Get Mystery Box with random crypto!

Psixologiya 🎓 Maslahat🎓Testlar ️

Telegram kanalining logotibi psixologiya_testlar_statuslar — Psixologiya 🎓 Maslahat🎓Testlar ️ P
Telegram kanalining logotibi psixologiya_testlar_statuslar — Psixologiya 🎓 Maslahat🎓Testlar ️
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 9.22K
Kanalning ta’rifi

Shaxsiy rivojlanishga yordam beruvchi:
✅ Psixologik testlar
✅ Psixologik maslahatlar
✅ Psixologik faktlar
✅ Psixologik savol-javoblar
Reklama uchun: @NRozikova

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 7

2023-03-19 10:59:02 Аёл туғилди:
Ўғил эмас "Қиз" дедилар хомуш
Нега хомуш… Отаси Ўғил кутганмуш!!!

Аёл улғайди:
Уйда ўтир ўқишинг шартмас
Уйдаги юмушни эплай олгин бас!!!

Аёл севди:
Унутма севишга хаққинг йўқ асло!!!
Аёлда юрак йўқ қалби йўқ гўё….

Аёл турмуш қурди:
Келинсан гапирма энди бўл соқов
Сочинг супурги бўлсин, қўлларинг косов!!!

Аёл фарзанд кўрди:
Мана сенга фарзанд номли бахт
Энди ўзингни унутгин….. унга ярат тахт!!!

Аёл қайнона бўлди:
Аралашманг юринг жим....
Аразлаб кетмасин севган хотиним!!!

Аёл ўлди:
Дедилар: Нега ташлаб кетдингиз
Нега ортда қолганни кўзин ёшлаб кетдингиз.

Аёлнинг ҳаққи бор:
Ўқишга, севишга , ўзин дейишга, бахтли бўлишга, завқли яшашга, фикрини айтишига, қарор чиқаришга...
Яна нималарга аёлнинг ҳаққи бор?

Ҳокисорим, мунисам, азизам Аёл... Умрингиз узоқ бўлсин азиз Аёллар...!!!

Зебинисо Аҳмедова
.

ПСИХОЛОГИЯ
1.4K viewsNargis Abdullaeva, 07:59
Ochish/sharhlash
2023-03-19 08:58:02
Eng muximi o'zingizni aldamang!!! Bazi insonlar niqoblarini ko'pligidan o'zining aslida qanday ekanligini unutib qo'yishadi...


ПСИХОЛОГИЯ
1.1K viewsNargis Abdullaeva, 05:58
Ochish/sharhlash
2023-03-19 08:01:30
Chorasizlik Alloh taolodan kelgan eng go'zal ishoratdir. U duo vaqti kelganini anglatadi. Ko'zingdan yoshlar sizilsa, go'zal yuzing g'amgin bo'lsa, bilginki: Robbing seni sog'inibdi! Seni eshitishni xohlayapti!

Jaloliddin Rumiy

ПСИХОЛОГИЯ
1.2K viewsNargis Abdullaeva, edited  05:01
Ochish/sharhlash
2023-03-18 14:28:01 Tushkun ahvolda yurganingizda o'qishni maslahat beramiz...

Butun dunyoda siz joningizni ham
ayamaydigan eng kamida 2 ta inson mavjud.
Kamida 13 kishi sizni o'z ixtiyori bilan yaxshi
ko'radi.
— Sizni kimdir yomon ko'rishiga yagona
sabab, bu - o'sha inson sizga o'xshashni
judayam istashida.
— Sizning tabassumingiz hattoki sizni
yoqtirmagan insonni ham baxtli qilishi
mumkin.
— Shuni unutmang, har oqshom kimdir sizni
uxlash oldidan albatta yodga oladi.
— Kimdir uchun siz uning butun hayotisiz.
— Hattoki umringiz davomida eng katta
xatoga yo'l qo'ysangiz ham bilingki, bu ish
ortidan bir yaxshilik keladi.
— Butun dunyo sizdan yuz o'girganday
tuyulsa ham, siz unga boshqacha nazar bilan
qarashni o'rganing.
— Har doim yodingizda tuting: Hayot sizga
imkoniyatlar taqdim etayaptimi demak, siz
bunga loyiqsiz!
— Bilingki, har tongda nolish va afsuslanishlar
bilan uyg'onish uchun umr juda qisqalik
qiladi.
Shunday ekan, sizga to'g'ri munosabatdagi
insonlarni seving va buning aksini
qilayotganlarni unuting!
Sizda imkoniyat paydo bo'ldimi? Darrov
undan unumli foydalaning! Bu imkoniyat
hayotingizni o'zgartirishiga ishoning va buni
amalga oshiring!
Hech kim bularning barchasi oson bo'ladi
deya olmaydi, lekin bu ish shunga arziydi.
1.4K viewsNargis Abdullaeva, 11:28
Ochish/sharhlash
2023-03-18 10:29:01 ҚАЛБ ОҒРИҒИ.

