Get Mystery Box with random crypto!

Pozitiff Repablik

Telegram kanalining logotibi pstvr — Pozitiff Repablik P
Telegram kanalining logotibi pstvr — Pozitiff Repablik
Kanal manzili: @pstvr
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 115
Kanalning ta’rifi

Ular yurishyapti (=o'zlarining ustida ishlashyapti, o'qishyapti), biz ularga yetib olish va o'tishimiz uchun yugurishimiz kerak
✉️ @eksabot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-04-22 06:35:25 Учинчи марта нафл ҳаж (биринчи фарз ҳаж адо этилгандан кейинги ҳажлар фарз эмас) қилишни мақсад қилиб, фарзи кифояга бефарқ бўлган кишидан: Ҳаж қилишингиз учун қанча маблағ кетади? Минг жунайҳ кетадими?” деб сўрадим.

У киши: “Ҳа, ундан ҳам кўпроқ кетиши мумкин”, деб жавоб берди.

Мен унга: Сизни бундан ҳам афзалроқ ишга далолат қилайми? Фалончи яқинда доришунослик (фармацевтика) билим юртини тамомлади. Лекин оиласи моддий жиҳатдан қийналган. Шу билан бирга жамият инсофли, ҳалол дорушуносга муҳтож. Қўлингиздаги мана шу маблағни шу битирувчига берсангиз, ҳам ўз ҳаётини яхшиларди, ҳам жамиятга фойдаси тегарди. Сиз учун эса қиладиган нафл ҳажингиздан кўра савоби улуғроқ бўларди, дедим.

Суҳбатдошим менга қараб: Шу гапни сиз гапиряпсизми?! деди ҳайрат билан.

Мен унга: “Агар шу айтганимга амал қилсангиз мақсад қилган нафл ҳажингиз ўрнига фарзни амалга оширган, жамиятнинг бир кемтигини ёпган бўласиз”, дедим.
У эса ҳамон ҳайратини яширолмай: Ҳаждан воз кечиб, дорихона очишга ёрдам бериш...! Бу қанақаси”, деб фикримни ўзига сингдира олмади.

Мусулмонларнинг кўп қисми ўз жамиятларидаги фожеа ва муаммоларнинг кўламини, бугуни ва эртасига таҳдид солиб турган қолоқликнинг даражасини англаб етмайдилар. Шунинг учун динга кўр-кўрона, илмсиз амал қилиб келмоқдалар.

Бошқа бир жиҳатдан олиб қарайдиган бўлсак, фуқаҳолар айтишадики “Аллоҳ таоло фарз адо қилинмагунча нафлларни қабул қилмайди. Адо этиш жиҳатидан фарзу айн ва фарзу кифоя баробар.
Бири иккинчисидан кам эмас”.


Шунинг учун мен айтаманки, нафл ибодатлар кишини вожибдан тўсиб қўйса, яъни, нафлни бажариш натижасида вожиб қолиб кетса, унда нафлнинг ўрни йўқ.

Масалан, нафл рўза тутиш ўқитувчини дарсда тўлиқ куч билан, рисоладагидек ишлашига ҳалал берса, унга нафл рўза тутиш лозим бўлмайди.

Ҳудди шу каби бирор бир нафл амал табибнинг беморларни кўнгилдагидек муолажа этишдан ожиз қилса, ёки амалиётидаги (операциядаги) камчиликларга сабаб бўлса, ана шу нафл амални бажармаслиги лозим.

Зеро, Аллоҳ таоло жиҳодга ҳаракат қилаётган кўплаб мусулмонларнинг зиммасидан кечаларни қоим қилиш, ёки туни билан Қуръон ўқиш каби амалларни соқит қилди.

