Get Mystery Box with random crypto!

Oylik Qancha?

Telegram kanalining logotibi oylikqancha — Oylik Qancha? O
Telegram kanalining logotibi oylikqancha — Oylik Qancha?
Kanal manzili: @oylikqancha
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.20K
Kanalning ta’rifi

Bizning asosiy maqsad — taqdim etilayotgan ma’lumotlar sizga foydali bo‘lishidir.
Savol, taklif va reklamalar uchun: @kanalhamkorlik

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 23

2022-11-25 09:08:42
Farrosh

Germaniyada farrosh bo‘lib ishlaydigan kishi odatda oyiga 1030 evro maosh oladi. Maoshlar 470 yevrodan (eng past) 1640 yevrogacha (eng yuqori).

O‘rtacha ish haqi oyiga 1,110 yevroni tashkil qiladi, ya’ni farrosh bo‘lib ishlaydiganlarning yarmi (50%) 1,110 yevrodan kam, qolgan yarmi esa 1,110 yevrodan ortiq maosh oladi.

Bundan tashqari, tajribasi o‘n yildan o‘n besh yilgacha bo‘lgan farroshlar oyiga 1300 yevro maosh oladi, bu besh yildan o‘n yilgacha tajribaga ega bo‘lganlardan 22 foizga ko‘p.

Agar tajriba darajasi o‘n besh yildan yigirma yilgacha bo‘lsa, ish haqi oyiga 1,410 yevroni tashkil qiladi, bu o‘n yildan o‘n besh yilgacha tajribaga ega bo‘lgan kishidan 9 foizga ko‘proq.

Yigirma yildan ortiq kasbiy tajribaga ega bo‘lgan xodimlar esa oyiga 1530 yevro maosh oladi.

O‘zbekistonda farroshlar uchun aniq belgilangan narx mavjud emas. Bizda taxminan, 800 mingdan 1 mln 500 ming so'm o‘rtacha oylik hisoblanadi. Sizda aniq ma’lumot bo‘lsa, kommentda yozib qoldirishingiz mumkin?

@Oylikqancha foydali va qiziqarli
1.0K views06:08
Ochish/sharhlash
2022-11-25 08:24:12
Natijaga qarab, tanlov qiling

"Najot Ta’lim"
markazi hozirgi kunda o‘z bitiruvchilarining natijalarini ism-familiya hamda ish joylari bilan aniq statistika tarzida berib borayotgan ekan. Bu juda ham qiyin va mushkul ish aslida.

Natijalar yaxshi bo‘lsa, o‘z-o‘zidan ma’lumki, ta’lim sifati-tizimi ham, sharoitlar ham juda yaxshi holatda ekanidan dalolat qiladi.

Shuning uchun "Najot Ta’lim"da dasturlash, dizayn va marketing sohalaridan birida o‘qib, kuchli mutaxassis bo‘ling!

27-noyabr kuni "Najot Ta’lim"ning Chilonzor va Farg‘ona filialida qishki mavsum uchun so‘nggi kirish imtihoni bo‘lib o‘tar ekan. Imtihonda qatnashib, muvaffaqiyatli o‘ting hamda talabgir va daromadli kasb egasi bo‘ling!

Ro'yxatdan o'ting

Tel: 78-888-9-888
1.3K views05:24
Ochish/sharhlash
2022-11-24 15:43:49
Dunyo bo‘ylab veb-sayt yaratish narxi qancha?

Veb-sayt har qanday biznesning asosiy qismi hisoblanadi.

Dunyo bo‘yicha 2022-yilgi hisob-kitoblarga ko‘ra, veb-sayt yaratishning o‘rtacha narxi 3000 dan 300 000 dollargacha tashkil etgan.

Jumladan:

Axborot yoki kichik biznes veb-sayti – $3,000 - $8,000

Korporativ veb-sayt – $10,000 - $16,000

Elektron tijorat veb-sayti – $ 20 000 - $ 40 000

Veb-sayt ilovasi – $15,000 – $75,000+ atrofida.

