Get Mystery Box with random crypto!

Made in Uzbekistan Ahmad Lutfiy Qozonchining 'O'gay ona' asar | Pozitiff Repablik

Made in Uzbekistan

Ahmad Lutfiy Qozonchining "O'gay ona" asarini o'qish davomida asar qahramonlaridan Odilbek o'z do'konida o'z davlatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar savdosini qo'llagani, chet el mahsulolatlarini imkon qadar sotmaslikka harakatini guvohi bo'ldim. Buning asosiy sababi, chet el mahsuloti sotib olinsa, bundan asosiy manfaat ko'radigan uni ishlab chiqargan chet ellik (kompaniya) hisoblanishi hamda ular islom dushmanlari ham bo'lib chiqishi mumkinligi edi.
O'shani o'qish davomida o'zim bilan bo'lgan bir boshqa voqea esga tushdi. Bir kuni do'konga kirib, koreys sotuvchiga rasmdagi mahsulotni ko'rsatib (u mahsulot AQSHda ishlab chiqarilgan edi), shu bormi deb so'radim. U esa bor, lekin chet elda emas, o'zimizda (Koreyada) ishlab chiqarilgani bor, dedi. Uning sifatidan shubhalanib, chet elnikiday yaxshiligini so'raganimda "Bizdagisi o'zimizda ishlab chiqarilgan-ku, albatta, yaxshiroq" degan mazmundagi gapni aytgandi.

O'zbekistonni eslaydigan bo'lsam, u yerda ishlab chiqarilgan mahsulotga shubha bilan qarashimni, imkon qadar chet elniki yaxshiroq deb bilishimni xotirladim. Bu hali iqtisodiyotimiz uncha rivojlanmagani uchundir, balki rivojlangandan keyin sifati yaxshilashib ketar har bir narsani. Imkon bo'lsa sekin o'zimizni mahsulotlarni sotib olishni boshlasak ham yaxshiga o'xshaydi. Lekin, bu gapni har xil mayda detallarigacha chet elda ishlab chiqarilib, bizda import bo'lib, faqat yig'ilayotgan insofsiz darajadagi qimmat mashina va texnikalarga aloqasi yo'q.

@pstvR