Муззамил сурасида айтадики: “Аллоҳ кеча-ю, кундузни Ўзи ўлчайди. У сизлар чидай олмаслигингизни билиб, сизларга енгилликни қайтарди. Бас, энди Қуръондан муяссар бўлганингизча ўқинглар. Келажакда сизлардан касаллар бўлишини ҳам билди. Бошқалар ер юзида юриб Аллоҳ йўлида фазлини (ризқини) ахтаришини, яна бошқалар эса Аллоҳ йўлида жиҳод қилишларини билди. Шундай экан ундан (Қуръондан) муяссар бўлганча қироат қилинг”.

Яна бир далил келтирамиз. Ибн Масъуд розияллоҳу анҳуга нафл рўза тутмаслик тавсия қилинган эди. Чунки Ибн Масъуд розияллоҳу анҳудан одамлар Қуръон ўрганишарди. У киши рўзадор бўлсалар Қуръон тиловати ва таълимида ҳафсаласизликка йўл қўйишлари мумкин эди.

Хулоса шуки, фарзу айн ва фарзу кифоя ибодатлар шахсни тарбиялаш ёки жамиятнинг юксалиши учун восита бўлиб, ақлли мусулмон қайси амал ўзи учун зарурий, жамиятга фойдали эканини англаши ва ўша амалга киришиши лозим. Икки солиҳ амал баробар келганда вожиброғини, яъни манфаатлироғини танлаши керак.

Демак, бой кишига энг аввало муҳтожларга ёрдам бериши, инфоқ-эҳсон қилиши вожиб бўлади. Агар бой кишининг инфоқ-эҳсон қилишига ҳалал берса, тунларни қоим қилиб, кундузлари нафл рўза тутиши мумкин бўлмайди.

Фақиҳ олим киши эса энг аввало насиҳат, умумий ва хос таълим билан машғул бўлмоғи даркор. Эътикоф ўтириш, амру маъруф, наҳий мункар қилмай сукут сақлаб туриш фақиҳ олим учун нотўғри ҳисобланади. Аксинча, жамиятга аралашиб, ундаги муаммолардан, фитна ўринларидан халқни огоҳлантириши лозим бўлади.

Шайх Муҳаммад Ғаззолийнинг
“Исломий ҳаёт йўлидаги муаммолар” китобидан Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Исмоил таржимаси
.

@MubashshirAhmad
213 views03:35
Ochish/sharhlash
2022-04-14 09:24:52 Kanalimizga aloqasi bo'lmasa-da, foydasi tegib qolar:
https://t.me/davron_js/220
307 views06:24
Ochish/sharhlash
2022-04-14 01:52:12
Sizni hayratlantirishi mumkin, lekin ilk ilmiy-to'qima (science-fiction) sohasida yozilgan roman aslida Shelleyning "Frankenshteyn" yoki H.J. Velsning "Vaqt mashinasi" asarlari emas, balki 13-asrda Bag'dodda yashab, ijod qilgan olim Zakariya al-Qazvini (vikipediyaga ko'ra Anas ibn Molik r.a. avlodi ekan) tomonidan yozilgan Avaj bin Anfaq haqidagi asar bo'lgan ekan.

Asardagi Avaj bin Anfaq bu Yerga inson zotini o'zini tutishini o'rganish uchun tushgan va albatta uning murakkabligidan hayratlangan qiziquvchan o'zga sayyoralik hisoblanadi.

Tepadagi rasmda Murat Paltaning "Usmonlilar yulduzlar urushi" miniaturasi.

