Get Mystery Box with random crypto!

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN) P
Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)
Kanal manzili: @pediatric_uz
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.33K
Kanalning ta’rifi

Shifokor pediatr va tibbiy bloger Maqsud Muxtorovning "Pediatriya" telegram kanali
Donat uchun: https://tirikchilik.uz/pediatric_uz
Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin! Manba ko'rsatilmasa rozi emasmiz!
Reklama👉 @tibbiy_reklama1

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 60

2022-04-10 14:29:26
Tug‘ma stridor nima o‘zi?

Bola nafas olganida normada ovoz eshitilmaydi. Ba'zi bolalarda nafas olayotganda shovqin eshitiladi. Tug‘ma stridor bu-chaqaloqlardagi shovqinli, qattiq, dag‘al nafas(xuddi videodagidek).

Buning asosiy sababi nafas yo‘llaridagi anomaliyadir. Ya'ni hiqildoq va traxeyadagi torayish hisobiga o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi shovqinli bo‘ladi(hushtakni eslang).

Agar shovqinli nasaf bilan birga og‘iz atrofi ko‘karishi, marmarsimon teri, yutishga qiynalish va ozib ketish kuzatilsa, bolani darhol shifokor pediatr va lor ko‘rigiga olib borish lozim.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
13.3K viewsDoctor Muxtorov, 11:29
Ochish/sharhlash
2022-04-10 13:25:39 Bolalarga o‘yinchoq tanlayotganda nimalarga e’tibor berish kerak?

https://telegra.ph/Zaharli-oyinchoqlar-01-18

Kanalga qo‘shilish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
12.6K viewsDoctor Muxtorov, edited  10:25
Ochish/sharhlash
2021-02-14 09:41:48
Chaqaloqlarda dakriosistit

Dakriosistit - ko‘z yosh qopchasining yallig‘lanishi.

Sabablari:
-Ko‘z yosh yo‘llari o‘tkazuvchanligini tug‘ma buzilishi
-Tug‘ruq jarohatlari
-Infeksion kasalliklar

Chaqaloq tug‘ulganida ko‘z yosh suyuqligi oqib chiqishi uchun barcha yo‘llar o‘tkazuvchanligi yaxshi bo‘ladi. Faqat burun-ko‘z yosh kanalida embrional to‘qima elementlari turib qolishi hisobiga, ko‘z yosh qopchasidan ko‘z yosh suyuqligini oqib chiqishi qiyinlashadi. Oqibatda ko‘z yosh yig‘ilishni boshlaydi va o‘zining himoya funksiyasini yo‘qotadi. To‘plangan suyuqlikka mikroblar tushib, yiringli yallig‘lanish boshlanadi.

Belgilari:
-Ko‘z ichki burchagi qizarishi
-Ko‘z yosh oqishi
-Shish
-Ko‘z yosh qopchasi sohasiga bosganda yiring ajralishi

Kasallik chaqaloq hayotining 8- yoki 10-kunida namoyon bo‘ladi.

Yuqoridagi holat aniqlanganda bolani kechiktirmasdan vrach oftalmolog ko‘rigiga olib borish zarur.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
2.4K viewsDoctor Muxtorov, 06:41
Ochish/sharhlash
2021-02-13 18:35:08 Bolaning burniga, qulog‘iga yoki ko‘ziga ona sutini tomizish mumkinmi?

Ba’zan onalar savol berishadi. Doctor bolamni burni bitib qolyapti, ona suti tomizsam bo‘ladimi? Yoki. Bolamni qulog‘i og‘riyapti, ona suti tomizsam bo‘ladimi?

Qadrli onalar! Yaxshilab eslab qoling. Bolaning ko‘ziga, burniga yoki qulog‘iga ona sutini tomizish mumkin emas!

Chunki sut labaratoriyada bakteriyalar boqishda ishlatiladigan asosiy ozuqa muhitlaridan biri hisoblanadi. Siz sut tomizib, mikroblarni yo‘q qila olmaysiz, balki ularni ideal ozuqa bilan boqasiz xolos.

Shuning uchun har bir muolajani vrach Pediatr bilan maslahatlashib qilish maqsadga muofiqdir.

Bolangizni asrang!

