Get Mystery Box with random crypto!

Oylik Qancha?

Telegram kanalining logotibi oylikqancha — Oylik Qancha? O
Telegram kanalining logotibi oylikqancha — Oylik Qancha?
Kanal manzili: @oylikqancha
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.73K
Kanalning ta’rifi

Bizning asosiy maqsad — taqdim etilayotgan ma’lumotlar sizga foydali bo‘lishidir.
Savol, taklif va reklamalar uchun: @media_adsx

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 21

2023-01-04 17:00:32
Dubayda o'qituvchilar qancha pul ishlashadi?

Dubayda o'qituvchi ish joylariga raqobatbardosh ish haqi taklif etadi, oyiga 9000 - 15000 AED (taxminan 2400 dan 4000 AQSh dollarigacha) soliqsiz. Ma'murlar malaka va tajribaga asoslangan holda yuqori ish haqini taklif qilishi mumkin.

@Oylikqancha foydali va qiziqarli
2.3K views14:00
Ochish/sharhlash
2023-01-04 09:00:40
It parvarishlash uchun ham pul to‘lashlaridan xabaringiz bormi?

Qo‘shma Shtatlarda it parvarishlaydigan ishchining o‘rtacha yillik daromadi 47 084 dollarni tashkil qiladi. San-Fransiskoda itlarni parvarish qiluvchilar esa tajribasiga qarab 70 379 dollargacha yillik daromad topishadi.

AQSHda it parvarish qiluvchilarning maoshi yillik 10 239 dollar (eng kam)dan 243 610 dollar (eng ko‘p)gacha boradi.

Biroq oyiga taxminan o‘rtacha 3399 AQSh dollari miqdoridagi ish haqiga ega bo‘lgan it boquvchisi 2 xonali kvartira uchun oyiga 2506 AQSh dollari, ya’ni oylik ish haqining 73 foizini ijara haqiga to‘laydi.

Bizda it boqishga qiziqadiganlar uchun munosib ish ekan

@Oylikqancha foydali va qiziqarli
1.5K views06:00
Ochish/sharhlash
2023-01-04 06:01:41
Faqat yig‘lamang, xo‘p

Birlashgan Arab Amirliklarida Emirates styuardessalari aviakompaniyada birinchi marta ish boshlaganlarida yiliga o‘rtacha 36 000 dan 53 000 dollargacha daromad olishadi. Emirates va boshqa aviakompaniyalar o‘rtasidagi ba’zi farqlar shundaki, Emirates barcha ekipaj a'zolarini, shu jumladan, styuardessalarni bepul turar joy bilan ta'minlaydi.

Bu Emirates kompaniyasida ishlaydigan styuardessalarda uy-joy to‘lovi bo‘lmaydi degani. Agar styuardessa taqdim etilgan uy-joydan tashqarida yashashni tanlasa, ularga yashash xarajatlari uchun yiliga 13,600 dollar beriladi.

———

O‘zbekistonda ushbu kasb egalarining qancha maosh olishi haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas.Biroq salary explorer ma’lumotlariga ko‘ra, styuardessalar oyiga o‘rtacha 874 000 so‘m maosh oladi. Ish haqi 454 000 so‘mdan (eng past) 1 340 000 so‘mgacha (eng yuqori)ni tashkil etadi.

Ps. Biznikilar uchsa bo‘ldi-da.

@Oylikqancha foydali va qiziqarli
393 views03:01
Ochish/sharhlash
2023-01-03 20:52:25
Premer-liga futbolchisi qancha soliq to'laydi?

Angliya Premer-ligasida o‘ynaydigan futbolchining pandemiyadan oldingi o‘rtacha maoshi haftasiga 60,000 funt sterlingni tashkil etgan.

Premer-ligada eng ko'p maosh oluvchi "Manchester Siti" pleymeykeri Kevin de Bryuyne hisoblanadi. U haftasiga 385 000 funt sterling ishlab topadi va soliqdan tashqari yiliga 20 million funt sterlingdan ko‘proq maoshga ega bo‘ladi. Bu esa u maoshining qariyb yarmini soliqqa to‘laydi degani.

Misol uchun, Harry Keynning haftalik maoshi 200 000 funt sterlingni tashkil etsa, shundan 106 214 funt sterlingi o‘zi bilan qoladi. Qolgan £93,786 soliqqa to‘lanadi.

@Oylikqancha foydali va qiziqarli
1.5K views17:52
Ochish/sharhlash
2023-01-03 20:02:07
-yilda kanalimiz tomonidan 524 ta post e’lon qilindi. 7 mingdan ziyod yangi obunachilarga ega bo‘ldik.