Manba

@pstvR'epublic
306 views22:52
Ochish/sharhlash
2022-04-11 10:55:45 Hilol ebook'dan kitob o'quvchilar uchun juda zo'r yangilikdan bexabar qolibman. Ramazon oyi davomida barcha kitoblar narxini 2000 so'm yoki undan arzonga tushirib qo'yishibdi Alloh rozi bo'lgurlar. 50000-60000 ming yo undan qimmatga olinadigan kitoblar ham…
333 views07:55
Ochish/sharhlash
2022-04-08 09:11:20 Made in Uzbekistan

Ahmad Lutfiy Qozonchining "O'gay ona" asarini o'qish davomida asar qahramonlaridan Odilbek o'z do'konida o'z davlatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar savdosini qo'llagani, chet el mahsulolatlarini imkon qadar sotmaslikka harakatini guvohi bo'ldim. Buning asosiy sababi, chet el mahsuloti sotib olinsa, bundan asosiy manfaat ko'radigan uni ishlab chiqargan chet ellik (kompaniya) hisoblanishi hamda ular islom dushmanlari ham bo'lib chiqishi mumkinligi edi.
O'shani o'qish davomida o'zim bilan bo'lgan bir boshqa voqea esga tushdi. Bir kuni do'konga kirib, koreys sotuvchiga rasmdagi mahsulotni ko'rsatib (u mahsulot AQSHda ishlab chiqarilgan edi), shu bormi deb so'radim. U esa bor, lekin chet elda emas, o'zimizda (Koreyada) ishlab chiqarilgani bor, dedi. Uning sifatidan shubhalanib, chet elnikiday yaxshiligini so'raganimda "Bizdagisi o'zimizda ishlab chiqarilgan-ku, albatta, yaxshiroq" degan mazmundagi gapni aytgandi.

O'zbekistonni eslaydigan bo'lsam, u yerda ishlab chiqarilgan mahsulotga shubha bilan qarashimni, imkon qadar chet elniki yaxshiroq deb bilishimni xotirladim. Bu hali iqtisodiyotimiz uncha rivojlanmagani uchundir, balki rivojlangandan keyin sifati yaxshilashib ketar har bir narsani. Imkon bo'lsa sekin o'zimizni mahsulotlarni sotib olishni boshlasak ham yaxshiga o'xshaydi. Lekin, bu gapni har xil mayda detallarigacha chet elda ishlab chiqarilib, bizda import bo'lib, faqat yig'ilayotgan insofsiz darajadagi qimmat mashina va texnikalarga aloqasi yo'q.

@pstvR
441 views06:11
Ochish/sharhlash
2022-04-07 23:22:39 Hilol ebook'dan kitob o'quvchilar uchun juda zo'r yangilikdan bexabar qolibman. Ramazon oyi davomida barcha kitoblar narxini 2000 so'm yoki undan arzonga tushirib qo'yishibdi Alloh rozi bo'lgurlar. 50000-60000 ming yo undan qimmatga olinadigan kitoblar ham shu narxlarda ekan. Ruhiy tarbiya kitobining ham elektron varianti topiladi. Dasturni android tizimli telefonlarda quyidagi manzildan yuklab olish mumkin:
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.hilal.ebook
405 views20:22
Ochish/sharhlash
2022-04-02 17:25:12 Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh azizlar. Barchangizga kirib kelgan muqaddas Ramazon oyi muborak bo'lsin, ushbu oyda farz qilingan va sunnat ibodatlarni o'z vaqtida o'tab, har tomonlama o'zimizni isloh etish nasib etsin barchamizga.

Ushbu muborak oyda yana bir kitob o'qish tanlovini o'tkazmoqchimiz. Bu safar Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining "Ruhiy tarbiya" turkumidagi kitoblarining 2-juz (Tiklanish) asosida tanlov o'tkazamiz inshaAlloh (oldinroq 1-juzi bo'yicha o'tkazganmiz). O'zimizni ruhiy jihatdan isloh etishda juda ahamiyatli kitob Ramazon oyida katta foyda berishidan umidvormiz.

Tanlov inshaAlloh Ramazon oyining 27-kunida (O'zbekistondagi) o'tkaziladi.

Tanlovda qatnashib g'alaba qozongan 1-5 o'rinlardagi g'oliblarga umumiy 600 ming so'mlik sovg'a taqdim qilinadi. G'oliblar savol-javob o'tkazish orqali aniqlanadi. Eski g'oliblar qatnashishi mumkin emas. Batafsil shartlar MANA BU YERDAgi bilan bir xil.

