Get Mystery Box with random crypto!

Dezinformatsiya -> propaganda olamiga xush kelibsiz Rossiya d | Pozitiff Repablik

Dezinformatsiya -> propaganda olamiga xush kelibsiz

Rossiya dunyodagi harbiy jihatdan eng kuchli davlatmi?
Ukrainada neo-fashistlar ko'payib ketganmi?
AQSH dunyodagi eng yomon davlatmi?


Marketing qoidalariga qaraganda, bir axborot insonga axborot kanallari orqali 7 marta yetkazilsa (yoki inson 7 marta o'sha axborot bilan to'qnash kelsa), uning miyasi mazkur axborotni haqiqat deya hisoblay boshlarkan.

Esimni tanibmanki, uyimizda ruscha kanallar ko'rsatadi. Dadam tinmay ruscha kanallarni ko'radilar, hozir ham. Albatta, ular tomonidan Rossiya hozirda eng kuchli armiyaga ega ekanligi, uning hech qanday tashqi davlatlarni yordamiga muhtoj emasligi, sanksiyalar ham uning uchun hech qanaqa ta'siri yo'qligi takrorlangan, takrorlanmoqda.

Oldinlari faqatgina Rossiya axborot doirasi axborotlarini iste'mol qilganim uchun, men ham shunday fikrda edim, AQSHni eng razil davlat sifatida ko'rardim. Keyinroq esa har xil davlatlarning turli xil nuqtai nazardan turib bayon etilayotgan xabarlari bilan tanishish chog'ida men dezinformatsiya qurboni bo'lib yurganimni angladim.

Dezinformatsiya bu aldash maqsadida atayin yolgʻon axborotni tarqatish hisoblanadi. Masalan, muayyan bir fikr egalari (deylik hukmron tabaqa) oddiy aholini ishontirish uchun radio, TV, ijtimoiy tarmoqlar va Yutyubda tinmay bir fikrni olg'a suraverishsa, boshqa o'zlariga maʼqul bo'lmagan narsalarni yomonlayverishsa, faqatgina o'sha axborotlar bilangina ozuqlanuvchi aholi qatlami xayolida mazkur narsalar haqiqatga aylanadi. Sobiq Sovet ittifoqida hokimyat tomonidan dezinformatsiya juda ko'p qo'llanilgan bo'lib, oddiy aholi ularda xabarlarni rostligini tekshirib ko'rish imkoni bo'lmagani va boshqa axborot kanallari yo'qligi uchun o'sha yolg'on xabarlar qurboni bo'lgan. Hatto o'sha propagandalar natijadi Stalinni xudo darajasigacha olib chiqishgan.


Zamonaviy dezinformatsiyadan himoyalanish uchun ba'zi narsalarga e'tiboringizni qarating:

1. 2000-yillardan beri Rossiya ham axborot sohasida xuddi shunday siyosat yuritib, juda ham ko'p miqdorda dezinformatsiya qilgan. Xuddi o'shalar oqibatida hozirda juda katta miqdorda O'zbekiston aholisi ham Rossiyaning qilayotgan ishlari normal deb hisoblab, unga "muxlislik" qilishadi.

2. Dezinformatsiya va feyk xabarlar, trollar (bir odamning bir necha akkaunt ochib, o'sha akkauntlarning hammasidan aynan bir jamoa yoki g'oyani himoya qilishi) orqali internetda juda ham ko'p yolg'onlar tarqatiladi va natijada odamlar unga ishona boshlaydi.

3. Dezinformatsiya faqat Rossiya tomonidan emas, balki unga qarshi tomonlardan ham, betaraf tomonlardan ham amalga oshiriladi.

4. Shuning uchun, aynan bir xabar beruvchi manba gapiga ishonib qolmay, turli davlatlarning turli xil (ularning soni emas, turli nuqtai nazardan ifodalangani muhim) axborot manbalaridan axborot olish kerak.

5. Shunga tayanib aytish mumkinki, hech bir axborot 100% toʻgʻri emas. Har biri muallif jamoa manfaatlariga mos yoki shunga yaqin bayon etiladi.

6. Har xil manbalardan olingan xabarlar esa oʻziga xos muvozanatli dunyoqarash shakllanishiga yordam beradi.

7. Ekrandan qaraganda odamni yashagisi keladigan Oʻzbekiston ham shuning namunasi.

@pstvR