Get Mystery Box with random crypto!

Oylik Qancha?

Telegram kanalining logotibi oylikqancha — Oylik Qancha? O
Telegram kanalining logotibi oylikqancha — Oylik Qancha?
Kanal manzili: @oylikqancha
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.73K
Kanalning ta’rifi

Bizning asosiy maqsad — taqdim etilayotgan ma’lumotlar sizga foydali bo‘lishidir.
Savol, taklif va reklamalar uchun: @media_adsx

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 22

2022-12-15 07:30:36
O'zbekistonliklar qancha pensiya olishadi?

2023-yil 1-yanvardan boshlab pensiyalar oshirilmoqda.

Endi pensiya tayinlashda hisobga olingan o‘rtacha oylik ish haqi miqdori 3 mln 240 ming so‘mdan 3 mln 888 ming so'mga oshirildi va pensiya 388 ming 800 so'mga ko'payadi.

Buning natijasida 352 ming nafar fuqaroning pensiyalari oshadi va oʻrtacha oylik pensiya miqdori 400 ming soʻmga yetkaziladi. Bu o'zgarish Pensiya jamg‘armasiga qo‘shimcha ravishda 1,5 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ga tushishi kutilmoqda.

@Oylikqancha foydali va qiziqarli
2.2K views04:30
Ochish/sharhlash
2022-12-14 19:45:28
Netflix kompaniyasi xodimlarining oylik maoshi qancha?

Netflix bugungi kunga kelib dunyodagi eng yaxshi ish beruvchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Netflixda dunyo bo'ylab 11 mingdan oshiq inson ishlaydi.

Ularning oylik maoshi:
— Buxgalter $9,1 ming;
— Filmlar sotish kordinatori $40 soatiga;
— Studiya filmlari kordinatori $9,1 ming;
— Seriallar bo'yicha rejissor $13,6 ming;
— Sotuv bo'yicha menejer $19,6 ming;
— Tahlil va strategiya bo'yicha menejer $14 ming;
— Marketologlar $16 ming;
— Muhandis direktor $70 ming;
— Ma'lumotlarni qayta ishlash katta muhandisi $33 ming;
— Muhandislar guruhi boshlig'i $60 minggacha.

Kompaniyada eng past maosh oyiga $5,8 ming bo'lsa, eng yuqori maosh $70 ming.

@Oylikqancha foydali va qiziqarli
2.6K viewsedited  16:45
Ochish/sharhlash
2022-12-14 08:10:12
Yoqilg'i quyish shoxobchasi xodimlari qancha maosh olishadi?

Avtotransporti bor inson borki yoqilg'i quyish shoxobchasiga tashrif buyurgan, ayniqsa, oxirgi kunlarda bu joylarning nomi yurtimizda mashxur bo'ldi desak bo'ladi.

Oylik maosh:
— Sotuv operatori:
O'zbekistonda $200 dan boshlanadi;
Rossiyada $700 dan boshlanadi:
AQSHda $5000 dan boshlanadi.

— Yoqilg'i quyuvchi:
O'zbekistonda $200 dan boshlanadi;
Rossiyada $500 dan boshlanadi:
AQSHda $3500 dan boshlanadi.

Narxlar ish tajribasi va ish beruvchi kompaniyaning moliyaviy holatiga qarab oshib boraveradi.

@Oylikqancha foydali va qiziqarli
1.5K views05:10
Ochish/sharhlash
2022-12-13 19:28:36
Dunyoning g'aroyib kasblari: "Ko'z yoshlar sotuvchisi" qancha maosh oladi?

Dunyoda 70 mingdan ortiq kasblar mavjud bo'lsa shularning ayrimlari g'ayrioddiydir.

Shunday kasblardan biri "Ko'z yoshlar sotuvchisi" bo'ladi va u dafn marosimlarida vafot etganlarning yaqin qarindoshlarining o'rniga yig'lab berish bilan shug'illanadi.

Rasmdagi Xitoylik Tszin Guyxua 20 yildan buyon ushbu kasb bilan shug'illanadi va bugungi kunga kelib bir dafn marasimida ishtirok etish gonarari narxi $20 turadi.

@Oylikqancha foydali va qiziqarli
1.6K views16:28
Ochish/sharhlash
2022-12-12 11:14:53
Neft zavodi ishchilari qancha maosh oladi

AQSHdagi neftni qayta ishlash zavodi uchun o‘rtacha yillik ish haqi yiliga 79 132 dollarni tashkil qiladi.
Bu soatiga taxminan 38,04 dollar, haftasiga $1,521 yoki oyiga $6,594 ga teng degani.