Қалб оғриғи нима? У қаердан келади? Қалб қандай оғрийди?

Психолог қабулидан лавха:

"Қалбим оғриди... Ғужанак бўлиб ётиб олсаму, ҳеч нарсани ўйламасам дейман. Ҳеч кимни кўрмасам... Ҳеч нарса қилмасам... Ҳамма нарса барибир. Сендан ҳеч нарса талаб қилишмаса бўлди. Бекорчигаям йиғлайвераман. Ичимдаги оғриқни унутиш учун ўзимни чалғитаман: баъзан ўтирволиб овқатланаман, баъзан тўйиб ичаман..."

Оғриқнинг кўриниши қўрқув, жахл, тушкунлик, кўнгилгинг қолиши, ғамгинлик, соғинч тарзида бўлиши мумкин. Оғриқлар келиб кетар экан яшаш учун кучни камайтираверади.

Оғрик борлиги ичингда аста-секин сени ҳаётдан узоқлаштирувчи муаммо борлигини айтади холос.

Муаммо нима? Кечирмаслик, айблаш, нолиш, хафа бўлиш, кутиш, соғиниш, кўнгил қолиши, жахл қилиш замирида сизнинг кечаги кун билан яшашингиз ётади!

Орқага қараманг!
Кечиринг яъни кечинг!
Орқага қараманг!
Унутинг дуо айланг!
Орқага қараманг!
Соғинманг, кутманг!
Орқага йўл йўқ!
Жахлингизни йиғиштириб қўйиб келажак сари олға!
Енгасиз!


З. АҲМЕДОВА
1.1K viewsNargis Abdullaeva, 07:29
Ochish/sharhlash
2023-03-18 08:31:02 ҒАМЛАР ЭЗИБ ЮБОРДИМИ?

Бир ғамгин киши, донишманднинг ҳузурига келиб:

– Айтингчи, мени қийнаётган бу ғам–ташвишлардан қутилишнинг бирор чораси борми? – дея, дардини достон қилди.

– Аввал сен менинг икки саволимга жавоб бер, – деди. Киши донишмандга қараб:

– Марҳамат сўранг! – деди.

– Сен дунёга келган вақтингда сани қийнаётган шу муаммолар бор эдими? – деб сўради.

– Йўқ,

– Дунёдан кетар вақтингда шу ғам ташвишларни ўзинг билан бирга олиб кетасанми? – деди донишманд. У яна:

– Йўқ, – деди.

– Сен билан келмаган, сен билан кетмайдиган, нарса учун нечун ғам чекасан?! Сен дунё ишларида сабрли бўл!

Назарингни ерга эмас, самога қарат! Шунда муродинг ҳосил бўлади.


Табассум қил! Ризқинг ўлчаб қўйилган. Тақдиринг белгиланган. Дунё ишлари ғам чекишга арзимайди. Чунки у мудом Тирик ва абадий Зотнинг қўлидадир.

Мутафаккирлардан бири: “Мўмин, икки ишнинг орасида яшайди. Бири енгиллик, иккинчиси қийинчиликдир. Агар билса, буларнинг ҳар иккиси ҳам, “неъмат” дир. Чунки енгилликда шукр қилиш бордир.

Агар бахтли ҳаёт кечиришни истасанг, ҳамма нарсани тафтиш қилаверма, ҳамма нарсани аниқлаш учун текшириб кўраверма, ҳамма нарсани таҳлил қилаверма. Чунки, қимматбаҳо тошлар билан шуғулланувчилар олмосни ҳадеб таҳлил қилавергач, унинг асли кўмир эканлигини аниқладилар.

Авазхўжа Бахромов таржимаси

Яқинларингизга улашиб, ғамларидан халос этинг!

https://telegram.me/joinchat/D3Cfyz8l_gu_uddctskJsg
378 viewsNargis Abdullaeva, 05:31
Ochish/sharhlash
2023-03-18 07:31:07
"Agar siz har kuni ertalab uyg'onganingizda, bugun biron bir yaxshi voqea yuz beradi deb o'ylasangiz, xuddi shunday bo'ladi.

