Get Mystery Box with random crypto!

Mustaqillik bayrami arafasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ix | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Mustaqillik bayrami arafasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda gibrid shaklda yillik inklyuziv IT-oromgoh o‘tkazildi.

Tadbirlarga boy bo‘lgan hafda butun O‘zbekistondan yig‘ilgan 195 nafar o‘quvchi uchun juda tez o‘tib ketdi. Bolalar dizayn, media, robototexnika bo‘yicha yangi dasturlarni o‘zlashtirdilar. Yana 3000 nafardan ziyod o‘quvchi mashg‘ulotlarda onlayn qatnashdi.

Ayniqsa, ekologik IT-loyihalar o‘ziga xos va rang-barang bo‘ldi: bolalar guruhlarga bo‘linib, o‘z qo‘llari bilan quyosh batareyalaridan energiya oluvchi shamol generatori, kichik gidroelektr stansiyasi va mashinacha yasashdi.

Yopilish marosimida "Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva ishtirok etib, bolalar bilan samimiy suhbatlashdi. Ular orasida 102-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatining robototexnika bo‘yicha g‘olib jamoasidan Madina Yunusova va Isroil Maksumov ham bor.

Tabriklarga qo‘shilamiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube