Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonning davlat qarzi rejadagidan ko‘proqqa oshdi 2024 | Oylik Qancha?

O‘zbekistonning davlat qarzi rejadagidan ko‘proqqa oshdi

2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat qarzi bir yil davomida 5,7 mlrd dollarga o‘sgan bo‘lib, rejada bu ko‘rsatkich 2,9 mlrd dollar bo‘lishi kerak edi. Shu tariqa qarz miqdori 34,9 mlrd dollarga yetdi.

Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobotida ma’lum qilingan.

Davlat tashqi qarzi 2023-yilda 3,73 milliardga oshib, 29,64 milliard dollarni tashkil etgan. Bu YAIMning 32,6 foizi degani. Bu mablag‘ning 23,91 milliard dollari hukumat nomidan jalb qilingan, 5,72 milliard dollari esa O‘zbekiston tomonidan kafolatlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda davlat qarzi 11,5 milliard dollar edi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli

YouTube Instagram TikTok Telegram