Get Mystery Box with random crypto!

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN) P
Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)
Kanal manzili: @pediatric_uz
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.33K
Kanalning ta’rifi

Shifokor pediatr va tibbiy bloger Maqsud Muxtorovning "Pediatriya" telegram kanali
Donat uchun: https://tirikchilik.uz/pediatric_uz
Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin! Manba ko'rsatilmasa rozi emasmiz!
Reklama👉 @tibbiy_reklama1

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 58

2022-04-21 15:17:02
Chaqaloqlarda fiziologik mastopatiya

Chaqaloq ko‘kragining qattiqlashishi yoki dag‘allashishi bo‘lib, onadan o‘tgan ko‘p miqdordagi prolaktinlar hisobiga yuzaga chiqadi. Odatda chaqaloq hayotining 3–4-, uzog‘i bilan 7–8 kunlarida boshlanadi. Keyin dag‘allashish muntazam kamayib boradi. Neonatal davrning oxiriga borib, sut bezlarining hajmi odatdagidek tus oladi. Sut bezlarining kattalashishi doimo simmetrik bo‘ladi. Bez ustidagi teri o‘zgarmaydi. Bolaning umumiy ahvoli va kayfiyati o‘zgarmaydi. Dag‘allashish sut bezidan og‘iz sutiga o‘xshash oq rangli ajralma chiqishi bilan birgalikda kechadi.

Muolaja talab qilinmaydi. Sut bezlarining yallig‘lanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun undan ajralmani siqib chiqarish qat’iyan man etiladi. Bezlar ustidagi teri tozalanadi, muolaja o‘tkaziladigan joy quruq va iliq bo‘lishi kerak.

Dag‘allashish yorqin namoyon bo‘lganda sterillangan kamfora yog‘i bilan kompress qilish mumkin.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
5.5K viewsDoctor Muxtorov, 12:17
Ochish/sharhlash
2022-04-21 14:17:59
Farzandi bor ota-onalar diqqatiga

24 aprel, yakshanba kuni kimyo bo'yicha «MENDELEEV» nomli ilmiy master-class bo'lib o'tadi.

90 daqida ichida sizning farzandingiz:

1) Uy sharoitida Coca-colani o'rnini bosuvchi gazlangan ichimlik yaratishni;
2) Kimyo yordamida shar ishirishni;
3) Issiq muz yaratishni;
4) Shakardan ko'mir yaratishni o'rganadi.

Narxi: 0 so'm
Yosh chegarasi: 7 - 14 yosh

Ishtirok etishni xohlayman!
Ishtirok etishni xohlayman!
Ishtirok etishni xohlayman!

Toshkent shahar, Gulobod 25, mo'ljal: Merit xususiy maktabi

Instagram, Telegram — @yoshoIim
6.1K viewsDoctor Muxtorov, 11:17
Ochish/sharhlash
2022-04-20 12:42:17 Bolalarga ich yumshatuvchi(surgi dori) sifatida beriladigan Dyufalak(laktuloza)ni qanday dozalarda qo‘llash kerak?

3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - boshlang‘ich doza 5 ml, qo‘llovchi doza 5 ml

3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda - boshlang‘ich doza 5-10 ml, qo‘llovchi doza 5-10 ml

7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - boshlang‘ich doza 15 ml, qo‘llovchi doza 10 ml

14 yoshdan katta bolalarga- boshlang‘ich doza 15-45 ml, qo‘llovchi doza 10-25 ml

Preparat kuniga bir marta, ertalab ovqat mahalida qabul qilinadi!
2 kundan keyin ya’ni laktulozani klinik effekti yuzaga chiqqandan keyin dozani kamaytirish mumkin!

Ichak disbakteriozini davolash uchun quyida dozalarda qabul qilinadi:

1 yoshgacha bolalarga- 1,5-3 ml

1 yoshdan 3 yoshgacha - 3 ml

4 yoshdan 5 yoshgacha - 5 ml

7 yoshdan katta bolalarga - 10 ml

Eslatma! Yuqoridagi dozalar ma’lumot uchun berildi! Preparat dozasini Vrach Pediatr bolaning holatiga qarab individual ravishda belgilaydi!

Doctor Muxtorov

Kanalga qo‘shilish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
6.3K viewsDoctor Muxtorov, 09:42
Ochish/sharhlash
2022-04-20 11:39:40
Ko’pchilik ota-onalar nega BabyMarineni tanlashadi ?

Mahsulot tarkibida 40 dan ortiq makro va mikroelementlar mavjud. Bu vitaminlar farzandingiz immunitetini ko'tarishda va tashqi viruslardan himoya qilishda yordam beradi.

BabyMarine tarkibidagi trepang ekstrakti antigelmintik ta’siriga ega bo‘lib, barcha turdagi gijja va parazitlarga qarshi kurashib farzandingizning organizmini tozalashda yordam beradi.

Mahsulotni 4 oylikdan 15 yoshgacha bo'lgan bolalar iste'mol qilishi mumkin.

Butun O’zbekiston bo’ylab 24 soat ichida bepul yetkazib beriladi.

Batafsil ma’lumot uchun biz bilan bog’laning va bepul konsultatsiya oling:
+998935472223
@BabyMar1neBot
@BabyMarine_consultant

@BabyMarine - Bolalar dunyosi
6.2K viewsDoctor Muxtorov, 08:39
Ochish/sharhlash
2022-04-20 10:55:50
Xodunok (yurgich)ni qanday zararli tomonlari bor?

Ko‘rinishidan xodunok xavfsizdek tuyuladi, aslida ham shundaymi?

