Get Mystery Box with random crypto!

🎭

Telegram kanalining logotibi othernessness — 🎭 O
Telegram kanalining logotibi othernessness — 🎭
Kanal manzili: @othernessness
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1
Kanalning ta’rifi

🔕

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

3

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-01-07 10:30:04
Tabassum qiling!


Topganini ulashgan – saxiy,
Tabassumini ulashgan baxtli.

Jilmayish, ohista kulish tabassum bo‘lib, mana shu mo‘minning sifatidandir.

Tabassum ibodat hisoblanadi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Do‘sting yuziga qarab qilgan tabassuming sadaqadir”, – deganlar.

Tabassum inson yuzi uchun ajoyib badan tarbiya hisoblanadi. U inson jismi va aqliga foyda beradi, qon bosimining oshishi va yurak xastaliklarining oldini oladi.

Kishi tabassum qilganda yuzdagi 17 muskul harakatga keladi.

Tabassum yuz muskullarining holati bilan hamohang tarzda ishlaydigan miya faoliyatining ijobiy holatini kuchaytiradi.

Shunday ekan, har tong uyqudan uyg‘onganingizda, har bir qiyinchilik to‘siqlaridan o‘tayotgan paytingizda doim samimiy tabassum qiling. Sizning tabassumingiz uchun doimo yetarli sabab va asos topiladi.


A: —
B: —
A: —
B: —
A: —
B: —
A: —
B: —

@othernessNess
33 views07:30
Ochish/sharhlash
2023-01-04 23:29:59 Sharafli yoʻldamiz,loyiq boʻlaylik...

Koʻplab bevaqt koʻz yumgan goʻdaklarning xotirasiga bagʻishlashibdi. Bu ham e'tibor. Ichim titradi





Baʼzan yelkamga olgan masʼuliyat haqida koʻp oʻylab qolaman.

Hozir eng dolzarb mavzuga aylangan koʻplab norasidalarning doridan zaharlanib,ohi arshga yetganlarni oʻylab,ichim zir titrayapti.

Qoʻryapman ham. Va lekin qalbimda bir otash ham yonyapti. Yoshligimda doktor boʻlaman deb orzu qilardim. Hozir esa eng yaxshi "inson" boʻlish maqsadim.

Allohdan manfaatli ilm soʻrayman. Hammani ilmini ziyoda qilsin.

Shaxsiy blog boʻlgani uchun shu yerga bu gaplarni yozib qoʻyyapman. Oʻzimga oʻzim bergan va'dani bajarolmay qolishim mumkin,toʻgʻri. Lekin sizlarga bildirib qoʻysam masʼuliyat koʻproq boʻladi deb oʻylayman.

Allohdan foydali ilm bilan iymon lazzati,insof,farosat,qoʻrqmaydigan qalbdan panoh soʻrayman))

P)s: Obunachilarim ichida duogoʻylarim bor. Duo qilinglar)) Hammasi yaxshi boʻladi))

05.01.23 | Fargʻona. Frunza massiv

@othernessNess
57 views20:29
Ochish/sharhlash
2023-01-02 18:05:53 Menga noqulay..

1. Birovdan qarz olib,falon kun qaytarib beraman deb,va'dam ustidan chiqolmay qolish menga noqulay.

2. Maʼlum vaqtda koʻrishishga kelishilganda,shunchaki 2daqiqaga kech qolish ham menga noqulay. Eng yomoni kutish. Shunga aytishsa kerak: 'kutish-olovdan shiddatliroq'-deb.

3. Blogimga soʻkinma,yomon gapirma deb yozib,unga oʻzim amal qilmasligim,ogʻzimdan "shakar" soʻzlar tushmasligi menga shunchaki noqulay emas balkida,uyat.

4. Ijtimoiy tarmoqlarda kelgan xabarlarga,hatto 'online' turgan boʻlsam ham ,ataylab va tezda javob qaytarmaslik menga noqulay. Shunchaki uning ehtiyoji menga tushgan boʻlishi va men unga oʻsha payt juda kerak boʻlib turgan boʻlishim mumkin.

5. Doʻstimmi yoki biron tanishim,agar xato ish qilayotganini koʻrsam va uni toʻgʻrilashga,nasihat qilishga harakat qilmasam bu menga noqulay,uyat,orsizlik. Chunki,moʻmin—moʻminning koʻzgusidir. Agar vaqtida buni toʻgʻrilay olmasam,qachondir u koʻzgu boʻladi va unda hamma meni koʻradi.