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
23.3K viewsDoctor Muxtorov, 15:35
Ochish/sharhlash
2021-02-13 17:27:57
Уларга жараёнга 72 соат қолганда дори ичиш, 48 соат қолганда алькогол, 24 соат қолганда ёғли, аччиқ маҳсулот, 1 соат қолганда эса чекиш тақиқланади. Жараёндан 1 соатдан кейин чекишга, 2 соатдан кейин автомобил бошқаришга, 24 соатдан кейин алькогол истеъмол қилишга рухсат этилади.

Савол: Ушбу қоидалар кимларга нисбатан амал қилишини 2 та сўзда ёзиб беринг.

Жавобни билиш @OperatsiyaUz
4.7K viewsDoctor Muxtorov, 14:27
Ochish/sharhlash
2021-02-12 20:05:24 Emlash foydalimi?

Qanday turlari bor? Qaysi hollarda emlatish mumkin emas?


Batafsil: https://telegra.ph/Emlash--turlari-otqazilish-tartibi-emlash-kalendari-va-qarshi-korsatmalar-09-19

Kanalga qo‘shilish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
23.2K viewsDoctor Muxtorov, 17:05
Ochish/sharhlash
2021-02-12 17:34:20
​​ Assalom alaykum azizlar!

Ota-ona uchun farzandi salomatligidan ham ustunroq narsa bo‘lmasa kerak.

Farzandingizda yuzaga kelgan muammolarga tez va oson yechim topishni xohlaysizmi?

Unda shoshiling, bunaqasi hali bo’lmagan!

Malakali shifokorlar: pediatr, nevropatolog, ortoped maslahatlaridan farzandingiz uchun mutlaqo bepul konsultatsiya!

Bundan tashqari logoped, fizioterapiya, massaj va muolaja xizmatlarimizdan ham foydalanishingiz mumkin!

Qabul qilish vaqtlari: 9.00 dan 18.00 gacha

Aksiya 10 Fevraldan 17 Fevralgacha davom etadi!

Bizda eng so’nggi rusumdagi diagnostika (EEG, laborotoriyalar) ham mavjud!

Manzil: Ahmad Donish ko'chasi, 47a
Mo'ljal: Universam savdo markazi yonida

+998 95 177 32 00
+998 88 700 32 00

Kanalimiz: @Evomed_uz

Guruhimiz: @Evomed_group

Online :
@Doctor_Evomed
5.9K viewsDoctor Muxtorov, 14:34
Ochish/sharhlash
2021-02-12 16:48:18 Juda ko‘p so‘raladigan “laringit” kasalligi haqida

https://telegra.ph/Bolalarda-laringit-02-23

Kanalga qo‘shilish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
20.3K viewsDoctor Muxtorov, 13:48
Ochish/sharhlash
2021-02-12 15:58:48
Yo‘rgaklash(pampers) dermatitini oldini olishdagi Yevropa qoidalari - ABCDE standart profilaktikasi.

Air - aeratsiya(shamollatish)

Barrier - Epidermisning barier xususiyati saqlash va himoya qilish:
agressiv gigeyenik vositalardan, spirt saqlovchi los’onlar, aromatizatorlar va prisipkalardan foydalanishni to‘xtatish. Yallig‘lanishga qarshi va regeneratsiyani ta’minlovchi, terini barier funksiyasini qayta tiklovchi mazlardan(Bepanten) foydalanish.

Cleaning - Tozalash

Diapper - Tagliklarni to‘g‘ri tanlash va defekatsiyadan so‘ng taglikni tez almashtirish

Education - Ota-onalarga to‘g‘ri parvarishni o‘rgatish.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
5.1K viewsDoctor Muxtorov, 12:58
Ochish/sharhlash
2021-02-11 17:26:39 Chaqaloqning ichi nima sababdan qotadi?
Ich qotish qanday davolanadi? Onalar qanday diyeta qilishi kerak?
Shu va shunga o‘xshash savollarga javob topishingiz mumkin!


https://telegra.ph/Chaqaloqlarda-ich-qotishi-qabziyat-07-10

Kanalga qo‘shilish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
22.0K viewsDoctor Muxtorov, 14:26
Ochish/sharhlash