O‘zimizda nima gap deysizmi? Bizda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi yuqorida ko‘rsatilgan maksimal narxlardan 10 barobar qimmat – qariyb 800 ming dollarga yangi vep-sayt ishlab chiqibdi.

@Oylikqancha foydali va qiziqarli
2.3K viewsedited  12:43
Ochish/sharhlash
2022-11-23 08:54:05 Argentina termasini yutgani uchun 2,5 mln dollar bilan mukofotlangan saudiyalik futbolchilarchilar yurtida ishchilar qancha maosh oladi?

Saudiyaliklarning yuqori turmush darajasi va butun mamlakatning boyligi ulkan neft zaxiralari (jahon zahiralarining kamida oltidan bir qismi)ga bog‘liq, ularning eksporti byudjet daromadlarining qariyb 90 foizini tashkil qiladi.

Mamlakatda 2022-yilda rasmiy eng kam ish haqi oyiga 4000 Saudiya Rialini tashkil etadi, bu 1065 AQSh dollariga teng. Ushbu oylik faqat mahalliy fuqarolar uchun amal qiladi. Bundan tashqari, stavka faqat davlat sektoriga tegishli. Saudiya Arabistonida xususiy sektorda eng kam ish haqi mavjud emas.

Saudiya statistika bosh boshqarmasiga koʻra, mamlakatda 2022-yilda oʻrtacha ish haqi oyiga 10 238 Saudiya Rialini tashkil etmoqda, bu hozirgi kurs boʻyicha 2 730 AQSh dollar degani. Bu mahalliy ishchilarning hech qanday qo‘shimcha to‘lovlar, kompensatsiyalar va bonuslarsiz asosiy o‘rtacha daromadi hisoblanadi.

Eslatma: Bu hech qanday nafaqa, kompensatsiya va mukofotlarsiz mahalliy ishchilarning asosiy o'rtacha daromadidir. Nufuzli Numbeo portalining joriy ma’lumotlariga ko'ra, barcha badallardan so'ng mahalliy ishchilar oyiga o'rtacha 6100 Rial (1625 dollar) oladi.

Xalqaro va mintaqaviy agentliklar - 16 257 Rial (4 330 dollar)
Davlat sektori – 11 198 Rial (2 985 dollar)
Xususiy sektor – 7339 Rial (1955 dollar)
Notijorat tashkilotlar - 4750 Rial (1265 dollar)

Saudiya Arabistonidagi sog‘liqni saqlash xodimlari oyiga 2600 dan 70 000 rialgacha maosh oladi. Bu mamlakatdagi eng nufuzli kasblardan biridir. Sog‘liqni saqlash tizimi iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga qaraganda 17 foizga ko‘p daromad oladi. Saudiya Arabistonida shifokorlarning o‘rtacha maoshi oyiga 20 250 rial (5 400 dollar)ni tashkil qiladi. Chet elliklar uchun yana bir mashhur kasb – bu ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlash, ular oyiga 3000 dan 5000 dollargacha daromad olishi mumkin.

Shu bilan birga, Saudiya Arabistonida daromad solig‘i yo‘q. Mahalliy hokimiyat organlari iqtisodiyotni modernizatsiya qilish choralarini ko‘rmoqda.

Bugungi kunda malakali xorijlik mutaxassislar Saudiya Arabistonida nafaqat neft sanoati, balki qisman turizm, qurilish va axborot texnologiyalari sohalarida ham ish topishlari mumkin.