Ko‘rishlar soni esa 8 mlndan oshdi. O‘ylaymizki, 2023-yilda ham bizni kuzatishda davom etasiz. Biz ham faollikni oshiramiz. Biz bilan qolganingiz uchun tashakkur!

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
661 views17:02
Ochish/sharhlash
2023-01-03 19:32:24
Krishtianu Ronaldu “Al Nasr”da qancha ishlab topadi?

Yiliga 90 mln dollarlik maosh hamda homiylik va tijorat shartnomalari bilan 200 mln dollargacha maosh oladi.

Shuningdek, Saudiya futbolchiga hashamatli uyda istiqomat qilish, Portugaliya va Ispaniyaga parvozlar uchun samolyotdan tashqari, oilasi uchun ham qulay bo‘lgan imkoniyat taqdim etadi.

Soqqani bosish kerak. Ertaga pensiyaga chiqsa, davlatni puliga qarab qolmaydi-ku.

@Oylikqancha foydali va qiziqarli
1.2K viewsedited  16:32
Ochish/sharhlash
2023-01-03 19:07:57
Spacex kompaniyasi Ukrainaning yangi PolytITAN-HP-30 sun’iy yo‘ldoshini orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqibdi.

Biznikilar ham faqat vazirlarni u yoqdan bu yoqqa uchirishyapti.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
1.4K views16:07
Ochish/sharhlash
2022-12-16 16:30:38
O'zbek futbolchilarining oylik maoshi qancha?

O’zbekistonda superliga va pro-ligada eng kam ish haqi 1 mln so’m atrofida boshlanadi. Oliy liganing yetakchi klublaridagi tajribali futbolchilar esa 30 mln so’mdan ko’proq maosh olishadi va bu mukofot pullari bilan 10 baravarga oshirib berilishi mumkin.

O’rtamiyona klublarimizda esa futbolchilarning oylik maoshlari 2-7 mln so’m atrofida bo’lsa, har bir g’alabali o’yinlar uchun mukofot puli o’rnida 4-9 mln so’m to’lanadi. Bir oyda 2 ta o’yinda g’alabani qo’lga kiritsa, klub futbolchilari 20 mln so’mgacha mukofot puli bilan taqdirlanadi.

Masalan, Paxtakor klubi futbolchilarining maoshi odatda 1,5 mln so'mdan boshlanib 15 mln so'mgachani tashkil qiladi. Ammo homiylar tomonidan beriladigan mukofot sabab ularning yillik daromadi 4 mlrd so'mdan ham oshib ketishi mumkin.

Shuningdek, Eldor Shomurodov “Roma”da yiliga €2 mln, Otabek Shukurov "Sharja"da €1,6 mln hamda Aziz Gʻaniyev "Shabob al-Ahli"da €1 mln maosh oladi.

@Oylikqancha foydali va qiziqarli
2.8K views13:30
Ochish/sharhlash
2022-12-16 07:30:13
Diplomatlarning oylik maoshi qancha?

Davlat organlari turli lavozimdagi diplomatlar qancha maosh olishlarini odatda ochiqlamaydi.

Maoshlar mamlakatdan mamlakatga farq qiladi.

Masalan, Rossiyada mamlakat ichidagi Tashqi ishlar vazirligi xodimining o'rtacha ish haqi $775, maksimal $1 632 ni tashkil qiladi.

Shuningdek:
— Ukrainada: $100-950.
— Belarusiya: $120-900;
— Qozog‘iston: $164 – 1500;
— O'zbekiston: $105-1500.

Mamlakat tashqarisidagi elchixona xodimlarining maoshi, qaysi mamlakatda xizmat qilishiga qarab farq qiladi va $3000 dan $6000 gacha bo'lishi mumkin.

@Oylikqancha foydali va qiziqarli
2.3K views04:30
Ochish/sharhlash
2022-12-15 17:10:25
MDH mamlakatlarida oylik maoshlar qancha?

Bizda va qo'shnilarimizdagi o'rtacha oylik maoshlarni ko'rib chiqsak:

— Qozog'istonda $650;
— O'zbekiston $330;
— Turkmaniston $320.
— Qirg'izistonda $270;
— Tojikistonda $150;

Yuqoridagi narxlar ummumiy tarzda, internet materiallari asosida tayyorlangan va ma'lum bir shaharni anglatmaydi balki mamlakat miqyosida o'rtachadir.

Siz qancha maosh olasiz?

@Oylikqancha foydali va qiziqarli
1.3K views14:10
Ochish/sharhlash