Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh azizlar. Barcha | Pozitiff Repablik

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh azizlar. Barchangizga kirib kelgan muqaddas Ramazon oyi muborak bo'lsin, ushbu oyda farz qilingan va sunnat ibodatlarni o'z vaqtida o'tab, har tomonlama o'zimizni isloh etish nasib etsin barchamizga.

Ushbu muborak oyda yana bir kitob o'qish tanlovini o'tkazmoqchimiz. Bu safar Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining "Ruhiy tarbiya" turkumidagi kitoblarining 2-juz (Tiklanish) asosida tanlov o'tkazamiz inshaAlloh (oldinroq 1-juzi bo'yicha o'tkazganmiz). O'zimizni ruhiy jihatdan isloh etishda juda ahamiyatli kitob Ramazon oyida katta foyda berishidan umidvormiz.

Tanlov inshaAlloh Ramazon oyining 27-kunida (O'zbekistondagi) o'tkaziladi.

Tanlovda qatnashib g'alaba qozongan 1-5 o'rinlardagi g'oliblarga umumiy 600 ming so'mlik sovg'a taqdim qilinadi. G'oliblar savol-javob o'tkazish orqali aniqlanadi. Eski g'oliblar qatnashishi mumkin emas. Batafsil shartlar MANA BU YERDAgi bilan bir xil.

Savollar bo'lsa, izohlarda qoldirishingiz mumkin.

Tanlov haqida boshqalarga ham ilinish esdan chiqmasin :)

@pstvR'epublic