@Oylikqancha foydali va qiziqarli
747 viewsedited  05:54
Ochish/sharhlash
2022-11-15 08:04:34
Avstriyaning o‘ziga yarasha yilning har faslida sayohat qilsa bo‘ladigan ajoyib tabiati ham mavjud

@Oylikqancha foydali va qiziqarli
2.8K views05:04
Ochish/sharhlash
2022-11-15 07:49:31
Avstriyada

Sut (oddiy), (1 litr) –1,23 €
Oq non (500 g) – 1,97 €
Guruch (1kg) – 1,93 €
Tuxum (12 dona) – 3,32 €
Mahalliy pishloq (1kg) – 13,45 €
Tovuq filesi (1kg) – 10,68 €
Mol go'shti (1kg) – 16,48 €
Olma (1kg) – 2,29 €
Banan (1 kg) – 1,78 €
Apelsin (1kg) – 2,47 €
Pomidor (1 kg) – 2,92 €
Kartoshka (1kg) – 1,63 €
Piyoz (1kg) – 1,42 €

Avstriyada ishlaydigan odam odatda oyiga 3790 yevro maosh oladi. Ish haqi 960 yevrodan boshlanib, 16900 yevrogacha boradi.

@Oylikqancha foydali va qiziqarli
2.7K views04:49
Ochish/sharhlash
2022-11-15 07:10:42
Irlandiyada:

Sut (oddiy), (1 litr) — 1,14€
Yangi oq non (500 g) — 1,66 €
Guruch (oq), (1kg) — 1,38€
Tuxum (oddiy) (12 dona) — 2,90€
Mahalliy pishloq (1kg) — 7,63€
Tovuq filesi (1 kg) — 8,55 €
Mol go'shti (1kg) — 9,93 €
Olma (1 kg) — 2,35 €
Banan (1kg) — 1,71€
Apelsin (1 kg) — 2,25 €
Pomidor (1 kg) —2,60 evro
Kartoshka (1kg) — 1,59€
Piyoz (1kg) — 1,13€

Irlandiyada xodimlarning o'rtacha yillik daromadi yiliga 44,202 yevro yoki oyiga 3,683 yevroni tashkil etadi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
2.9K views04:10
Ochish/sharhlash
2022-11-10 14:41:50
Gruziyada

Olma 1 kg – 0,81 dollar
Kartoshka 1 kg – 0,36 dollar
Tovuq go'shti 1 kg – 2,48 dollar
Pishloq 1 kg – 3,33 dollar
Tuxum 10 dona – 1,12 dollari
Pomidor 1 kg – 1,05 dollari
Sut 1 litr – 1,03 dollar
Non 0,5 kg – 0,30 dollar
Banan 1 kg – 1,19 dollar
Apelsin 1 kg – 0,89 dollar.

Shuningdek, bir kunlik mashina ijarasi narxi 25,83 dollar, 1 litr 95 benzin narxi 0,95 dollarni tashkil etadi.

@Oylikqancha foydali va qiziqarli
2.2K viewsedited  11:41
Ochish/sharhlash
2022-11-07 10:01:18
Daniyada

Sut (1 litr) – 1,30 dollar
Tuxum (12 dona) – 3,5 dollar
Suv (1,5 litr) – 1,3 dollar
Olma (1 kg) – 1,6 dollar
Guruch (1 kg) – 1,9 dollar
Banan (1 kg) – 2, 5 dollar
Pomidor (1 kg) – 3,3 dollar.

Mamlakat poytaxti Kopengagenda va umuman Daniyada rasmiy minimal ish haqi yo'q.

Biroq 2022-yil holatiga ko‘ra, mamlakatda eng kam ish haqi soatiga taxminan 16,60 dollarini tashkil etgan.

@Oylikqancha foydali va qiziqarli
1.9K views07:01
Ochish/sharhlash
2022-11-07 09:12:59
Yangi Zelandiyada

1 litr sut: 1,50 dollar
1 kilogramm un: 0,80 dollar
1 kilogramm shakar: 1,60 dollar
1 kg mol go'shti: 9 dollar
1 kg pomidor: 2.00 dollar
12 dona tuxum: 2,70 dollar

Yangi Zelandiyada eng kam ish haqi: soatiga $20.

@Oylikqancha foydali va qiziqarli
2.2K views06:12
Ochish/sharhlash