Get Mystery Box with random crypto!

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN) P
Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)
Kanal manzili: @pediatric_uz
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.33K
Kanalning ta’rifi

Shifokor pediatr va tibbiy bloger Maqsud Muxtorovning "Pediatriya" telegram kanali
Donat uchun: https://tirikchilik.uz/pediatric_uz
Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin! Manba ko'rsatilmasa rozi emasmiz!
Reklama👉 @tibbiy_reklama1

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 59

2022-04-15 15:49:08 Ona suti kamayishi — gipogalaktiya

Ko‘krak bezlari tomonidan sut ishlab chiqarilishini kamayishi gipogalaktiya deb ataladi. Bunda ajralayotgan sut miqdori bola ehtiyojini qondirmaydi. Gipogalaktiya 5 – 8 % ayollarda birlamchi bo‘lib, neyroendokrin buzilishlar sababli yuzaga keladi. Jaxon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra faqat 1 % ayollar bolalarini ko‘krak suti bilan boqa olmaydilar. Gipogalaktiya sabablariga onani laktatsiyaga yaxshi tayyorlanmasligi, ulardagi kasalliklar (qandli diabet, qon tomir, buyrak va tizimlari kasalliklar, o‘tkir yallig‘lanish jarayonlari, o‘smalar va boshqalar) stresslar, spirtli ichimliklar, xomiladorlik va tug‘ish davrlarida dorilar qabul qilish, dastlabki kechikkan ko‘krak tutish, onaning unumsiz kun tartibi, ovqatlanishi, jismoniy va aqliy zo‘riqishlar kiradi.

Gipogalaktiyani oldini olish juda muhim. Dastlab, uni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish, emizikli onalarga ijtimoiy — moddiy osoyishta sharoit yaratish, ko‘krak bezlarini parvarish qilish, gigiyenik qoidalarga rioya qilish, unumli ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish zarur. Gipogalaktiyadan muhofaza uchun ko‘krak bezlarini muntazam to‘liq bo‘shatish lozim. Ovqatlantirishning muntazamligi bola ehtiyojiga mos tushgan ijobiy shartli reflekslarni shakllanishiga olib keladi. Bu jarayonda ko‘krak bezlarining sut ishlab chiqarish va ajratish faoliyatlari kuchayib, bolada so‘rish refleksini yaxshilaydi. Gipogalaktiya holatini oldini olish uchun bola sutni kam iste’mol qilganida, sutni sog‘ib tashlash orqali ko‘krakni bo‘shatish zarur. Sut sog‘ib olishda ko‘krak uchini ta’sirlash laktatsiyani kuchli qo‘zg‘atadi. Gipogalaktiyani yuzaga kelishiga to‘siq bo‘ladigan asosiy omil bu bola tug‘ilishi bilan unga ko‘krak tutqazishdir.

Quyidagi holatlar tabiiy (ko‘krak bilan) ovqatlantirishga monelik hisoblanadi:

Ona tomonidan: og‘ir tizimli va o‘sma kasalliklari, sil, zaxm, yurak- tomir va buyrak yetishmovchiligi, o‘smaga qarshi dorilar qabul qilish, virus va bakteriyalar ta’sirida yuzaga kelgan o‘tkir yallig‘lanish xastaliklari (ma’lum vaqtgacha), teri va ruhiy kasalliklar.

Bola tomonidan: tug‘ruq vaqtidagi jarohatlar, miyada qon aylanishini buzilishi (bu paytda bola uchun ko‘krak so‘rish og‘ir bo‘lishi mumkin), tug‘ma kasalliklar.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
13.4K viewsDoctor Muxtorov, 12:49
Ochish/sharhlash
2022-04-15 10:57:32
Xarid qiling va asrab qoling!

Oʻzbekistonda har oʻn ming nafar insondan 17 ta bola oqqon kasalligiga chalinadi va ulardan bor yoʻgʻi 30 foizi yashab qoladi xolos. Kasallik kelib chiqishining aniq sabablari hali tibbiyotda ma'lum emas.

Bu kasallikka bola ham, ayol kishi ham, katta yoshdagi odam ham chalinishi mumkin. Bu sirli xastalik uzoq vaqt davolanish va katta mablagʻni talab etadi.

Shulardan kelib chiqib, loyihamizning xayriya futbolkalarini chiqarishga qaror qilgan edik. Futbolkalardan tushgan foyda toʻliq oqqon bilan xastalangan bolalar uchun ajratiladi.