6. "Kecha"dan xulosa qilmay, "erta" uchun rejasiz harakat qilish hamda "bugun" uchun shukrsiz vaqt oʻtkazish menga noqulay. Xulosasiz oʻsha xato yana takrorlanadi. Rejasiz maqsadga yetib boʻlmaydi. Shukrsiz saodatga erishib boʻlmaydi.

P)s: Kanikul kanikul deb,shuncha vaqt qanday oʻtganini ham bilmay qolibman. Endi sekin Fargʻona qanisan deb yoʻlga tayyorlanaverish kerak shekilli.

Havo shunchalik sovuqmi,yo sovuqqa ozgina havo haydab qoʻyilganmi?

@othernessNess
70 viewsedited  15:05
Ochish/sharhlash
2022-12-31 22:12:04
Kimning ilmi kuchaysa, ogʻrigʻi kuchayadi...

P)s: Farmoni oliy

"2023-yil "Toʻsiqsiz fikr va manfaatli ilm yili" deb nomlayman "

(shu yetmay turgandi oʻzi


Maʼqulmi?:/

@othernessNess
76 views19:12
Ochish/sharhlash
2022-12-31 18:45:30 Nomsiz post...

Oʻtaveradi ekan vaqt. Maqsadlarim oʻzgarmadi. Faqat rejalar va unga yetaklovchi yoʻllar oʻzgarib turgandi. Ularni ham aniq qildim.

Atrofimda tanishlarim ortdi, baʼzilar ketdi.Yangi kelayotgan yil uchun rejani tuzdim. Uni ichida kimlardir bor,kimlardir yoʻq.

Vaqti kelsa jim qoldim,jimligimni oʻzim anglashga harakat qildim. Baʼzi soʻzlarni aytolmay qoldim,ular boʻgʻzimga tiqildi. Aslida aytilmagan oʻsha soʻzlar ayni haqiqat.


'Hayr' ham deyishdi,ketishmadi.
'Kutmayman' deyishdi,kutishdi.
'Bilmadim' deganlar barini bilardi.
'Tushunmayman' deganlar barini tushunib turardi.

Oʻzimga tashxis qoʻydim. Maslahatlarni ham oldim. Atrofimdagi yaqinlarimdan va doʻstlarimdan minnatdorman. Allohga yaqin insonlar bari

Odamlarga etibor berma. Allohdan soʻra,halol boʻl,pulni quvadigan boʻlma,meni bosing deb soqqani oʻzi kelsin senga,-deb akam aytadi. Halolni kasb qil. Buni oʻzingga shior qil,-deydi. Agar shunday boʻlsang,hech narsadan qoʻrqma,-deydi.

Yana, niyatni toʻgʻri qil,bir ishni boshlasang toʻxtama, qaytma,uxlaganda ham savob olib turishni xohlasang Allohga maʼqul ishni,ibodatni, munosabatlarni tanla,-deydi doʻstim Totoy.

Aaa yana biri, hayoting bir avtobus,ichida sen va sen kabi boshqalar ham bor. Manzilga yetishga hamma oʻch. Baʼzilar 1chi bekatda tushadi,himmati oʻsha yergacha. Baʼzilar oxirigacha,manzilgacha,himmati oliy boʻlgunga qadar boradi deydi. Ichki kuching—himmatingni oliy qilgin,-deydi boʻlajak hamkasb,sinfdosh doʻstim.

Oʻtgan 1 yil ichida erishganlarimni yozsam ular juda koʻp. Yaxshisi oʻtgan vaqtdan kerakli xulosani oʻzimga olib,kelasi yil uchun yoʻlga chiqaman. Hammamiz yoʻldagi odamlarmiz...

Yangi yil uchun chalgʻituvchi va foydasiz omillarim nimaligini oʻzim bilaman,bugun yarim tunda koʻpi bilan hayrlashaman ham.

-instagram hayr;
-8-10 soat uyqu hayr;
-bemaqsad yurishlar hayr;
-takrorlashsiz kunlar hayr;
-hayr;
-hayr;
-koʻrishguncha;
-hayr..


Hammamiz uchun Allohdan mustahkam iymon, manfaatli ilm,goʻzal xulq,dunyomiz va oxiratimizga foydali kasb soʻrayman.

