Get Mystery Box with random crypto!

Dunyoni o’zgartirayotgan harakatlar! 1.Imkoniyat bo’lishi bil | Psixologiya 🎓 Maslahat🎓Testlar ️

Dunyoni o’zgartirayotgan harakatlar!

1.Imkoniyat bo’lishi bilan insonlarni qo’llab-quvvatlang va dalda bering!
2.Hech qachon insonlarni ustidan kulma va kamsitma!
3.Insonlar haqida doimo yaxshi gapiring. Agarda boshqalar haqida hech qanday yaxshi narsa aytolmasangiz, unday bo’lsa gapirmaganingiz yaxshiroq!
4.Inson ishlariga e’tiborli bo’ling, shunda ularni maqtashga imkoniyat bo’ladi!
5.Insonning yaxshi taraflariga e’tibor bering!
6.Tanqid qilma!
7.Boshqalardan ustunligingizni ko’rsatmang!
8.Doim o’z xatolaringizni va aybingizni ko’ring va kechirim so’rashni unutmang!
9.Sizni eshitishlari uchun, buyruq berishdan ko’ra, taklif bering!
10.Achchiqlanish – inson yordamga va daldaga muhtoj ekanligi haqida ishora!
11.Yaxshi eshituvchi bo’ling va kamroq gapiring!
12.Yaxshi fikr boshqa insondan chiqishi mumkin ekanligini ko’rsating!
13.Inson nohaq bo’lsa, uni gapini bo’lib qo’yolmaysiz. O’z fikrini aytmaguncha, u o’zinikida turadi!
14.Har qanday baxsni to’xtatmoqchi bo’lsangiz, o’zingizni nohaq deb tan oling. Shunda mojaro sababi yo’q bo’ladi va baxs ham to’xtaydi!
15.Sababsiz insonlarga sovg’a berishni o’rganing!
16.Agarda nimadir sizni achchig’ingizni chiqarsa, chidab turing, jim turing, tuyg’ularni ushlab turing!
17.Insonlarda o’zingizga qiziqish uyg’otmang, balki siz ular bilan qiziqing.
18.Tabassum qiling!
19.Odamlarga to’liq ismi bo’yicha murojat qiling!
20.Odamlarda yaxshi kayfiyat qolishi uchun, munosabatni yaxshi tugatishga harakat qiling!
21.Kechirishni o’rganing!

ПСИХОЛОГИЯ