Get Mystery Box with random crypto!

Kechirimli bo'ling. - Ota, nega bunday qildingiz? Nega xato q | Psixologiya 🎓 Maslahat🎓Testlar ️

Kechirimli bo'ling.

- Ota, nega bunday qildingiz? Nega xato qildingiz?
- Men ham odamman-ku, men ham adashaman.
- Lekin men sizni ulug‘lab, bexato inson deb bilganim uchun hurmat qilardim, yaxshi ko‘rardim. Endi men kimdan o‘rnak olaman? Endi men kimni yaxshi ko‘raman?
- Bolam, meni faqat bexato ish qilsamgina yaxshi ko‘rasanmi? Bitta xatoniyam kechirmaysanmi? Begona odamlarning ko‘plab xatolarini kechirib, menga kelganda yuraging shunchalik torlik qiladimi?
- Lekin siz - mening otamsiz! Men begonalarni sizchalik qadrlamayman, ularni sizga teng ko‘rmayman. Shuning uchun ularning xatosi menga og‘ir botmaydi. Sizning xatoyingizni qanday hazm qilay?
- Hazm qilma, kechirma. Men seni kechirimli bo‘lishga o‘rgata olmabmanmi - kechirma buni! Har kim adashishi mumkinligini, faqat Xudo beayb ekanini, odamlardan mutlaqo bexato ish qilishlarini kutish kerakmasligini uqtirmabmanmi senga - kechirma! Men rozi. Lekin, jon bolam, o‘z farzandlaringga kechirimli bo‘lishni o‘rgat, ularni bag‘rikeng qilib tarbiyala. Toki ular bir kun kelib sening mukammal inson emasligingni kechira olsinlar...

(xayoldagi hayot spektaklidan)

ПСИХОЛОГИЯ