Neftni qayta ishlash zavodidagi ish haqining ko'p qismi hozirda 38 500 dollar (25 foiz) dan 91 000 dollargacha (75 foiz) o'zgarib turadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda neft/gaz/energetika/kon sanoati sohasida ishlayotgan kishi odatda oyiga 1 190 000 so‘m maosh oladi. Ish haqi 432 000 so‘mdan (eng past) 2 750 000 so‘mgacha (yuqori o‘rtacha).

Bu uy-joy, transport va boshqa imtiyozlarni o‘z ichiga olgan o‘rtacha oylik ish haqi hisoblanadi.

Bu oylik. Balki qo‘shimcha tushumlari ham bordir.

@Oylikqancha foydali va qiziqarli
1.2K views08:14
Ochish/sharhlash
2022-12-02 12:46:40
Machine Learning injenerlari

Ingliz tilidan tarjima qilingan-Mexanikaning o'rganishi. Bu — avtomatik ravishda takomillashadigan kompyuter algoritmlari tushiniladi, ya'ni dasturning o'zi bilimlarini oshirib boraveradi . Bu sun'iy intelektning bir qismi sifatida qaraladi.

Maosh:Yillik
Aqsh
$146 ming
Germaniya $60 ming
Isroil $92 ming
Dubay $61 ming
Rossiya $20 ming

O`zbekistonda bu sohada ishlaydiganlarga oyiga o`rtacha $1500 dollar taklif qilishadi.

@Oylikqancha foydali va qiziqarli
1.8K views09:46
Ochish/sharhlash
2022-11-25 09:08:42
Farrosh

Germaniyada farrosh bo‘lib ishlaydigan kishi odatda oyiga 1030 evro maosh oladi. Maoshlar 470 yevrodan (eng past) 1640 yevrogacha (eng yuqori).

O‘rtacha ish haqi oyiga 1,110 yevroni tashkil qiladi, ya’ni farrosh bo‘lib ishlaydiganlarning yarmi (50%) 1,110 yevrodan kam, qolgan yarmi esa 1,110 yevrodan ortiq maosh oladi.

Bundan tashqari, tajribasi o‘n yildan o‘n besh yilgacha bo‘lgan farroshlar oyiga 1300 yevro maosh oladi, bu besh yildan o‘n yilgacha tajribaga ega bo‘lganlardan 22 foizga ko‘p.

Agar tajriba darajasi o‘n besh yildan yigirma yilgacha bo‘lsa, ish haqi oyiga 1,410 yevroni tashkil qiladi, bu o‘n yildan o‘n besh yilgacha tajribaga ega bo‘lgan kishidan 9 foizga ko‘proq.

Yigirma yildan ortiq kasbiy tajribaga ega bo‘lgan xodimlar esa oyiga 1530 yevro maosh oladi.

O‘zbekistonda farroshlar uchun aniq belgilangan narx mavjud emas. Bizda taxminan, 800 mingdan 1 mln 500 ming so'm o‘rtacha oylik hisoblanadi. Sizda aniq ma’lumot bo‘lsa, kommentda yozib qoldirishingiz mumkin?

@Oylikqancha foydali va qiziqarli
1.0K views06:08
Ochish/sharhlash
2022-11-25 08:24:12
Natijaga qarab, tanlov qiling

"Najot Ta’lim"
markazi hozirgi kunda o‘z bitiruvchilarining natijalarini ism-familiya hamda ish joylari bilan aniq statistika tarzida berib borayotgan ekan. Bu juda ham qiyin va mushkul ish aslida.

Natijalar yaxshi bo‘lsa, o‘z-o‘zidan ma’lumki, ta’lim sifati-tizimi ham, sharoitlar ham juda yaxshi holatda ekanidan dalolat qiladi.

Shuning uchun "Najot Ta’lim"da dasturlash, dizayn va marketing sohalaridan birida o‘qib, kuchli mutaxassis bo‘ling!

27-noyabr kuni "Najot Ta’lim"ning Chilonzor va Farg‘ona filialida qishki mavsum uchun so‘nggi kirish imtihoni bo‘lib o‘tar ekan. Imtihonda qatnashib, muvaffaqiyatli o‘ting hamda talabgir va daromadli kasb egasi bo‘ling!

