Get Mystery Box with random crypto!

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN) P
Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)
Kanal manzili: @pediatric_uz
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.33K
Kanalning ta’rifi

Shifokor pediatr va tibbiy bloger Maqsud Muxtorovning "Pediatriya" telegram kanali
Donat uchun: https://tirikchilik.uz/pediatric_uz
Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin! Manba ko'rsatilmasa rozi emasmiz!
Reklama👉 @tibbiy_reklama1

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 57

2022-04-25 13:09:02
Massaj qaysi kasalliklarda buyuriladi?

Mushaklar gipertonusi
Yassi oyoqlik
Raxit
Chanoq-son displaziyasi
Qiyshiq bo‘yinlik
G‘ilaylik
O‘pka-bronx kasalliklarida
Skolioz
Nevrologik buzilishlarda
Jismoniy rivojlanishdan orqada qolish
Ichak kolikasida
Travmalarda(sinish, chiqish)

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
5.4K viewsDoctor Muxtorov, 10:09
Ochish/sharhlash
2022-04-25 12:09:19
Болалар массажи хизматлари:
- Даволаш массажи
- БТП массажи
- раҳит учун массаж
- сколиоз учун массаж
- бўйин қийшайиши учун массаж
- организмда бузилишлар учун массаж
- оёқларнинг валгус ва варус деформациялари учун массаж
- бел қон-томир тизими дисплазияси
- оҳангни тузатиш (мушакларнинг гипо ва гипертониклиги)
- машқлар терапияси, гимнастика
- ТМС (трансканал магнит стимуляцияси)
- Кинезиологик лента қўйиш
- Электрофарез
- Дарсенвал
- Парафин
- Aмплипулс
- Тонусни яхшилаш
- Яссиоёқликни даволаш

Машгулотларни 10 йиллик тажрибага эга олий тоифали хамшира - массажист Эстанова Зиёда Абдумуратовна олиб боради.

Маълумот учун телефон:
+998712349202
+998909519131
+998555029203
@RanoJuraeva
www.lagom.uz
6.1K viewsDoctor Muxtorov, 09:09
Ochish/sharhlash
2022-04-24 09:53:02 Diatez nima sabab kelib chiqadi? Diatezni qanday davolash mumkin? Diatezi bor bolasi bo‘lgan ona nimalarga e’tibor qilishi kerak?

https://telegra.ph/Bolalarda-diatez-02-02

Kanalga qo‘shilish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
6.3K viewsDoctor Muxtorov, 06:53
Ochish/sharhlash
2022-04-24 09:53:02 Nima sababdan chaqaloqning qorni dam bo'ladi? Qorin dam bo'lishini qanday oldini olish mumkin?

https://telegra.ph/Chaqaloqlarda-qorin-dam-bo%CA%BClishi-02-07

Kanalga qo'shilish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
5.7K viewsDoctor Muxtorov, 06:53
Ochish/sharhlash
2022-04-24 08:54:35
Доғлар пайдо бўлишининг сабаби.

Ҳаддан ташқари меланин ишлаб чиқарилиши билан тери қоронғилашиб, турли ўлчамдаги жигарранг доғлар ва локализация пайдо бўлади. Меланин этишмовчилиги туфайли терида энгил жойлар пайдо бўлади.

Доғларнинг пайдо бўлишининг сабаблари:

ички касалликлар;
ирсий қобилияти;
Ҳомиладорлик;
қарилик;
жароҳатлар;
гормонал ҳолатни бузилиши;
ультрабинафша нурланишига таъсир қилиш ва бошқалар.

Сизда хам доғлар борми? Ҳозироқ мурожаат қилиб мутахассисдан маҳсулот ҳақида БЕПУЛ консультация олинг

+998998038886
@Al_hadaya_3

Линкни босиб гуруҳга аъзо бўлинг
https://telegram.me/joinchat/qd6H7YAtyEwxN2Fi
5.8K viewsDoctor Muxtorov, 05:54
Ochish/sharhlash
2022-04-23 18:39:54
Bolalarda o‘tkir bronxiolit

O‘tkir bronxiolit - quyi nafas yo‘llarining, asosan mayda bronx va bronxiolalarning obstruktiv zararlanishi bilan kechadigan yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, asosan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydi. Har yili yer yuzida 150 mln ortiq holat qayd etiladi.

Kasallik qo‘zg‘atuvchilari
Respirator sinsitial virus - 60% holatda
Rinovirus
Paragripp 3-tip

Kasallik belgilari
Nafas qisishi(aralash yoki ekspirator tipda)
Perioral sianoz(og‘iz atrofi ko‘karishi)
Samarasiz yo‘tal
O‘pkada diffuz mayda pufakchali nam xirillashlar eshitiladi.

Bolada yuqoridagi belgilar aniqlanganda darhol uni vrach pediatr ko‘rigiga olib borish lozim. Esingizda bo‘lsin kasallik vaqtida davolanmasa og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:

https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
4.4K viewsDoctor Muxtorov, 15:39
Ochish/sharhlash
2022-04-23 17:36:00 Darhaqiqat odamning ruhiy holati uning sog'ligiga juda katta ta'sir qiladi, shuning uchun ham kundan kunga odamlarda psixologiyaga bo'lgan ehtiyoj ortib bormoqda.

Psixologlar ko'payishi bilan birga ishonchli, ilmiy asoslangan, musulmonlarga, o'zbeklarga mos psixolog topish qiyinlashib bormoqda.

