Get Mystery Box with random crypto!

Kollaboratsiya (Hamkorlik) Tarixdagi har qandan diqqatga sazo | Pozitiff Repablik

Kollaboratsiya (Hamkorlik)

Tarixdagi har qandan diqqatga sazovor ishlar ham hamkorlik natijasida guruhlar tomonidan amalga oshirilgan. Payg'ambarimiz (SAV) muvaffaqiyatlariga sababchilardan biri ham bevosita muhojirlarning, ansorlarning hamkorligi hisoblanadi. Albatta, qadarda yozilgan bo'lsagina bu sabab muayyan narsalarga erishishda ko'makchi bo'la olishini esdan chiqarmaymiz.

Zamonaviy dunyo misolida ko'rsak, Tesla yoki Speys Iks (SpaceX) bunday muvaffaqqiyatga faqat Ilon Maskning emas, minglab odamlarning mehnati va hamkorligi sababli erishgan. Har qanday self-made ("self-made" lug'aviy ma'nosi - "o'zi erishgan", tushunilishi: ajdodlari biznesmen va boy bo'lmay, o'zi muvaffaqiyatga erishganlar)lar ham shunday.

Hamkorlik nima ekanligini bilmasligingiz dargumon, shunchaki yana bir eslatishni joiz deb topdim. Chunki, oxirgi vaqtda yurtimizda ham musulmonlarning namunali hamkorligi natijasida O'zbekistondagi o'ziga xos drayv vazifasini o'tayotganini ko'rish bilan birgalikda iqtidorlilarni hali hamkorlik qilmaslik natijasida hali ko'p narsaga erishmaganini ham ko'rmoqdamiz. Hozirgi tashqi geosiyosiy va mafkuraviy tahdidlar zamonida birlashishimiz kerak. Bir birodarimizning boshlagan xayrli ishiga imkon boʻlsa yordam berishimiz, biz hozirda juda muxtoj boʻlgan ishlardan biri hisoblanadi. Chunki:

1. Yaxshilik va taqvo yoʻlida hamkorlik qiling. Gunoh va dushmanlik yo'lida hamkorlik qilmang. Allohga taqvo qiling. Albatta, Alloh iqobi shiddatli zotdir. (Moida surasi 2-oyat).

2. Sobiq Britaniya imperiyasining ham, Rus imperiyasining ham shiori "Bo'lib tashla, hukmronlik qil" bo'lgan. Ya'ni, ularning dushmanlari orasidagi sovuqchilik, hamkor bo'lmaslik ularning manfaatiga xizmat qilgan va hozir ham zamonaviy mustamlakachilar manfaatiga xizmat qilmoqda.

3. Katta rediskani yerdan uzish uchun uyidagi mayda hayvonlargacha yordam bergandagina rediskani yerdan uzolgan chol-u kampir ertagidagi eng kichik hayvon yordam bermaguncha rediska yerdan uzilmagani esingizda bo'lsa kerak.

Bunday sabab va misollar juda koʻp, maqsad esa shunchaki hamkorlik muhimligini eslatish edi!

@pstvR