Savollar bo'lsa, izohlarda qoldirishingiz mumkin.

Tanlov haqida boshqalarga ham ilinish esdan chiqmasin :)

@pstvR'epublic
2.3K viewsedited  14:25
Ochish/sharhlash
2022-04-01 09:07:36
Qiziquvchilarga ulashing
3.1K views06:07
Ochish/sharhlash
2022-03-22 15:07:23 Dezinformatsiya -> propaganda olamiga xush kelibsiz

Rossiya dunyodagi harbiy jihatdan eng kuchli davlatmi?
Ukrainada neo-fashistlar ko'payib ketganmi?
AQSH dunyodagi eng yomon davlatmi?


Marketing qoidalariga qaraganda, bir axborot insonga axborot kanallari orqali 7 marta yetkazilsa (yoki inson 7 marta o'sha axborot bilan to'qnash kelsa), uning miyasi mazkur axborotni haqiqat deya hisoblay boshlarkan.

Esimni tanibmanki, uyimizda ruscha kanallar ko'rsatadi. Dadam tinmay ruscha kanallarni ko'radilar, hozir ham. Albatta, ular tomonidan Rossiya hozirda eng kuchli armiyaga ega ekanligi, uning hech qanday tashqi davlatlarni yordamiga muhtoj emasligi, sanksiyalar ham uning uchun hech qanaqa ta'siri yo'qligi takrorlangan, takrorlanmoqda.

Oldinlari faqatgina Rossiya axborot doirasi axborotlarini iste'mol qilganim uchun, men ham shunday fikrda edim, AQSHni eng razil davlat sifatida ko'rardim. Keyinroq esa har xil davlatlarning turli xil nuqtai nazardan turib bayon etilayotgan xabarlari bilan tanishish chog'ida men dezinformatsiya qurboni bo'lib yurganimni angladim.

Dezinformatsiya bu aldash maqsadida atayin yolgʻon axborotni tarqatish hisoblanadi. Masalan, muayyan bir fikr egalari (deylik hukmron tabaqa) oddiy aholini ishontirish uchun radio, TV, ijtimoiy tarmoqlar va Yutyubda tinmay bir fikrni olg'a suraverishsa, boshqa o'zlariga maʼqul bo'lmagan narsalarni yomonlayverishsa, faqatgina o'sha axborotlar bilangina ozuqlanuvchi aholi qatlami xayolida mazkur narsalar haqiqatga aylanadi. Sobiq Sovet ittifoqida hokimyat tomonidan dezinformatsiya juda ko'p qo'llanilgan bo'lib, oddiy aholi ularda xabarlarni rostligini tekshirib ko'rish imkoni bo'lmagani va boshqa axborot kanallari yo'qligi uchun o'sha yolg'on xabarlar qurboni bo'lgan. Hatto o'sha propagandalar natijadi Stalinni xudo darajasigacha olib chiqishgan.


Zamonaviy dezinformatsiyadan himoyalanish uchun ba'zi narsalarga e'tiboringizni qarating:

1. 2000-yillardan beri Rossiya ham axborot sohasida xuddi shunday siyosat yuritib, juda ham ko'p miqdorda dezinformatsiya qilgan. Xuddi o'shalar oqibatida hozirda juda katta miqdorda O'zbekiston aholisi ham Rossiyaning qilayotgan ishlari normal deb hisoblab, unga "muxlislik" qilishadi.

2. Dezinformatsiya va feyk xabarlar, trollar (bir odamning bir necha akkaunt ochib, o'sha akkauntlarning hammasidan aynan bir jamoa yoki g'oyani himoya qilishi) orqali internetda juda ham ko'p yolg'onlar tarqatiladi va natijada odamlar unga ishona boshlaydi.

