Get Mystery Box with random crypto!

Bolalarda o‘tkir bronxiolit O‘tkir bronxiolit - quyi nafas yo | PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

Bolalarda o‘tkir bronxiolit

O‘tkir bronxiolit - quyi nafas yo‘llarining, asosan mayda bronx va bronxiolalarning obstruktiv zararlanishi bilan kechadigan yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, asosan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydi. Har yili yer yuzida 150 mln ortiq holat qayd etiladi.

Kasallik qo‘zg‘atuvchilari
Respirator sinsitial virus - 60% holatda
Rinovirus
Paragripp 3-tip

Kasallik belgilari
Nafas qisishi(aralash yoki ekspirator tipda)
Perioral sianoz(og‘iz atrofi ko‘karishi)
Samarasiz yo‘tal
O‘pkada diffuz mayda pufakchali nam xirillashlar eshitiladi.

Bolada yuqoridagi belgilar aniqlanganda darhol uni vrach pediatr ko‘rigiga olib borish lozim. Esingizda bo‘lsin kasallik vaqtida davolanmasa og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:

https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