Bugun sizga nan shunda ishonchli Psixolog Rozaliya Gabdulhakovani maslahat bermoqchiman. Kanallarida bepul bo'lishib borayotgan ma'lumotlar bilan bir qatorda, kurslari va konsultatsiyalarida ishtrok etib, baxtli va hotirjam hayot sari qadam qo'ying.

Quyidagi linklar orqali ba'zi maqolalari bilan tanishib chiqing:

Bola tarbiyasi haqida
Oilaviy munosabatlar
Ayollarga maslahatlar

Tezda @psixolog_rozaliya kanaliga a'zo bo'ling.

https://t.me/psixolog_rozaliya - musulmonlarga mos psixologiya
4.6K viewsDoctor Muxtorov, 14:36
Ochish/sharhlash
2022-04-23 06:52:51 Nevropatolog maslahatlari

1. Bolaning asabi buziladimi?

Ha, buziladi. Buni ota-ona to'g'ri qabul qilishi kerak.

2. Bosh miya ichki bosimi nima degani?

Bosh miya ichida qorinchalar mavjud bo'lib atrofida suyuqlik bor. Har xil sabablarga ko'ra (shikkast, infeksiya) shu suyuqlik miqdori oshadi, natijada bosh miya bosimi oshadi. Shunda bolada ko'p yig'lash, boshini orqaga tashlash va bezotalik ko'p kuzatiladi.

3. Muddatidan oldin chala tug’ilgan bolada asab tizimida muammo bo'lishi 100%mi?

Muammolar yuzaga kelishi 100% bo'lmasa ham nevrologik o'zgarishlar yuzaga kelishi aniq. Bu asosan bosh miyaning gipoksiyasi bilan bog'liq holatlar - bolaning mushaklarini bo'shligi, sut emishini sustligi va hokazo.

4. Chillalik chaqaloqning qattiq yig’lashini sababi asab tizimidagi muammo bo’lishi mumkinmi?

Chillalik chaqaloqning yig'lashi sababi bo'lib bosh miya bosimining oshishi, ichi buzilishi, sut yetishmayotgani va teri kasalliklari bo'lishi mumkin.

5. Bir yoshgacha bo’lgan bolaning ko’p yig’lashiga nima sabab bo’lishi mumkin?

Nevrologik tomondan bosh miya bosimining oshishi sabab bo'lishi mumkin.

6. Chaqaloq boshini qaysi davrdan boshlab ushlay olishi kerak?

Normada chaqaloq 2 oyligidan boshlab boshini ushlay oladi.

7. Chaqaloq oyoqlariga qachondan bosa olishi kerak?

Normada 2-3 oyligida oyoqlarini bosa oladi.

8. Chaqaloq tonusi nima degani?

Chaqaloq tonusi bu nevralogik holat bo'lib, bunda uning tana mushaklari tarrang holatga kelib, oyoqlarga qo'yganda ularning uchiga bosadi.

9. Bolani asablarini tinchlantirish uchun nima qilsa bo’ladi?

Onaning mehri va quchog'i bolaning asabini tinchlantirishda eng foydali muolaja.

10. Maktab yoshidagi bolaning dars qilish davomida boshi og’rishiga nima sabab bo’lishi mumkin?

Maktab yoshidagi bolalarda bosh og'rig'iga asosan quyidagilar sabab bo'lishi mumkin: bosh miya bosimining oshishi, gijja, tez-tez kasal bo'lishi, anemiya, qon aylanishining buzilgani.

11. Bola yiqilganda miya chayqalganligini uy sharoitida qanday aniqlasa bo’ladi?

Miya chayqalgani belgilari:

Bir necha daqiqaga xushdan ketish
Qusish
Bosh aylanishi
Bosh og'rishi
12. Bolaning liqildog’i qachon yopilishi kerak?

Bolaning liqildog'i 1 yoshligida yopiladi.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
262 viewsDoctor Muxtorov, 03:52
Ochish/sharhlash
2022-04-22 19:51:14
Andijondagi bogʻchada 4 yoshli bola kun tartibidagi uyqu vaqtida uxlayotganda vafot etdi

Kecha, 21-aprel kuni soat 14-00dan 15-00ga qadar boʻlgan oraliqdagi vaqtda Andijon viloyati, Oltinkoʻl tumanidagi 31-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanayotgan 4 yoshli Lutfullayev Xushnudbek maktabgacha taʼlim tashkilotining kun tartibidagi uyqu  vaqtida uxlayotganda olamdan oʻtgan. Bu haqda Maktabgacha taʼlim vazriligi xabar qildi. 

Tashkilot hamshirasining maʼlum qilishicha, ertalabki qabul jarayonida tarbiyalanuvchi Lutfullayev Xushnudbekda hech qanday kasallik alomatlari kuzatilmagan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda...

Xushnudbekni ota-onasiga hamdarlik bildiramiz! Jannatda sizlarni kutib olsin!

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
5.5K viewsDoctor Muxtorov, 16:51
Ochish/sharhlash
2022-04-22 06:29:39
MONGOL DOG‘I

Mongol dog‘lari - bu terida ko‘p miqdorda melanin pigmentini(teriga rang beruvchi pigment) to‘planishi natijasida yuzaga kelgan, ko‘k-yashil tusdagi dog‘.

Dog‘ ko‘pincha bel, dumg‘aza, yelkada joylashadi. O‘lchami 6-10 sm va undan katta bo‘lishi mumkin.

Dog‘ soch bilan qoplanmagan, bosganda yo‘qolmaydi.

Davolash shart emas,xavfsiz, 4-10 yoshgacha yo‘qolishi yoki bir umrgacha saqlanib qolishi mumkin!

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
8.2K viewsDoctor Muxtorov, 03:29
Ochish/sharhlash