3. Dezinformatsiya faqat Rossiya tomonidan emas, balki unga qarshi tomonlardan ham, betaraf tomonlardan ham amalga oshiriladi.

4. Shuning uchun, aynan bir xabar beruvchi manba gapiga ishonib qolmay, turli davlatlarning turli xil (ularning soni emas, turli nuqtai nazardan ifodalangani muhim) axborot manbalaridan axborot olish kerak.

5. Shunga tayanib aytish mumkinki, hech bir axborot 100% toʻgʻri emas. Har biri muallif jamoa manfaatlariga mos yoki shunga yaqin bayon etiladi.

6. Har xil manbalardan olingan xabarlar esa oʻziga xos muvozanatli dunyoqarash shakllanishiga yordam beradi.

7. Ekrandan qaraganda odamni yashagisi keladigan Oʻzbekiston ham shuning namunasi.

@pstvR
626 views12:07
Ochish/sharhlash
2022-03-14 02:30:30 Kollaboratsiya (Hamkorlik)

Tarixdagi har qandan diqqatga sazovor ishlar ham hamkorlik natijasida guruhlar tomonidan amalga oshirilgan. Payg'ambarimiz (SAV) muvaffaqiyatlariga sababchilardan biri ham bevosita muhojirlarning, ansorlarning hamkorligi hisoblanadi. Albatta, qadarda yozilgan bo'lsagina bu sabab muayyan narsalarga erishishda ko'makchi bo'la olishini esdan chiqarmaymiz.

Zamonaviy dunyo misolida ko'rsak, Tesla yoki Speys Iks (SpaceX) bunday muvaffaqqiyatga faqat Ilon Maskning emas, minglab odamlarning mehnati va hamkorligi sababli erishgan. Har qanday self-made ("self-made" lug'aviy ma'nosi - "o'zi erishgan", tushunilishi: ajdodlari biznesmen va boy bo'lmay, o'zi muvaffaqiyatga erishganlar)lar ham shunday.

Hamkorlik nima ekanligini bilmasligingiz dargumon, shunchaki yana bir eslatishni joiz deb topdim. Chunki, oxirgi vaqtda yurtimizda ham musulmonlarning namunali hamkorligi natijasida O'zbekistondagi o'ziga xos drayv vazifasini o'tayotganini ko'rish bilan birgalikda iqtidorlilarni hali hamkorlik qilmaslik natijasida hali ko'p narsaga erishmaganini ham ko'rmoqdamiz. Hozirgi tashqi geosiyosiy va mafkuraviy tahdidlar zamonida birlashishimiz kerak. Bir birodarimizning boshlagan xayrli ishiga imkon boʻlsa yordam berishimiz, biz hozirda juda muxtoj boʻlgan ishlardan biri hisoblanadi. Chunki:

1. Yaxshilik va taqvo yoʻlida hamkorlik qiling. Gunoh va dushmanlik yo'lida hamkorlik qilmang. Allohga taqvo qiling. Albatta, Alloh iqobi shiddatli zotdir. (Moida surasi 2-oyat).

2. Sobiq Britaniya imperiyasining ham, Rus imperiyasining ham shiori "Bo'lib tashla, hukmronlik qil" bo'lgan. Ya'ni, ularning dushmanlari orasidagi sovuqchilik, hamkor bo'lmaslik ularning manfaatiga xizmat qilgan va hozir ham zamonaviy mustamlakachilar manfaatiga xizmat qilmoqda.

3. Katta rediskani yerdan uzish uchun uyidagi mayda hayvonlargacha yordam bergandagina rediskani yerdan uzolgan chol-u kampir ertagidagi eng kichik hayvon yordam bermaguncha rediska yerdan uzilmagani esingizda bo'lsa kerak.

Bunday sabab va misollar juda koʻp, maqsad esa shunchaki hamkorlik muhimligini eslatish edi!

@pstvR
538 views23:30
Ochish/sharhlash