Iymon lazzati,halol rizq, toʻgʻri insonlar,vijdon amriga boʻysunadigan aql va bilib bilmay qilingan ochiq-oydin va mahfiy,katta va kichik gunohlar uchun avf soʻrayman.


P)s: Hammasi yaxshi. Hammaga oilaviy hotirjamlik,salomatlik va goʻzal sabr tilayman. Alloh hammamizni oliy neʼmati—jamoli bilan siylasin.

Jannat neʼmatlaridan lazzat totib turgan vaqtimizda, "Assalomu alaykum,ey jannat ahli" deb Rohiym boʻlgan Robning "salom" soʻzini tinglashlikni hammamizga nasib qilsin...


Yana gaplashamiz. Nima yozishni,toʻgʻrisi rosa koʻp oʻyladim))
Hali chiqib ketishga shoshilmaymiz
"Yuragimni chizib berdim qaramading,xaritasin tuzib berdim qaramading" degan qoʻshiq ham borakan e TVda konsert.

Bugun mazza svet oʻchmedi,mazza. Telponlardi zaryadi toʻlladi,mazza


31.12.2022 | 20:42 | Navbahor

@othernessNess
71 views15:45
Ochish/sharhlash
2022-12-31 11:24:17 Bugun boʻladigan baʼzi narsalarga hayron boʻlmaymiz,ok?

Kelishdikmi?
56 views08:24
Ochish/sharhlash
2022-12-27 13:50:17
Yoʻl-yoʻlakay osonmas...

Shunchaki qarashlarni oʻzgartirish kerak..
Bu rasmda kiyik yoʻlni kesib oʻtmayapti,balki yoʻl oʻrmonni kesib oʻtgan.

Hayot ham shunday,yoʻlingdan chiqqan muammo-toʻsiqlar muhim emas. Muhimi sen ketayotgan yoʻl va yetishing kerak boʻlgan manzil. Baʼzan kim bilandir, baʼzan yolgʻiz...


P)s: Osonlikcha nima bor? Agar yopiq eshiklar osonlikcha ochilaverganda umid,xohish,duo,sabr degan tuygʻularning darajasi boʻlmasdi,nazarimda..

@othernessNess
90 views10:50
Ochish/sharhlash
2022-12-24 11:32:17 Eng yaxshi yoʻl—uyga eltadigan yoʻl...

Uyga,Navbahorimga kelsam oʻpkamni toʻldirib, chuquur nafas olaman. Havosi hamma yernikidan ham tozaroq,ruhimga kuch bagʻishlaydigandek tuyuladi.

Nega ekan a?

Balki,men qadrlaydigan,men yaxshi koʻradigan insonlarimning barchalari shu yerning havosidan nafas olganliklari uchunmikana. Mashaalloh))

P)s: Eng yaxshi yoʻl—uyga eltadigan yoʻl. Eng yaxshi insonlar—uyingdagi insonlar. Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh Navbahorim))


Kelilar aylanib,osh damlab beraman

@othernessNess
98 views08:32
Ochish/sharhlash
2022-12-24 07:17:02 Rus tili oʻqituvchim Umarov domlani xurmat qilaman.

Aytardi: " Yil yakunida hisob kitobli ishlarimni hal qilib olaman. Yangi kelayotgan yil uchun qarzsiz oʻtaman doim. Agar yangi yilni qarz bilan boshlasam,u oʻz taʼsirini butun yil davomida koʻrsatadi. Bu narsaga sizlar ham doim amal qilinglar. Shunga ertaga ovqat pulini opkelilar" deyardi
98 views04:17
Ochish/sharhlash
2022-12-22 18:27:45
Meni kutyabdi men ketayotgan manzillar...

Ajoyib, maqsadli orzu hamda goʻzal bir reja ustida turibman.

Aqlim ham, fikrim ham,hayolim ham faqat shu boʻlib qoldi.

Inshaalloh, kelayotgan 2023-yil,qiyinchiliklari,uyqusiz tunlari,ilm yoʻlidagi mashaqqatli kecha va kunduzlari bilan va albatta shunga yarasha rohati, ishtiyoqi,ajoyib syurprizlari bilan keladi degan umiddaman.

P)s: Bu haqida yana batafsil gaplashamiz hozircha qiziqib turinglar...

Kanalda qolamiz azizlar
@othernessNess
99 viewsedited  15:27
Ochish/sharhlash