Loyihamiz futbolkalarini xarid qilish orqali ularni asrab qoling!

Buyurtma bering!

Eslatib o'tamiz, umumiy hisobda 5000 dan ortiq futbolka chiqarilgan bo'lib, ulardan 2000 ga yaqini hamon o'z egalarini kutmoqda.

P. S. #asrabqoling heshtegi orqali ijtimoiy tarmoqlarda ushbu loyiha haqida boshqalarni ham xabardor qiling.

Kanalga ulanish: @Dr_Mukhtorov
10.4K viewsDoctor Muxtorov, 07:57
Ochish/sharhlash
2022-04-14 13:36:17
Sirdaryoda naqd 7 kilogramm vaznli chaqaloq dunyoga keldi

Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasi akusherlik kompleksida 7 kilogramm vaznli qiz chaqaloq dunyoga keldi.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
18.7K viewsDoctor Muxtorov, 10:36
Ochish/sharhlash
2022-04-13 19:58:22 Bolalarda quloq og‘rig‘i

https://telegra.ph/Bolalarda-quloq-ogrigi-08-31

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
13.7K viewsDoctor Muxtorov, 16:58
Ochish/sharhlash
2022-04-13 17:04:03
Bolaga qulupnayni qachondan va qancha miqdorda berish mumkin?

Bola 2 yoshga to‘lgandan so‘ng unga qulupnayni berishni boshlash mumkin. Avval 1 dona mevani nonushtadan so‘ng berib ko‘ring.

Yodda tuting bir dona qulupnay bilan boshlaysiz. Agar kechga borib, hech qanday allergiya kuzatilmasa, ertasiga 2 dona berishingiz mumkin. Mana shunday qilib, bola organizmini yangi rezavor mevaga o‘rgatasiz.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
13.9K viewsDoctor Muxtorov, 14:04
Ochish/sharhlash
2022-04-13 12:22:20 BOLALAR SEREBRAL FALAJLIGI

https://telegra.ph/BOLALAR-SEREBRAL-FALAJLIGIDCP-11-10

Kanalga qo‘shilish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
12.6K viewsDoctor Muxtorov, 09:22
Ochish/sharhlash
2022-04-12 13:21:30
Bolalarda bosh ichi bosimi oshishi(cherepnoy davleniya) belgilari

Yosh bolalarda bu kasallik qanday namoyon bo’ladi? Afsuski, go’daklar ota-onalariga o’z tuyg’ulari haqida xabar bera olmaydi, shuning uchun ota-onalar kalla ichi bosimi oshishining bilvosita alomatlariga asoslanishlari kerak bo’ladi.

Bunday alomatlarga quyidagilar:

Holsizlik;
Yig’i;
Yomon uyqu;
Qayt qilish;
Tutqanoqlar;
Ko‘zlarning beixtiyor harakatlari;
Liqildoqning shishishi va pulsatsiyasi;
Bosh o’lchamining kattalashishi (gidrosefaliya);
Mushaklar tonusi notengligi — mushaklarning bir qismi tarang, boshqa qismi bo’shashgan bo’ladi;
Tomirlar to’rining bosh terisi ostidan bo‘rtib turishi.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
14.6K viewsDoctor Muxtorov, 10:21
Ochish/sharhlash
2022-04-11 12:06:22 Bolani jazirama issiqdan asrang!

Issiq yoz kunlarida bolaning kuni bilan quyosh nurlari ostida o'ynab yurishi juda xavflidir. Olimlarning ta'kidlashicha, kunduzgi soat 11:00 dan soat 15:00 gacha quyosh nurlari odam teriga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, bolalarda esa bu ta'sir yanada kuchliroq namoyon bo'ladi. Lekin aynan yozda bolalar ko'chadan uyga kirishni istamaydilar...

Issiq yoz kunlarida bolani zararli quyosh nurlaridan asrash yo'llari

1. Bolani quyosh nurlari eng zararli bo'lgan payt 11:00 dan 15:00 gacha ko'chaga o'ynagani chiqarmang. Shu vaqt oralig'ida biron joyga borishi kerak bo'lsa, soya joylardan yurishga harakat qiling.

2. Issiq yoz kunlarida bolaga tez-tez suyuqlik ichirib turing. Bola suv so'ramagan holda ham unga qaynatilgan suv berib turing. Sharbat va limonadlar chanqoqni bosmaydi, gazlangan yoki mineral suv ayni muddao.