Xayrli tong!

Uill Smit

ПСИХОЛОГИЯ
526 viewsNargis Abdullaeva, 04:31
Ochish/sharhlash
2023-03-17 15:32:02 Dunyoni o’zgartirayotgan harakatlar!

1.Imkoniyat bo’lishi bilan insonlarni qo’llab-quvvatlang va dalda bering!
2.Hech qachon insonlarni ustidan kulma va kamsitma!
3.Insonlar haqida doimo yaxshi gapiring. Agarda boshqalar haqida hech qanday yaxshi narsa aytolmasangiz, unday bo’lsa gapirmaganingiz yaxshiroq!
4.Inson ishlariga e’tiborli bo’ling, shunda ularni maqtashga imkoniyat bo’ladi!
5.Insonning yaxshi taraflariga e’tibor bering!
6.Tanqid qilma!
7.Boshqalardan ustunligingizni ko’rsatmang!
8.Doim o’z xatolaringizni va aybingizni ko’ring va kechirim so’rashni unutmang!
9.Sizni eshitishlari uchun, buyruq berishdan ko’ra, taklif bering!
10.Achchiqlanish – inson yordamga va daldaga muhtoj ekanligi haqida ishora!
11.Yaxshi eshituvchi bo’ling va kamroq gapiring!
12.Yaxshi fikr boshqa insondan chiqishi mumkin ekanligini ko’rsating!
13.Inson nohaq bo’lsa, uni gapini bo’lib qo’yolmaysiz. O’z fikrini aytmaguncha, u o’zinikida turadi!
14.Har qanday baxsni to’xtatmoqchi bo’lsangiz, o’zingizni nohaq deb tan oling. Shunda mojaro sababi yo’q bo’ladi va baxs ham to’xtaydi!
15.Sababsiz insonlarga sovg’a berishni o’rganing!
16.Agarda nimadir sizni achchig’ingizni chiqarsa, chidab turing, jim turing, tuyg’ularni ushlab turing!
17.Insonlarda o’zingizga qiziqish uyg’otmang, balki siz ular bilan qiziqing.
18.Tabassum qiling!
19.Odamlarga to’liq ismi bo’yicha murojat qiling!
20.Odamlarda yaxshi kayfiyat qolishi uchun, munosabatni yaxshi tugatishga harakat qiling!
21.Kechirishni o’rganing!

ПСИХОЛОГИЯ
1.2K viewsNargis Abdullaeva, edited  12:32
Ochish/sharhlash
2023-03-17 12:31:02
ПСИХОЛОГИЯ
1.2K viewsNargis Abdullaeva, 09:31
Ochish/sharhlash
2023-03-17 10:31:20 Kechirimli bo'ling.

- Ota, nega bunday qildingiz? Nega xato qildingiz?
- Men ham odamman-ku, men ham adashaman.
- Lekin men sizni ulug‘lab, bexato inson deb bilganim uchun hurmat qilardim, yaxshi ko‘rardim. Endi men kimdan o‘rnak olaman? Endi men kimni yaxshi ko‘raman?
- Bolam, meni faqat bexato ish qilsamgina yaxshi ko‘rasanmi? Bitta xatoniyam kechirmaysanmi? Begona odamlarning ko‘plab xatolarini kechirib, menga kelganda yuraging shunchalik torlik qiladimi?
- Lekin siz - mening otamsiz! Men begonalarni sizchalik qadrlamayman, ularni sizga teng ko‘rmayman. Shuning uchun ularning xatosi menga og‘ir botmaydi. Sizning xatoyingizni qanday hazm qilay?
- Hazm qilma, kechirma. Men seni kechirimli bo‘lishga o‘rgata olmabmanmi - kechirma buni! Har kim adashishi mumkinligini, faqat Xudo beayb ekanini, odamlardan mutlaqo bexato ish qilishlarini kutish kerakmasligini uqtirmabmanmi senga - kechirma! Men rozi. Lekin, jon bolam, o‘z farzandlaringga kechirimli bo‘lishni o‘rgat, ularni bag‘rikeng qilib tarbiyala. Toki ular bir kun kelib sening mukammal inson emasligingni kechira olsinlar...

(xayoldagi hayot spektaklidan)

ПСИХОЛОГИЯ
1.3K viewsNargis Abdullaeva, 07:31
Ochish/sharhlash