Ro'yxatdan o'ting

Tel: 78-888-9-888
1.3K views05:24
Ochish/sharhlash
2022-11-24 15:43:49
Dunyo bo‘ylab veb-sayt yaratish narxi qancha?

Veb-sayt har qanday biznesning asosiy qismi hisoblanadi.

Dunyo bo‘yicha 2022-yilgi hisob-kitoblarga ko‘ra, veb-sayt yaratishning o‘rtacha narxi 3000 dan 300 000 dollargacha tashkil etgan.

Jumladan:

Axborot yoki kichik biznes veb-sayti – $3,000 - $8,000

Korporativ veb-sayt – $10,000 - $16,000

Elektron tijorat veb-sayti – $ 20 000 - $ 40 000

Veb-sayt ilovasi – $15,000 – $75,000+ atrofida.

O‘zimizda nima gap deysizmi? Bizda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi yuqorida ko‘rsatilgan maksimal narxlardan 10 barobar qimmat – qariyb 800 ming dollarga yangi vep-sayt ishlab chiqibdi.

@Oylikqancha foydali va qiziqarli
2.3K viewsedited  12:43
Ochish/sharhlash
2022-11-23 08:54:05 Argentina termasini yutgani uchun 2,5 mln dollar bilan mukofotlangan saudiyalik futbolchilarchilar yurtida ishchilar qancha maosh oladi?

Saudiyaliklarning yuqori turmush darajasi va butun mamlakatning boyligi ulkan neft zaxiralari (jahon zahiralarining kamida oltidan bir qismi)ga bog‘liq, ularning eksporti byudjet daromadlarining qariyb 90 foizini tashkil qiladi.

Mamlakatda 2022-yilda rasmiy eng kam ish haqi oyiga 4000 Saudiya Rialini tashkil etadi, bu 1065 AQSh dollariga teng. Ushbu oylik faqat mahalliy fuqarolar uchun amal qiladi. Bundan tashqari, stavka faqat davlat sektoriga tegishli. Saudiya Arabistonida xususiy sektorda eng kam ish haqi mavjud emas.

Saudiya statistika bosh boshqarmasiga koʻra, mamlakatda 2022-yilda oʻrtacha ish haqi oyiga 10 238 Saudiya Rialini tashkil etmoqda, bu hozirgi kurs boʻyicha 2 730 AQSh dollar degani. Bu mahalliy ishchilarning hech qanday qo‘shimcha to‘lovlar, kompensatsiyalar va bonuslarsiz asosiy o‘rtacha daromadi hisoblanadi.

Eslatma: Bu hech qanday nafaqa, kompensatsiya va mukofotlarsiz mahalliy ishchilarning asosiy o'rtacha daromadidir. Nufuzli Numbeo portalining joriy ma’lumotlariga ko'ra, barcha badallardan so'ng mahalliy ishchilar oyiga o'rtacha 6100 Rial (1625 dollar) oladi.

Xalqaro va mintaqaviy agentliklar - 16 257 Rial (4 330 dollar)
Davlat sektori – 11 198 Rial (2 985 dollar)
Xususiy sektor – 7339 Rial (1955 dollar)
Notijorat tashkilotlar - 4750 Rial (1265 dollar)

Saudiya Arabistonidagi sog‘liqni saqlash xodimlari oyiga 2600 dan 70 000 rialgacha maosh oladi. Bu mamlakatdagi eng nufuzli kasblardan biridir. Sog‘liqni saqlash tizimi iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga qaraganda 17 foizga ko‘p daromad oladi. Saudiya Arabistonida shifokorlarning o‘rtacha maoshi oyiga 20 250 rial (5 400 dollar)ni tashkil qiladi. Chet elliklar uchun yana bir mashhur kasb – bu ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlash, ular oyiga 3000 dan 5000 dollargacha daromad olishi mumkin.

Shu bilan birga, Saudiya Arabistonida daromad solig‘i yo‘q. Mahalliy hokimiyat organlari iqtisodiyotni modernizatsiya qilish choralarini ko‘rmoqda.

Bugungi kunda malakali xorijlik mutaxassislar Saudiya Arabistonida nafaqat neft sanoati, balki qisman turizm, qurilish va axborot texnologiyalari sohalarida ham ish topishlari mumkin.

@Oylikqancha foydali va qiziqarli
747 viewsedited  05:54
Ochish/sharhlash