3. Bolani kiyimiga ahamiyat bering. Yoz kunlarida bola tabiiy matolardan tayyorlangan kiyimda yurishi kerak. Eng yaxshisi - bu paxta tolalaridan qilingan kiyim-kechaklar. Sintetik matolar issiqdan terlayotgan bola terisida yoqimsiz qo'zg'atishni yuzaga keltirishi mumkin.

4. Bolaning oyoq kiyimi ham qulay va tabiiy materiallardan tayyorlangan bo'lishi kerak. Bolaga orqasi ochiq "shap-shap" olib bermang. Birinchidan, bu o'sayotgan oyoqlarni deformatsiyasiga olib keladi, ikkinchidan, bolaning yurishi palapartish bo'lib ketadi. Ko'pincha bolalar o'yin davomida bunday payafzalni tushirib yuboraveradilar. Oyoq kiyim sandal ko'rinishida bo'lishi eng yaxshi tanlov.

5. Basseyn yoki dengizga cho'milishga borayotganingizda bolaga albatta quyosh nurlaridan himoyalovchi maxsus krem (SPF) surishni unutmang. Bolaning teri juda nozik bo'lgani uchun aynan yoshiga moslab krem olish kerak. Kattalarning kremi mos kelmaydi. Suvga tushib chiqqandan so'ng ham vaqti-vaqti bialn badaniga krem surib turish kerakligi haqida unutmang. Undan tashqari quyosh nurlari keng tarqalgan dengiz va basseyn atrofida bola boshiga yengil bosh kiyim kiyg'azib qo'ying.

6. Ba'zi ota-onalar farzandiga quyosh nurlariga qarshi ko'zoynak olib beradilar. Aslida ko'chada sotiladigan oynalari to'q ranglik arzon ko'zoynaklar bola ko'zlarini quyosh nurlaridan himoya qilmaydi. U shunchaki o'yinchoq. Aksincha, bola to'q rangdagi oyna orqali qarash davomida qorachig'i kengayadi, natijada quyoshning nurlari ko'zga yanada kengroq darajada ziyon yetkazadi.

Agar farzandingiz haqiqatan ko'zoynak taqishni istab, uni o'yinchoq sifatida qabul qilmaydigan yoshda bo'lsa, u holda unga haqiqiy quyosh nurlaridan himoya qiluvchi ko'zoynak olib berishingiz mumkin. Bunday ko'zoynaklarda UVA, UVB nurlaridan 60%-100% himoya qilish haqida ma'lumot bo'lib, ularning narxi ham ancha baland bo'ladi.

7. Terlab turgan bola bilan konditsioner yoqilgan xonaga kirmaslikka harakat qiling. Bola tez shamollab qolishi mumkin.

8. Istmalayotgan bolani issiq kunda terlamasligiga e'tibor bering. Tana harorati ko'tarilgan bola organizmi issiqda yanada qiynaladi.

9. Yoz kunlarida bolani yeyayotgan ovqatiga nihoyatda e'tiborli bo'ling. Dizenteriya ko'pincha yozda tarqaladi. Meva va sabzavotlar muzlatgichda saqlanishi, ovqat faqat yangi bo'lishini ta'minlang. Bola eskirgan achigan narsalarni yeb qo'yishidan ehtiyot bo'ling. Ovqat yeyishdan oldin, albatta qo'l yuvish kerakligini unutmang.

10. Bolaning issiqda ichi ketishiga ahamiyat bering. Ba'zida ichburug' jiddiy kasallik alomati bo'lishi mumkin.

Farzandingiz o'ziga zarar keltrimagan holda yoz kunlarida mazza qilib dam olishi uchun siz sharoit yaratib bering.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
15.8K viewsDoctor Muxtorov, 09:06
Ochish/sharhlash
2022-04-10 19:31:12 Nima sababdan chaqaloq kam uxlaydi? Shu va shunga o‘xshash o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob oling!

https://telegra.ph/Chaqaloq-uyqusi-01-08

Kanalga qo‘shilish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
14.3K viewsDoctor Muxtorov, 16:31
Ochish/sharhlash
2022-04-10 18:34:13
Olti oylikdan oshgan bolalarga birinchi qo‘shimcha ovqat sifatida qanday taomlarni berish tavsiya etiladi?

Qaysi ovqatlar ko‘proq foydali, qaysi taomlarni berishga esa shoshilmagan ma’qul?

Navbatdagi videodarsimizda ushbu savollarga javob olish barobarida, qo‘shimcha ovqatlar reseptlari bilan ham tanishasiz.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
13.3K viewsDoctor Muxtorov, 15:34
Ochish/sharhlash