Oyoqlarga va umurtqaga ta‘siri - bola hali yurishga tayyor emas, lekin xodunokda tik yurganda butun tana og‘irligi oyoqlarga tushadi va oyoqlarda maymoqlik va yassioyoqlik rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Muddatidan avval tik yurish umurtqa pog‘onasida ham deformatsiyalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Muvozanatga ta’siri - xodunokda bola muvozanatini xodunok ta’minlaydi va muvozanat organi yaxshi rivojlanmaydi.
Yurishga ta’siri - xodunokda yurganda bola emaklash bosqichini o‘tkazib yuboradi. Oqibatda muskul va paylar yaxshi rivojlanmaydi. Bu esa yurishni kechikishiga sabab bo‘ladi.

Bolani xodunokda yuritib, undagi tabiiy jarayonlar kechikishiga sababchi bo‘lmang!

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
6.9K viewsDoctor Muxtorov, 07:55
Ochish/sharhlash
2022-04-20 10:55:22
Chaqaloqlarni cho‘miltirishda suvning optimal harorati qanday?

Chaqaloq ona qornida 9 oy davomida homila atrofi suyuqligining 36,6 gradus haroratiga moslashgan. Demak, chaqaloq cho‘miltirishda suvning optimal harorati 37 gradus bo‘lishi kerak. 35-36 gradus ham kichkintoy uchun qulay hisoblanadi.

Eslatma. Chaqaloqni cho‘miltirib bo‘lgandan so‘ng uni sovuq qotishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
6.6K viewsDoctor Muxtorov, 07:55
Ochish/sharhlash
2022-04-19 09:15:57 Bola emlangandan keyin yosh onalar qanday tavsiyalarga amal qilishi zarur?

Emlashdan so‘ng bola tana harorati ko‘pi bilan 38.5 darajagacha ko‘tarilsa, bu normal reaksiya hisoblanadi. Bolaga ko‘p suyuqliq ichirish tavsiya etiladi. Kerak bo‘lsa, isitma tushiruvchi sirop ichirish ham mumkin.

Bolada shamollash alomati kechayotgan bo‘lsa, emlash mumkin emas. Bola butunlay tuzalgandan so‘ng, emlashni amalga oshirsa bo‘ladi;

emlashlar orasidagi muddat kamida 1 oy bo‘lishi kerak;

emlashdan oldin va undan bir necha kun keyin bola bilan odamlar ko‘p to‘plangan joylarga bormaslik tavsiya etiladi.

Emlashdan so‘ng bola tana harorati ko‘pi bilan 38.5 darajagacha ko‘tarilsa, bu normal reaksiya hisoblanadi. Bolaga ko‘p suyuqliq ichirish tavsiya etiladi. Kerak bo‘lsa, isitma tushiruvchi sirop ichirish ham mumkin.

Emlashga bo‘ladigan reaksiya ko‘pi bilan 2 kun davom etishi kerak. Undan ortiq davom etsa, shifokorga murojaat qilish kerak.

bir yoshgacha bo‘lgan bolalar rasioniga emlashdan bir necha kun oldin va keyin yangi mahsulotlarni kiritish mumkin emas;

emlash davrida emizishni davom etish juda muhim;

bolani emlayotganingizda bola va uning oila a’zolari sog‘lom bo‘lishi kerak;

emlashdan so‘ng bolani kamida bir kun davomida cho‘miltirmaslik lozim.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
10.0K viewsDoctor Muxtorov, 06:15
Ochish/sharhlash
2022-04-18 10:16:47 Bolalarning boshi nima sababdan katta bo‘lishi mumkin?
Gidrosefaliya o‘zi qanday kasallik?


https://telegra.ph/Gidrosefaliya-qanday-kasallik-02-25

Kanalga qo‘shilish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
9.9K viewsDoctor Muxtorov, 07:16
Ochish/sharhlash
2022-04-18 08:06:18 Chaqaloqni beshikka belash qanchalik to‘g‘ri?

https://telegra.ph/Chaqaloqni-beshikka-belash-qanchalik-togri-04-19

Kanalga qo‘shilish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
10.2K viewsDoctor Muxtorov, 05:06
Ochish/sharhlash
2022-04-16 18:17:44
Chaqaloqlarda dakriosistit

Dakriosistit - ko‘z yosh qopchasining yallig‘lanishi.

Sabablari:
-Ko‘z yosh yo‘llari o‘tkazuvchanligini tug‘ma buzilishi
-Tug‘ruq jarohatlari
-Infeksion kasalliklar

Chaqaloq tug‘ulganida ko‘z yosh suyuqligi oqib chiqishi uchun barcha yo‘llar o‘tkazuvchanligi yaxshi bo‘ladi. Faqat burun-ko‘z yosh kanalida embrional to‘qima elementlari turib qolishi hisobiga, ko‘z yosh qopchasidan ko‘z yosh suyuqligini oqib chiqishi qiyinlashadi. Oqibatda ko‘z yosh yig‘ilishni boshlaydi va o‘zining himoya funksiyasini yo‘qotadi. To‘plangan suyuqlikka mikroblar tushib, yiringli yallig‘lanish boshlanadi.

Belgilari:
-Ko‘z ichki burchagi qizarishi
-Ko‘z yosh oqishi
-Shish
-Ko‘z yosh qopchasi sohasiga bosganda yiring ajralishi

Kasallik chaqaloq hayotining 8- yoki 10-kunida namoyon bo‘ladi.

Yuqoridagi holat aniqlanganda bolani kechiktirmasdan vrach oftalmolog ko‘rigiga olib borish zarur.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
12.2K viewsDoctor Muxtorov, 15:17
Ochish/sharhlash