Get Mystery Box with random crypto!

Argentina termasini yutgani uchun 2,5 mln dollar bilan mukofot | Oylik Qancha?

Argentina termasini yutgani uchun 2,5 mln dollar bilan mukofotlangan saudiyalik futbolchilarchilar yurtida ishchilar qancha maosh oladi?

Saudiyaliklarning yuqori turmush darajasi va butun mamlakatning boyligi ulkan neft zaxiralari (jahon zahiralarining kamida oltidan bir qismi)ga bog‘liq, ularning eksporti byudjet daromadlarining qariyb 90 foizini tashkil qiladi.

Mamlakatda 2022-yilda rasmiy eng kam ish haqi oyiga 4000 Saudiya Rialini tashkil etadi, bu 1065 AQSh dollariga teng. Ushbu oylik faqat mahalliy fuqarolar uchun amal qiladi. Bundan tashqari, stavka faqat davlat sektoriga tegishli. Saudiya Arabistonida xususiy sektorda eng kam ish haqi mavjud emas.

Saudiya statistika bosh boshqarmasiga koʻra, mamlakatda 2022-yilda oʻrtacha ish haqi oyiga 10 238 Saudiya Rialini tashkil etmoqda, bu hozirgi kurs boʻyicha 2 730 AQSh dollar degani. Bu mahalliy ishchilarning hech qanday qo‘shimcha to‘lovlar, kompensatsiyalar va bonuslarsiz asosiy o‘rtacha daromadi hisoblanadi.

Eslatma: Bu hech qanday nafaqa, kompensatsiya va mukofotlarsiz mahalliy ishchilarning asosiy o'rtacha daromadidir. Nufuzli Numbeo portalining joriy ma’lumotlariga ko'ra, barcha badallardan so'ng mahalliy ishchilar oyiga o'rtacha 6100 Rial (1625 dollar) oladi.

Xalqaro va mintaqaviy agentliklar - 16 257 Rial (4 330 dollar)
Davlat sektori – 11 198 Rial (2 985 dollar)
Xususiy sektor – 7339 Rial (1955 dollar)
Notijorat tashkilotlar - 4750 Rial (1265 dollar)

Saudiya Arabistonidagi sog‘liqni saqlash xodimlari oyiga 2600 dan 70 000 rialgacha maosh oladi. Bu mamlakatdagi eng nufuzli kasblardan biridir. Sog‘liqni saqlash tizimi iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga qaraganda 17 foizga ko‘p daromad oladi. Saudiya Arabistonida shifokorlarning o‘rtacha maoshi oyiga 20 250 rial (5 400 dollar)ni tashkil qiladi. Chet elliklar uchun yana bir mashhur kasb – bu ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlash, ular oyiga 3000 dan 5000 dollargacha daromad olishi mumkin.

Shu bilan birga, Saudiya Arabistonida daromad solig‘i yo‘q. Mahalliy hokimiyat organlari iqtisodiyotni modernizatsiya qilish choralarini ko‘rmoqda.

Bugungi kunda malakali xorijlik mutaxassislar Saudiya Arabistonida nafaqat neft sanoati, balki qisman turizm, qurilish va axborot texnologiyalari sohalarida ham ish topishlari mumkin.

@Oylikqancha foydali va qiziqarli