Get Mystery Box with random crypto!

Nomsiz post... Oʻtaveradi ekan vaqt. Maqsadlarim oʻzgarmadi. | 🎭

Nomsiz post...

Oʻtaveradi ekan vaqt. Maqsadlarim oʻzgarmadi. Faqat rejalar va unga yetaklovchi yoʻllar oʻzgarib turgandi. Ularni ham aniq qildim.

Atrofimda tanishlarim ortdi, baʼzilar ketdi.Yangi kelayotgan yil uchun rejani tuzdim. Uni ichida kimlardir bor,kimlardir yoʻq.

Vaqti kelsa jim qoldim,jimligimni oʻzim anglashga harakat qildim. Baʼzi soʻzlarni aytolmay qoldim,ular boʻgʻzimga tiqildi. Aslida aytilmagan oʻsha soʻzlar ayni haqiqat.


'Hayr' ham deyishdi,ketishmadi.
'Kutmayman' deyishdi,kutishdi.
'Bilmadim' deganlar barini bilardi.
'Tushunmayman' deganlar barini tushunib turardi.

Oʻzimga tashxis qoʻydim. Maslahatlarni ham oldim. Atrofimdagi yaqinlarimdan va doʻstlarimdan minnatdorman. Allohga yaqin insonlar bari

Odamlarga etibor berma. Allohdan soʻra,halol boʻl,pulni quvadigan boʻlma,meni bosing deb soqqani oʻzi kelsin senga,-deb akam aytadi. Halolni kasb qil. Buni oʻzingga shior qil,-deydi. Agar shunday boʻlsang,hech narsadan qoʻrqma,-deydi.

Yana, niyatni toʻgʻri qil,bir ishni boshlasang toʻxtama, qaytma,uxlaganda ham savob olib turishni xohlasang Allohga maʼqul ishni,ibodatni, munosabatlarni tanla,-deydi doʻstim Totoy.

Aaa yana biri, hayoting bir avtobus,ichida sen va sen kabi boshqalar ham bor. Manzilga yetishga hamma oʻch. Baʼzilar 1chi bekatda tushadi,himmati oʻsha yergacha. Baʼzilar oxirigacha,manzilgacha,himmati oliy boʻlgunga qadar boradi deydi. Ichki kuching—himmatingni oliy qilgin,-deydi boʻlajak hamkasb,sinfdosh doʻstim.

Oʻtgan 1 yil ichida erishganlarimni yozsam ular juda koʻp. Yaxshisi oʻtgan vaqtdan kerakli xulosani oʻzimga olib,kelasi yil uchun yoʻlga chiqaman. Hammamiz yoʻldagi odamlarmiz...

Yangi yil uchun chalgʻituvchi va foydasiz omillarim nimaligini oʻzim bilaman,bugun yarim tunda koʻpi bilan hayrlashaman ham.

-instagram hayr;
-8-10 soat uyqu hayr;
-bemaqsad yurishlar hayr;
-takrorlashsiz kunlar hayr;
-hayr;
-hayr;
-koʻrishguncha;
-hayr..


Hammamiz uchun Allohdan mustahkam iymon, manfaatli ilm,goʻzal xulq,dunyomiz va oxiratimizga foydali kasb soʻrayman.

Iymon lazzati,halol rizq, toʻgʻri insonlar,vijdon amriga boʻysunadigan aql va bilib bilmay qilingan ochiq-oydin va mahfiy,katta va kichik gunohlar uchun avf soʻrayman.


P)s: Hammasi yaxshi. Hammaga oilaviy hotirjamlik,salomatlik va goʻzal sabr tilayman. Alloh hammamizni oliy neʼmati—jamoli bilan siylasin.

Jannat neʼmatlaridan lazzat totib turgan vaqtimizda, "Assalomu alaykum,ey jannat ahli" deb Rohiym boʻlgan Robning "salom" soʻzini tinglashlikni hammamizga nasib qilsin...


Yana gaplashamiz. Nima yozishni,toʻgʻrisi rosa koʻp oʻyladim))
Hali chiqib ketishga shoshilmaymiz
"Yuragimni chizib berdim qaramading,xaritasin tuzib berdim qaramading" degan qoʻshiq ham borakan e TVda konsert.

Bugun mazza svet oʻchmedi,mazza. Telponlardi zaryadi toʻlladi,mazza


31.12.2022 | 20:42 | Navbahor

@othernessNess